Turizm va mehmondorchilik asoslari


Turistlar xavfsizligini ta’minlashda turoperatorlaning o’rni



Download 103,97 Kb.
bet7/15
Sana27.06.2022
Hajmi103,97 Kb.
#708790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Bozorov Shamshod 3-3

1.3. Turistlar xavfsizligini ta’minlashda turoperatorlaning o’rni
Hozirda aksariyat davlatlarda turizmda xavfsizlik masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar amal qiladi. Mazkur hujjatlar ko‘pincha davlat organi tomonidan standartlashtirilgan bo‘lib, bu turoperatorlarga yanada samarali ishlash hamda turistik mahsulot iste’molchisiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar darajasini baholash imkonini beradi. Bu standartlar turistik korxonalar, idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, turistik xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan majburiy va tavsiya etiluvchi talablarni belgilaydi. Turistik xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan majburiy talablar, shu jumladan turistlar xavfsizligi, salomatligi va mol-mulkining butligini ta’minlash hamda atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida» va «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlarida, «Mehnat xavfsizligini o‘qitib-o‘rgatishni tashkil etish. Umumiy qoidalar», «Turistik-ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish sohasida standartlashtirish. Umumiy qoidalar» singari davlat standartlarida bayon etilgan.
O‘z-o‘zidan ayonki, standartlarda turizm sohasida ishlatiladigan atamalar qo‘llaniladi. Ularni ko‘rib chiqamiz.
Turistik xizmat – turistik korxonaning turistlarning tegishli ehtiyojlarini qondirish borasidagi faoliyati natijasi.
Ekskursiya – turistlarning ma’naviy, estetik va axborot ehtiyojlari qondirilishini ta’minlovchi turistik xizmat.
Safar (poxod) – marshrut bo‘ylab harakatlanishning faol usullari yordamida turistlarning sog‘lomlashtirish va ma’rifiy ehtiyojlari qondirilishini ta’minlovchi turistik xizmat.
Sayohat – turistlar hayotini ta’minlashning ma’lum shart-sharoitlarida ularning sog‘lomlashtirish va ma’rifiy ehtiyojlari qondirilishini ta’minlovchi turistik xizmat.
Tabiiyki, bunda turistik xizmatlar (ekskursiyalar, safarlar, sayohatlar)ga hamda xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlariga ma’lum talablar qo‘yiladi. Mazkur talablar ko‘pincha majburiy talablarga va tavsiya etiladigan talablarga bo‘linadi.
quyidagi talablar turistik xizmatlarning barcha turlari uchun majburiy hisoblanadi:

  • turistlar va ekskursantlarning hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlash;

  • ularga tegishli mol-mulkning butligini ta’minlash;

  • atrof muhitni muhofaza qilish.

Turistik xizmatlarning barcha turlari iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfsiz bo‘lishi shart. Normal xizmat ko‘rsatish sharoitlarida ham, favqulodda xizmat ko‘rsatish sharoitlari (tabiiy ofatlar va h.k.)da ham turistik xizmatlarning xavfsizligi ta’minlanishi lozim. Turistik trassalar qulay ekologik sharoitlarga va sanitariya-epidemiologiya sharoitlariga ega bo‘lgan hududlarda joylashishi kerak. Turistik xizmatlar ko‘rsatiluvchi binolar, transport vositalari, turistlarga ijaraga beriluvchi anjomlar amaldagi normativ hujjatlarda (sanitariya normalari va qoidalarida, qurilish normalari va qoidalarida, yong‘in xavfsizligi qoidalarida) belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim. Turistik korxonalarning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari davlat standartlari bo‘yicha turistlar xavfsizligini ta’minlashni bilishlari kerak.
Bundan tashqari, turistik xizmatlar ko‘rsatish atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi (hududning ifloslanishi, o‘simlik to‘shamasining toptalishi, daraxtlar va butazorlarning yondirilishi va h.k.)ga olib kelmasligi lozim.
Xavfsizlik bilan bog‘liq yana bir shart: turistik xizmatlar iste’molchilarning umidlarini oqlashi va ularning jismoniy imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, iste’molchiga ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar hajmi, muddati va shart-sharoitlariga ko‘ra yo‘llanma, chipta, kvitansiya va sh.k.da nazarda tutilgan talablarga javob berishi lozim.
Sayohatning xavfsizligi deganda turistlarning shaxsiy xavfsizligini, ularga tegishli mol-mulkning butligini ta’minlash hamda sayohat qilish paytida atrof muhitga zarar etkazmaslik tushuniladi. Turistning xavfsizligini ta’minlash – turistik xizmat ko‘rsatishning muhim tarkibiy qismidir.
Turistning xavfsizligi davlat siyosatiga, firmalar – turagentlar va turoperatorlar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek turistning xatti-harakatlariga bevosita bog‘liq. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, turist shaxsiy xavfsizlik, o‘z huquqlarining himoya qilinishi, shuningdek o‘z mol-mulkining asralishi, shoshilinch tibbiy yordam olish, sayohatga taalluqli to‘liq va ishonchli axborot olish huquqiga ega. Tabiiyki, sayohat paytida turist o‘zi bo‘lib turgan mamlakatning qonun hujjatlariga rioya etib, uning urf-odatlari, an’analari va diniy rasm-rusumlarini hurmat qilibgina qolmasdan, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga ham amal qilishi shart. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, islom davlatlarida turist bilan aholi o‘rtasida sodir bo‘luvchi barcha mojarolarning 31 foizi mamlakatning milliy urf-odatlaridan turistning bexabarligi hamda xulq-atvor qoidalari turist tomonidan buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Turistlar bo‘lib turgan mamlakatda ularning xavfsizligiga tahdid to‘g‘risida axborot milliy turistik ma’muriyat, turagentlar va turoperatorlar tomonidan berilishi lozim. Bundan tashqari, xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bir qancha hukumatlar jahonning muayyan mamlakatlari yoki mintaqalariga tashrif buyurish yuzasidan, shu jumladan o‘z davlatlariga tashrif buyuruvchi chet elliklar uchun ham tegishli tavsiyalar chiqaradi.
Turistik faoliyatning xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar universal bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlarida amal qiladi. Bu talablar bajarilmagan taqdirda, turistik firma turistik mahsulotni xalqaro va ichki bozorlarda taklif etish va muayyan xaridorlarga sotishdan bosh tortishi mumkin. Turistik xizmatlar ko‘rsatish paytida odatdagi sharoitlarda ham, favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va sh.k.) sharoitida ham turistlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf-xatarlarning oqilona darajasi ta’minlanishi lozim. Lekin bunda shuni yodda tutish kerakki, turistik-ekskuriya xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida insonning hayoti va sog‘lig‘iga xavf-xatarlar:
- xavf-xatar manbalari mavjud bo‘lgan;
- mazkur manba inson uchun xavfli darajada namoyon bo‘lgan;
- inson xavf-xatar manbaiga ta’sirchan bo‘lgan hollarda yuzaga keladi.
Turizmdagi zararli omillar (xavf-xatar omillari)ni quyidagicha tasniflash mumkin:

  • jarohatlanish xavfi;

  • atrof muhitning nojo‘ya ta’siri;

  • yong‘in xavfi;

  • nojo‘ya biologik ta’sirlar;

  • psixofiziologik yuklanishlar;

  • nurlanish xavfi;

  • kimyoviy ta’sirlar;

  • kuchli changlanish va gazlanish;

  • boshqa omillar;

  • o‘ziga xos xavf-xatar omillari.


Download 103,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish