Ma’ruza 3: To’ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi
Reja:
3.1. To’ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi
xaqida umumiy ma’lumotlar.
Tayanch iboralar: Qum, shag’al, chaqiq tosh, kon, quruq usul, shag’al, fraktsiya, tosh kukuni, gidromexanizatsiya, tannarx, shtabel, yarimbunker, silos
3.1. To’ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi
xaqida umumiy ma’lumotlar.
Qum, shag’al va chaqiq toshning tannarxini pasaytirishning asosiy yo’li, bu ularni ishlab chiqarishni kontsentratsiyasidan iborat.
Zamonaviy yuqori mexanizatsiyalashgan yirik korxonalarga nisbatan kichik korxonalarda ishlab chiqarilgan to’ldiruvchilar tannarxi qimmat bo’ladi. Natijada, katta quvvat bilan ishlaydigan korxonalarda 1m3 chaqiq toshning o’rtacha tannarxi kam quvvatli korxonalarga nisbatan ikki marta arzon bo’ladi.
Qum va shag’alni katta miqdorda qazib olish va qayta ishlashda uning tannarxini pasaytirish uchun konlarni qayta ishlashning gidromexanizatsiyalashgan usulini keng joriy etish kerak, natijada mehnat mahsuldorligi quruq usulga nisbatan 3-5 barobar ortadi va mahsulotning tannarxi ikki marta va undan ortiq kamayadi.
Eng muhimi konlardan kompleks foydalanilgan holda chiqindi chiqishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Qum-shag’alli konlarni qayta ishlashda beton uchun qum va shag’al bilan bir qatorda suvoq qorishmalariga mayda qumlar qo’shish mumkin. Yirik shag’alni maydalashda olinadigan chaqiq toshga nisbatan arzon tushadi.
SHag’al ishlab chiqarish korxonalarida chiqadigan mayda fraktsiyalar ko’pincha ishlatilmay, chuqurlarga ko’miladi.
Biroq bunday sanoat chiqindilaridan yaxshi mayda to’ldiruvchi-maydalangan qum, hamda tosh kukuni olish mumkin.
Ayniqsa tosh kukuni qimmat mahsulot bo’lib, asfalьtobeton va bitumli mastiklar (to’ldiruvchi sifatida) ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Karbonat jinslarini maydalashda olinadigan tosh kukuni qishloq o’jaligida mineral o’g’it sifatida ishlatish mumkin. Tosh va tog’ jinslarini maydalashda olinadigan barcha mahsulotlardan to’liq foydalanish natijasida to’ldiruvchilar tannarxini pasaytirishga erishiladi.
Iste’molchiga yetib borishda to’ldiruvchilar tannarxiga transport xarajatlar ham qo’shiladi.
Uzoq masofadan keltiriluvchi to’ldiruvchilarning tannarxi u ishlab chiqarilgan joydagi tannarxidan bir necha barobar yuqori bo’ladi.
SHu sababli uzoq masofadagi konlardan markazlashgan holda yirik miqdorda to’ldiruvchilar olish samaralimi yoki mahalliy kichik konlarni qayta ishlash samaralimi degan savolni hisobga olish kerak.
SHtabelli omborxonalar, ombor hajmidan kam foydalanish (hammasi bo’lib 15...25%) bilan farqlanadi. Yarimbunkerli, silosli omborxonalarda bu ko’rsatkichlar ancha yuqori (yarimbunkerli omborxonalarda 75% gacha, silosli omborxonalarda 90% gacha).
Yopiq turdagi omborxonalarda issiq yo’qotish, to’ldiruvchilarni eritish va isitishdagi yonilg’ining sarfi uchun sarflanadigan mablag’ kam va to’ldiruvchini qayta ishlash tannarxi ancha pastdir. SHuning uchun yangi zavodlarni loyihalashda yarim bunker va aylanma silosli omborxonalarning yopiq turi unumli. Zavod sharoitida yopiq yarim bunkerli omborxonalar keng ko’lamda foydalaniladi. Hozirgi zamonda to’ldiruvchilarni saqlash omborxonalarini yopiq va ochiq turlari loyixalangan.
To’ldiruvchilar omborxonasini loyihalashda 1 m3 beton qorishmasiga to’ldiruvchilarning to’g’ri keladigan sarfi
jadval-3.1.
Beton turlari va qorishmalar
|
To’ldiruvchilar sarfi, 1 m3 beton qorishmaga, m3
|
qum
|
shag’al (chaqiq tosh)
|
Og’ir beton:
kasseta texnologiyasidan
boshqa hamma texnologiya uchun
kasseta texnologiya uchun
Engil beton:
Issiqo’tkazmaydigan:
Yirikg’ovakli
Maydazarrali
Konstruktsion-issiqo’tkazmaydigan:
zich va g’ovakliqumda,
qumsiz
Konstruktsion
qorishmalar
|
0,45
0,6
-
1,20
-
-
0,55
1,1
|
0,9
0,75
1,05
-
1,1
1,2
0,8
-
|
Nazorat savollari:
1. Tỹldiruvchilarning qanday turlari mavjud?
2. Tỹldiruvchilarni ishlab chiqarish usullarini keltiring
3. To’ldiruvchilarning zarrachalar tarkibi qanaqa?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Properties of concrete Fifth Edition A. M. Neville, First published 2011.
2. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.
3. E.K.Qosimov., Nizomov T.A. Qurilish ashyolari. Darlik. T., O’zbekiston. 2014.
4. Akramov X.A., Raximov SH.T., Nuritdinov X.N., Turopov M.T. Beton to’ldirgichlari texnologiyasi. O’quv qo’llanma (lotin imlosida).T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |