Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси


Binolarga tabiiy va texnologik ta’sirlar



Download 104,36 Kb.
bet6/22
Sana30.11.2022
Hajmi104,36 Kb.
#875681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси

Binolarga tabiiy va texnologik ta’sirlar.


Tabiiy omillarning ta’siri. Bino ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtda ikki guruh omillar ta’sirida bo’ladi:

  • tashqi yoki tabiiy;

  • texnologik yoki funksional jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan.

Tabiiy omillar juda ko’p ko’rinishda bo’ladi. Ular binoga er ustidan va er ostidan, hamda iqlimiy, gidrogeologik va boshqa sharoitlarga ko’ra har xil ko’rinishda ta’sir etishi mumkin. Bu omillarning ta’sirini loyihalashda, ekspluatatsiya qilish davrida to’g’ri hisobga olish binoni qurish va ekspluatatsiya qilishda kam xarajat va kuch sarflab belgilangan umrboqiylikka erishishda muhim ahamiyatga ega.
Havo muhitining ta’siri. Atmosfera tarkibidagi chang va gazlar binoni buzilishiga olib keluvchi omillar hisoblanadi. Ifloslangan havo ayniqsa namlik bilan qo’shilganda qurilish konstruksiyalarini erta eskirishini, zanglashi va ifloslanganini, yorilib ketishi va emirilishini keltirib chiqaradi.
SHu bilan birga toza va quruq atmosferada tosh, beton va hatto meal yuz va ming yillab saqlanishi mumkin. Demak bu ashyolar saqlangan havo muxiti kam tajavvuzlar yoki no tajavuzlar muhit deyiladi.
Xavoni ifloslantiruvchi asosiy omil - har hil yoqilg’ilarning yonish mahsulidir. SHu sababdan shaxar va sanoat markazlarda metalning zanglashi ko’mir va neft mahsulotlari xam yoqiladigan qishloq joylariga qarganda 2-4 marta tezroq sodir bo’ladi. Havoning gaz va qattiq zarrachalar bilan ifloslanishni qish vaqtda yuqoriroq va u yoqilg’ining tasiriga bog’liqdir. Atmosferani changsimon yoqilg’i ko’proq ifloslantiradi, chunki bunday yoqilg’i yonganda havoga tutun bilan birga katta miqdorda kul va chang ko’tariladi. Tabiiy gaz va havoni eng kam ifloslantiruvchi yoqilg’i hisoblanadi.
Ko’pchilik yoqilg’ilarning yonishidan hosil bo’luvchi mahsulot karbonat angidrid (SO2) va oltingugurt angidridi (SO2). Karbonat angidridning suvda erishi natijasida yonishnig provard mahsuloti ko’mir kislota hosil bo’ladi. U beton va boshqa ashyolarga emiruvchi sifatida ta’sir etadi.
Agar yoqilg’ida faqatgina 1% oltingugurt bor deb hisoblasak (yoqilg’ilarning ko’pgina turlarida oltingugurtning miqdori 7-10% ga etadi), u holda yirik shahar ustida har yili 10-20 ming tonna quyultirilgan oltingugurt kislotasining bug’i va har bir kvadrat kilometr maydonga 100-600 tonna kul yog’adi. Oltingugurt kislotasining bug’lari bino va inshootlarga o’tirib ularni buzadi; jumladan ular ohaktoshlarni sulfat tuziga aylantiradilar va ular namlikda erib konstruksiyadan yuvilib ketadi.
Ko’mir va oltingugurt kislotasidan tashqari tutunlardan va boshqa (yuzdan ortiq) zararli moddalar: azot va fasfor kislotalari, qatronli va boshqa moddalar, yonmay qolgan zarrachalar hosil bo’ladi. ular konstruksiyaga tushib ularni ifloslantiradi va emirilishiga olib keladi.
Dengiz bo’yi rayonlari atmosferasi tarkibida xloridlar oltingugurt tuzlari va boshqa qarilish ashyolariga zararli bo’lgan moddalar bo’lishi mumkin. Ammiak va kisloroddan boshqa deyarli barcha gazlar kislota hosil qiluvchilardir. Betonga ta’sir etish darajasi bo’yicha tajavvuzkorlik muhit 3 guruhga bo’linadi:

  1. Zaif tajavuzkorlar: S9 –oltingugurt uchlarida, SO2-karbonat angidrid, SiF4 – to’rt ftorli kremniy;

  2. O’rtacha tajavuzkor: SO2 – oltingugurt gazi; N2S – oltingugurt vodorod;

  3. Kuchli tajavuzkor: Cl2 – xlor, SO3 – oltingugurt angidridi, HCl- xlorid kislota bug’i, HF – plavik kislotasining bug’i, NO2 – azot ikki oksidi.

Atmosfera tajavuzkorligining darajasi ko’proq nisbiy namlikka, havo haroratiga, almashinish tezligiga va boshqalarga bog’liq. Tajavvuzorkor muhitning turkumlari va ularning metall va nometall ashyolarga bo’lgan ta’siri 2 jadvalda keltirilgan.
2-jadval



Muhit


YUza qatlamni emirilishining o’rtacha
tezligi minyil

1 yilda zanglayotgan erdagi ashyo mustahkamligini pasayishi %

Nometall ashyo korroziyaning tashqi alomatlari



metall

Nometall
ashyolar

Metall

Nometall
ashyolar

Notajavuzkor

0

0,2

0

0

-

Zaif tajavzukor

-0,1

0,2. . . 0,4

5

5

Kuchsiz yuzani
emirilishlar

O’rtacha tajavuzkor

0,1...0,5

0,4...1,2

3....15

5....20

Burchaklarini shikastlanish yoki
qilsimon darzlar

Kuchli tajavuzkor

0,5

1,2

15

20

YAqqol namoyon bo’lgan emirilish (kuchli darz hosil
bo’lishi)

3-rasmdagi grafikdan ko’rinib turibdiki havoning nisbiy namligi 50-60% gacha bo’lganda zanglash tezligi juda kichik, shu bilan bir vaqtda nisbiy namlik 70-80% dan ko’proq hollarda zanglash tezligi yuzlab marta oshadi.

N

M

S
u y
Quruq gazlar Nam

Mintaqasi

Gazlar mintaqasi


20 40 60 80 100 %


  1. Download 104,36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish