Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Kimyoviy birikkan suv
tuproq tarkibining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, 
tuproq qizdirilganda (100-800
0
gacha) ajralib chiqadigan suv bo‘lib, 
o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan holatdadir. Sorbilangan suv ikki xil – 
gigroskopik va pardali suvga ajratilgan, birinchisi tuproq tarkibi qattiq 
bog‘langanligi tufayli o‘simlik o‘ziga ololmaydigan holatda bo‘ladi. Pardali 
suv o‘simlik ildizlari orqali qisman singib o‘tishi mumkin, ammo tuproq 
qatlamida tez harakatlanishi va boshqa shakldagi suvga o‘tish sababli, 
o‘simliklarni bevosita suv bilan kam tahminlaydi. Sizot suvlarining satxiga 
binoan o‘simliklar undan foydalanadi. Bug‘simon suvning harakati tuproq 
harorati, g‘ovakligi, zichligi va mexanik tarkibi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘simlik 
ildizlari yuzasida kondensanlanib foydalanishi mumkin. Qattiq suv 0
0
dan 
past haroratda hosil bo‘lib muzlaydi, natijada, o‘simlik undan 
fyodalanaololmaydi. Tuproq suv xossalariga suvni ushlab, saqlab turish 
qobiliyati, nam sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi va suv ko‘taruvchanlik 
qobiliyati kiradi. 
Suvni tuproq qatlamida oqib ketishidan va namlikni ushlab turish 
qobiliyati, ya’ni namlik sig‘imi suvning ushlab turish qobiliyati deyiladi. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
76 
Tuproqning mahlum kuchlar ta’sirida suvni ushlab turish qobiliyati namlik 
sig‘imi deyiladi. Ular maksimal adsorblangan nam sig‘imi, maksimal 
molekulyar nam sig‘imi, kapillyar nam sig‘imi, eng kam yoki dala nam 
sig‘imi va to‘liq maksimal nam sig‘imlariga ajratilgan. 
Tuproq zarrachalari yuzasida yutish kuchlari ta’sirida eng ko‘p suvni 
ushlab turish qobiliyatiga maksimal adsorbilangan nam sig‘imi deyiladi. Bu 
namlik tuproqdagi mustahkam adsorbilangan suv miqdoriga to‘g‘ri keladi. 
Molekulyar tortish kuchlari ta’sirida tuproq yuzasida ushlab turilishi 
mumkin bo‘lgan bo‘sh birikkan (pardali) suvning yuqori chegarasidagi 
miqdori 
maksimal molekulyar nam sig‘imi
deyiladi. Bu qattiq tuproq mexanik 
tarkibi bilan bog‘liqdir, qum tuproqlarda uning miqdori 5-7%, sozlarda esa 
25-30% 
dan 
oshmaydi. 
Bu 
o‘lcham 
muhim 
tuproq-gidrologik 
ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Tuproqdagi mavjud nam miqdori va maksimal 
molekulyar nam sig‘imini taqqoslab o‘simlikka o‘tadigan foydali suv 
zahirasini aniqlash mumkin. Faktik namlik maksimal molekulyar nam 
sig‘imidan ko‘p bo‘lgan taqdirda foydali suv zahirasi ko‘p, teng bo‘lganda 
esa suv zahirasi deyarli bo‘lmaydi. 
Suvli qatlam ustida joylashgan tuproq qatlami (kapillyar qayma) 
chegarasida ushlanib turishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p hajmli kapillyar 
tiralgan suv miqdori 
kapillyar nam sig‘imini
tashkil etadi. Kapillyar nam 
sig‘im tuproq g‘ovakligi, sizot suvining sathi bilan bog‘liq, sizot suvlari yer 
yuzasiga yaqin bo‘lsa, kapillyar qayta sernamlanadi va bu toifadagi namlik 
yuqori bo‘ladi. 
Sizot suvlarining oqib ketishi natijasida tuproqda ushlanib turadigan 
kapillyar muallaq namlikning eng ko‘p miqdori 
nam sig‘imini
tashkil etadi. 
Bu kattalik og‘ir mexanik tarkibli donador tuproqlarda 30-35%, qum 
tuproqlarda esa 10-15% dan oshmaydi. Eng kam sig‘imli tuproqni tuzlardan 
yuvish, sug‘orish mehyorlari va muddatini ishlab chiqish uchun kerak. Bu 
hajm nam tuproqda 70-80% oralig‘ida bo‘lishi kerak. SHu eng past nam 
sig‘imiga qadarli namlangan tuproq 1 m li qatlamning 1 gektaridan foydali 
nam zahirasi qum tuproqlarda 700-1100 m
3
, qumoq yengil va o‘rta qumoq 
tuproqlarda 1200-1700 m
3
, og‘ir qumoq, soz tuproqlarda 1500-2100 m
3
ni 
tashkil qiladi. 
Tuproqning barcha g‘ovakligi tomonidan ushlanib qolinadigan namlik 
to‘liq nam sig‘imi
deyiladi. Bu kattalik tuproqda o‘rtacha 40-50 %, ammo 80 
% dan oshishi va 30 % dan kamayishi mumkin. 
Tuproq qoplamini yuzadan tortib, to pastgacha maksimal suvni qabul 
qilib olish va o‘tkazib yuborishi 
suvining o‘tkazuvchanlik holati
deyiladi. 
Suv ushlab qolish va o‘tkazuvchanlik qobiliyati (filgtratsiya) mm/soatda 
o‘lchanadi, u 30 mm dan, to 1000 mm gacha bo‘lishi mumkin. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
77 
Tuproqning suv ko‘tarish qobiliyati kapillyar kuchlar ta’sirida pastdan 
yuqori tomon ko‘tarilishi jarayoni qumli tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoqlarda 
2,5-3,0 m, og‘ir tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi. 
O‘simlik uchun suv moddalar almashinishi, shakllanishi va 
transpiratsiya uchun kerakdir. O‘simlikka tuproqdan o‘tadigan suv 
samarali 
namlik
deyiladi. 
A.A.Rode o‘simlik uchun qulay tuproqdagi suvning kategoriyalarini 
ko‘rsatuvchi, ya’ni o‘zlashtirilmaydigan zahira, o‘zlashtirish juda qiyin, 
o‘rtacha, oson bo‘lgan suvlarni ajratadi. Gravitatsion va kapillyar suvlar oson 
o‘zlashtiriladigan, gigroskopik, maksimal gigroskopik, kimyoviy bog‘langan 
suvlar tuproqning foydasiz suvlarini tashkil qiladi. Tuproqning o‘simliklar 
barqaror so‘liy boshlaydigan namlik darajasiga 
so‘lish namligi
yoki 
so‘lish 
koeffitsienti
deyiladi. Qumli tuproqlarda so‘lish namligi 1-3%, qumli va 
yengil qumli tuproqlarda 3-5, o‘rtacha va og‘ir qumli tuproqlarda 6-12%, soz 
tuproqlarda 12-18% dan 30% gacha bo‘ladi. 
Tuproq tarkibidagi suv va namlik darajasi dala, kuzatuv va laboratoriya 
sharoitida aniqlanadi. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish