SHikastlangan binolarni eskirishi va ularni tashxis etish.
Binolarni vazifasiga ko’ra foydalanish texnologik ekspluatatsiya deb qabul qilingan.
Binoni yaroqli holda saqlash bilan bog’liq jarayonlar esa texnik ekspluatatsiya deb ataladi.
Har bir bino vazifasiga ko’ra me’moriy jihatdan ko’rimli, chiroyli va umrboqiy bo’lishi lozim. Unda issiqlik va tovush izolyatsiyasi, hamda germetiklik ta’minlanishi, sanitar- texnik qurilmalar mavjud bo’lishi kerak.
Binolarning ekspluatatsiyaga yaroqlilik omilllari 2 guruhda o’z ifodasini topish mumkin:
Birinchi guruhga fizik-kimyoviy omillar ta’siri ostida konstruktiv ishonchlilik va jismoniy chidamlilikni tavsiflovchi parametrlar, ayniqsa, mustahkamlilik, barqarorlik, konstruksiyalarning namlanishiga va muzlashiga chidamliligi, yo’l qo’yiluvchi deformatsiyalar, tomqoplamalarning germetikligi, gidroizolyatsiya va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh vazifasiga funksional muvofiqlikni tavsiflovchi parametrlar – ma’naviy umrboqiylik, faoliyat-yashash sharoitlari (omborxonalardan tashqari), xususan:
nisbiy maydon va kubaturalari, xonalarning harorat-namlik rejimi, to’siqlarning germetikligi, tovush izolyatsiya, namligi va boshqalar kiradi.
Binolarni qurishda loyihada ko’rsatilgan parametrlarning qiymatini ta’minlashi loyiha va QMQ talablarini aniq bajarilishi qurilish-montaj ishlarini yuqori sifatli bo’lishi orqali ta’minlanadi. Har qanday bino berilgan xizmat muddati mobaynida loyihada ko’zda tutilgan va qurishda unga berilgan sifat darajasi saqlanishini hisobga olgan holda quriladi. Masalan, devor etarli mustahkamlik va tovush izolyatsiya hossalari bilan bir qatorda o’zining butun xizmat muddati mobaynida 1 soatda 1 kv.m yuzasidan hisobiy miqdor kaloriyadan ko’p bo’lmagan issiqlik o’tkazishi kerak, isitish tizimi esa o’z navbatida xonaga ma’lum miqdordagi issiqlikni etkazib berishi lozim va shu kabilar.
Binoning ma’lum chegaralarida unga qo’yilgan parametrlarni saqlash hossasi binoning ishonchliligi deb ataladi. U me’yoriy vaqt mobaynida berilgan ekspluatatsiyaviy sharoitlarda talab qilinuvchi parametrlarni saqlashi ehtimoli bilan baholanadi.
Ishonchlilik loyihalashtirish jarayonida mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik va shu kabilarni hisoblash vaqtida qo’yiladi. Bunda ashyolarning xossalarini konstruksiyalarning ishlash sharoiti bilan bog’lovchi koe’ffitsientlar konstruksiyaning yaroqli holda tutib qabul qilinadi. Binolarning ishonchliligi uni qurishda yuqori sifatli ashyolardan foydalanish, ish texnologiyasiga qat’iy rioya qilish, loyiha talablariga to’la muvofiqlik orqali ta’minlanadi.
Ekspluatatsiya jarayonida binolarning ishonchliligi pasayishi mumkin, zero tabiiy ta’sirlar ostida, asosan tashqi tarafdan atmosfera omillari va ichki tarafdan turli tajovuzkor texnologik chiqindilar ta’sirida konstruksiya eskiradi va sekin-asta emiriladi. Ekspluatatsiya xizmatining vazifasi berilgan xizmat muddati mobaynida binolardagi ko’zda tutilgan parametrlarni saqlanishini ta’minlovchi chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirilishdan iborat.
Bino parametrlarining saqlanganligiga, ya’ni ularning ishonchligiga ko’plab konstruksiyaning hisobiy sxemasini haqiqiy ish sharoitiga mosligidan to ashyolar sifati va ularni tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinishigacha bo’lgan omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Binobarin, bu omillarning ko’pchiligi tasodifiy tavsifga ega ekanligidan, ishonchlilik extimoli tavsif kasb etiladi.
Bino ishonchliligi 3 asosiy tavsif bilan baholanadi:
buzilmasdan ishlash extimoli (asllik);
umrboqiylik;
remontga yaroqlilik.
Binoning umrboqiyligi deb, shunday vaqt tushuniladiki, uning mobaynida, remontga ketgan tanaffuslar bilan birga, binoga berilgan chegaralarda ekspluatatsiyaviy sifatlar saqlanib qoladi. Ular to’liq remontda o’zgartirilmaydigan qismlar: devorlar, karkaslar, poydevorlar xizmat muddati bilan aniqlanadi.
Binoning qator konstruksiyalari (tom, pol, deraza romlari, muhandislik qurilmalari va boshqalar) odatda kamroq umrboqiylikka ega bo’ladi, shuning uchun ular, birinchidan, davriy ravishda qoplamalar bilan himoyalanadi, ikkinchidan eskirish darajasiga qarab o’zgartiriladi.
Umrboqiylik asosan 2 xilga bo’linadi: jismoniy va texnologik yoki ma’naviy umrboqiylik.
Jismoniy umrboqiylik konstruksiyalarning jismoniy va texnik: mustahkamlik, germetiklik, issiqlik va tovush izolyatsiyasi va boshqa tavsiflarga bog’liq.
Texnologik yoki ma’naviy umrboqiylik binoning o’z mosligiga, unda sodir bo’layotgan funksional yoki texnologik jarayonlarga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |