H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
80
o‘ralgan holatda joylashgan bo‘ladi. Bunday holatdagi gaz neytral bo‘lib,
atmosfera havosi bilan munosabati yo‘q.
Tuproq havosi suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’sir qilib, harorat,
namlik va bosim o‘zgarganda tuproq donadorligining buzilishi va
yemirilishiga olib kelishi mumkin.
Tuproq zarrachalari tomonidan havo adsorbsiya qilinib, uning miqdori
tuproqning dispersligi, mineral va kimyoviy tarkibi, namligi hamda organik
birikmalariga bog‘liq bo‘ladi. Havoning tuproq
tomonidan yutilishi uning
mexanik tarkibiga ham bevosita bog‘liq. Qum loyga nisbatan gazni 10
barobar kamroq yutadi. Adsorbsiya qilingan havo miqdorini G.Lyungmer
tenglamasi yordamida hisoblash mumkin.
)
(
const
T
C
R
С
Г
Г
−
+
=
∞
G
͚
– adsorbent yuzasida yutilgan maksimal miqdor, mg;
S
- gazning tizimdagi konsenratsiyasi, mg/l;
R
- emperik koeffitsient;
Tuproqda erigan gazlar o‘simliklarning o‘sishi, mikroorganizmlarning
yashashi va bir qator fizik-kimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadi.
Genri qonuniyatiga asoslanib,
2
,
10
p
C
⋅
=
λ
S
- suvda erigan gaz konsentratsiyasi, mg/l;
R
– gazning tuproq havosidagi parsial bosimi MPa;
10,2 – normal atmosfera bosimi, Mpa;
λ
– gazning suvda eruvchanlik koeffitsienti, mg/l.
Tuproqning qattiq, suyuq, gaz va tirik jonivorlar qismlari doimo
muvozanatda bo‘lib, tuproq termodinamikasi va biologik faoliyatining
o‘zgarib turishiga olib keladi.
Tuproq tarkibidagi havo kesmaning havo-fizik xususiyatlari, havo
singdirish sig‘imi, asosan, maksimal havoning miqdori va hajmiga nisbatan
% hisobida normal sharoitda havo quruq
va buzilmagan holatda ushbu
formula orqali hisoblanadi:
r
yr
yx
P
P
P
−
=
,
Bu yerda:
R
ux
– umumiy sig‘im;
R
ur
– umumiy g‘ovaklik;
‘
r
– gigroskopik namlik, %.
Tuproqning havo singdirish qobiliyati uning mexanik tarkibi va
strukturasiga bog‘liq. Tuproq tarkibidagi havo miqdori R
x
namlik, g‘ovaklik
va boshqa fizik xossalarga bog‘liq bo‘lib, qo‘yidagi formula bilan hisoblab
topiladi:
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
81
w
ym
x
P
P
P
−
=
‘
w
– tuproqning hajmiy namligi, %.
Tuproqning havo o‘tkazish qobiliyati mexanik tarkib, g‘ovaklik va
donadorlik bilan bog‘liq bo‘lib, kapillyar bo‘lmagan g‘ovaklik yordamida
aniqlanadi.
Tuproq havo almashinish qobiliyati,
birinchidan, atmosfera sharoiti,
harorat, bosim, girdobli (turbulent) harakat va yog‘ingarchilik miqdoriga
bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan, u tuproqning fizik xossalari, mexanik tarkibi,
donadorligi,
zichligi, g‘ovakligi, harorat va boshqa xususiyatlarga bog‘liq.
Uchinchidan, gazlarning fizik xossalari - diffuzion tezligi, kesma va yuza
qatlamdagi gaz konsentratsiyasi, yerning tortish kuchi hamda gazlarning
o‘tishi, qattiq fazada sorbsiya va desorbsiya jarayonlari,
tuproq eritmasida
erish va degazatsiyaga bog‘liq. To‘rtinchidan, tuproqdagi kation va anionlar
almashinishi gaz va suyuq faza bilan modda almashinish hamda oksidlanish-
qaytarilish jarayonlariga bog‘liq.
Tuproq havosi tarkibidagi gazlar –
O
2
, CO
2
, N, NO
2
, CO, H
2
, H
2
S, NH
3
etilen, atsetilen, metan, merkaptan, terpen, fosfin, spirt, efir, organik va
anorganik kislotalar bug‘laridan iborat, ular turli miqdorda tarqalgan va
tuproqdagi biologik va fizik-kimyoviy jarayonlarni belgilab beradi.
V.I.Vernadskiy ta’biri bilan aytganda: “Hozirgi atmosfera havosi biogen
jaryonda hosil bo‘lgan, ularning shakllanishida
tuproq qoplami va
atmosferaning quyi qismidagi havo almashinuvi katta ahamiyatga egadir”.
Atmosferadagi havo, asosan, azot, kislorod va karbonat angidriddan
iborat bo‘lib, qolgan qismini boshqa gazlar tashkil qiladi. SO
2
miqdori
tuproqda atmosferadagi miqdoriga nisbatan o‘nlab, yuzlab va undan ham
oshib ketishi mumkin. Tuproq havosining tarkibi mikroorganizmlarning
yashash jarayonida, o‘simlikning ildizlari orqali nafas olishi,
tirik
jonivorlarning nafas olishi va organik moddalarning oksidlanishi natijasida
o‘zgaradi. Tuproq havosining o‘zgarishi energetik potensial va biologik faol
rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir.
Tuproq havosi tarkibidagi asosiy gazlar tuproq va biosferadagi
biokimyoviy jarayonlarning kechishida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: