Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар


  MILLIY QADRIYATLAR O’ZLIGIMIZ TIMSOLI



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

 


412 
MILLIY QADRIYATLAR O’ZLIGIMIZ TIMSOLI 
Mavlonova O’.H., 
 Buxoro shahri 
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy taraqqiyotining 
mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha 
zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o’z 
ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib 
boradi. Xuddi Shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga baho 
berganda konkret tarixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.
Qadriyatlar insonning orzu-istаklari, niyat-umidlari, bir so’z bilan aytganda ideal 
sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi Shuning uchun ham buyuk nemis faylasuflari 
V.Vindelüband, G.Rikkert at‘kidlaganidek, qadriyatlar hech qachon ob‘ektga ham, 
sub‘ektga ham bog’liq bo’lmagan mustaqil olamni vujudga keltiradi. Bu olam makon 
va zamon qonunlaridan ustun turadi. Shuningdek, insoniyatning buyuk ma‘naviy 
xazinasi bo’lgan qadriyatlar hech qachon o’zgarmaydi, balki M.Sheler, N.Gartman 
aytganidek, insonning qadriyatlar haqidagi tasavvurlari o’zgaradi. Butun olam 
qadriyatlar bilan to’lib - toshgan bo’ladi va borliqqa hamisha yangi ma‘no ato etadi. 
Shuning uchun ham, butun voqelik qadriyatlarning «o’ziga xos namoyishi»dan 
iboratdir.
Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino qadriyatlar haqida 
fikr - mulohaza yuritganlarida, eng avvalo, insonning ma‘naviy - axloqiy fazilatlari, 
xislatlarini, insonning ruhiy - ma‘naviy kamoloti uchun yordam beradigan buyuk 
xazinasini tuShunganlar. Tasavvuf falsafasining buyuk na-moyondalari Najmiddin 
Kubro, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Aziziddin Nasafiy, Bahouddin 
Naqshbandiy, Hoja Ahror Valiy kabilar inson ma‘naviy qadriyatlarining asosida 
poklik, hayo, sabr - bardosh, qanoat, chidam, beozorlik, xokisorlik kabi insoniy 
xislatlarni qo’yishgan. Yuqoridagi fikr-mulo-hazalardan ko’rinib turibdiki, qadriyatlar 
ichida eng ulug’i, eng a‘losi insondir. Shunday ekan, qadriyatlar o’z mohiyati, 
mazmuniga qarab inson aql – zakovatini, axloq-odobini, mehnatga halol, vijdonan 
munosabatini, go’zal did va jismoniy kamolotini ulug’lovchi, turlarga bo’linmog’i 
darkor.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy 
va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, Shuningdek, kishilarning yoshi, pro-fessional 
xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning 
insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm - rusumlar, bayramu-sayllar 
tashkil etadi. O’zbek milliy qadriyatlari mazmunida insonparvarlik g’oyalari yotadi. 
Uzoq tarix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush tarzida 
o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri - biriga suyanish va 
yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va ota - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har 
tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha millatga mansub har bir kishi 
tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazilatlar, xislatlar, xosiyatlarni 
milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk 
ko’rsatkichdir.


413 
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan bevosita 
bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda, milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va 
buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan 
rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - 
o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini 
sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida takomillashtirib turishi ma‘nosida o’z 
qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat 
o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka tomon yetkazib boradigan eng 
asosiy ob‘ektdir». 
Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablariga mos 
yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi Shuning uchun ham, O’zbekiston davlat 
mustaqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablariga 
javob beruvchi umuminsoniy demokratik qadriyatlar xalqimiz turmush tarziga kirib 
kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, tadbirkorlik erkinligi, matbuot 
erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun 
muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar tarixiy jihatdan ham, 
etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini 
qayta-qayta ta‘kidlashni istardik». 
Ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, 
bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash mustaqilligimizning dastlabki 
yillaridanoq mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma’naviy 
qadriyatlarni tiklash, milliy o’zlikni anglashning o’sishi, xalqning madaniy 
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayondagi 
o’zgarishlar taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. 
Qadriyatlar—borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, 
moddiy va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan 
tuShuncha. O’zbekiston Respublikasi birinch prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan 
aytganda, “Qadriyat deganda, biz ming yillar davomida shakllangan, odamlar hayoti, 
ichki dunyosidan mustahkam o’rin olgan, hech qaysi rasmiy hujjatda aks etmagan 
bo’lsa-da, unga barcha amal qiladigan, insonlarning qon-qoniga singib ketgan an’ana 
va udumlarni tuShunamiz”. 
Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo’lishi mumkin. Qadriyatlarning xilma-xil 
shakllari bor: moddiy va ma’naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat 
hayotining sohalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyatlar; ijtimoiy 
ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy; hayotning ijtimoiy 
tuzilishiga ko’ra milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar. 
Qadriyatlar insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadi. Ularning 
miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti qanchalik ilgarilaganligining 
ko’rsatkichidir. Jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya’ni 
umuminsoniy qadriyatlar ko’payib boraveradi va bu o’zgarishlarning insoniyat o’z 
rivojida qanday yangi cho’qqilarni egallayotganining belgisi bo’ladi (masalan, 
erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy haqiqat, ma’rifat, ma’naviyat, go’zallik, 
yaxshilik, insonparvarlik, insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning 
ustuvorligi, xotin-qizlarning erkaklar bilan tengligi va boshqalar). 


414 
Milliy qadriyatlar—millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan jihat 
va xususiyatlardir.
O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Millat—milliy 
qadriyatlarning sohibi; millatning tanazzuli—milliy qadriyatlarning tanazzulidir. 
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, 
ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq 
holda namoyon bo’ladi. 
Qadriyatlarni tuShunish va ularga munosabat, millatiga, yurtiga, eliga, ularning 
aholisiga tegishli qadriyatlarni jamlash, avaylash, ularning ahamiyatini asoslash, 
yurtining milliy qadriyatlarini ongining tarkibiy qismiga aylantirish kishilarda o’ziga 
ishonch va hurmatni mustahkamlaydi, ularni o’z Vatanining istiqboliga katta umid 
bilan qarashga undaydi. Har bir millat o’z milliy qadriyatini qanchalik e’zozlasa, uni 
ko’z qorachig’idek asrasa, shu millatning jahon hamjamiyatidagi o’rni, obro’si, unga 
ajratiladigan e’tibor, hurmat shu darajada baland bo’ladi. 
“Yuksak ma’naviyat—engilmas kuch” asarida qayd etilganidek, “Ko’p asrlar 
mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy 
madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni 
bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida 
ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o’ylab 
yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan 
ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”. Tarixiy xotira—milliy g’urur va iftixor 
hissining zaminlaridan biri. Millatning tarixiy xotirasi qanchalik boy, mazmunli va 
uzviy bog’langan bo’lsa, bu millat Shunchalik uyushgan, tadbirkor, harakatchan, 
hamjihat bo’ladi, o’z ajdodlari va avlodlarining sha’niga yarashadigan xizmatlarni, 
ishlarni bajarishga intiladi. Ulug’ yurtdoshimiz Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-
Narshaxiy 943-944 yillarda arab tilida yozgan “Buxoro tarixi” kitobi, Shuningdek, 
Sharqning boshqa muarrixlari asarlarida, viloyatimizning Varaxsha, Poykent singari 
shahristonlarida qazish ishlarini olib borgan mamlakatimiz va xorijiy arxeologlar 
topgan moziy ashyolari Vatanimiz o’tmishi naqadar qadimiy ekanidan guvohlik berib 
turibdi. Birinch prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va g’oyasi asosida bunyod 
etilgan Madaniy markazda salobat bilan ko’kka bo’y cho’zib turgan “Ko’hna va boqiy 
Buxoro” monumenti bugungi avlod, xususan yoshlarning shu zamin tarixi, uning 
alloma farzandlari xizmatlari haqidagi bilimlarini boyitishga, ularni Vatanni sevishga, 
istiqlolni qadrlashga da’vat etuvchi muhtasham yodgorlikdir. 
Garchi islom dini Arabiston zaminida paydo bo’lgan bo’lsa ham, u aynan 
bizning yurtimizda yuksak ravnaq topdi. Bunda buxorolik allomalarning beqiyos 
hissasi borligini butun dunyo e’tirof etadi. 
1993 yilda birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan Hazrat Bahouddin Naqshband 
tavalludining 675 yilligi xalqaro miqyosda nishonlangani, 2003 yilda esa Hazrat 
Abdulxoliq G’ijduvoniyning 900 yillik yubileyi bayram qilingani, bu allomalar 
qadamjolari islom olamining go’zal ziyoratgohlariga aylantirilgani “Diling Allohda, 
qo’ling mehnatda bo’lsin”, degan hayotbaxsh g’oyani ilgari surgan ana shu pirlarga 
ehtiromning sharofatidir.Chunki, hanafiy mazhabining O’rta Osiyoda yoyilishi yo’lida 
chinakam fidoyilik ko’rsatgan, benazir faqih Abu Hafs Kabir, zohid, olim va muhaddis 
Muhammad ibn Salom Paykandiy, Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas 


415 
manba—”Al-Jome’ as-sahih” hadislar kitobi to’plovchisi, muhaddislar sultoni Imom 
Buxoriy, olamga tariqat ilmi nurini taratgan etti pir—Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy, 
Xoja Muhammad Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ali Romitaniy, 
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband, 
ulug’ valiyulloh, shoir va faylasuf Xoja Ismatulloh Buxoriy singari yuzlab avliyolar va 
allomalar ma’naviy merosisiz islom dini taraqqiyotini tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Qariyb 30 asrlik tarixga ega Buxoro vohasida 997 ta me’moriy va arxeologik 
yodgorlik mavjud bo’lib, ular qadimiy zamin o’tmishi, xalqimizning yuksak 
ma’naviyati, bebaho san’ati, umrboqiy an’analari, qo’li gul ustalarimizning 
takrorlanmas mahoratidan guvohlik berib turibdi. Buxoro shahrining 2500 yilligiga 
tayyorgarlik jarayonida birinchi prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va 
rahnamoligida Kalon masjidi, Ark qal’asi, Mir Arab, Ulug’bek madrasalari, 
Somoniylar maqbarasi, Bolohovuz masjidi va boshqa ko’plab obidalar ta’mirlandi, ular 
hududi obodonlashtirildi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning ko’rsatmalari va bevosita 
rahbarligida yetti pir ziyoratgohlari qayta ta’mirlanmoqda. 
So’nggi yillarda Chorbakr me’moriy majmui, Sayyid Amir Kulol, Xoja 
Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ismatulloh Buxoriy, Abu Hafs Kabir ziyoratgohlari, 
Behishtiyon maqbarasi, shaharning qator qadimiy darvozalari qayta qurildi, 
ta’mirlandi va obodonlashtirildi.
Ma’naviyat, qadriyatlar va milliy o’zlikni anglash haqidagi fikr-
mulohazalarimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, Shuni chuqur anglab olishimiz 
kerakki, ma’naviy yuksalishga erishish bir yillik yoki besh-o’n yillik ish emas. Birinchi 
prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “Xalq, millat o’z milliy ma’naviyatini yillar, 
asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma’naviyat qotib qolgan aqidalar 
yig’indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo’lib, taraqqiyot 
davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo’yiladigan 
talablar ham muttasil paydo bo’laveradi”. 

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish