Bog'liq “vobkent tumani toponimlari va ularning geografik tahlili”
Chegaralarining tarkib topishi. Vobkent tarixiga oid hujjatlar tahlilida ko’rib o’tilganidek, Vobkent Buxoro amirligining tumanlaridan biri bo’lib kelgan. 1924-1925-yillarda Turkistonda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida tashkil topgan o’lib, O’zbekistonning ma’muriy birliklar tizimida tumanlar bo’lmagan. O’sha vaqtda O’zbekiston 7 ta viloyatga bo’linib, ular o’z tarkibiga 23 uezd, 240 volost va 1163 ta qishloq kengashlarini birlashtirgan. Bu vaqtda Vobkent tumanining hozirgi hududi Buxoro viloyatining bir uezdi bo’lib hisoblangan. 1926-yilga kelib, O’zbekistonning ma’muriy-hududiy bo’linishi ma’muriy iqtisodiy rayonlashtirish bilan tashkil topgan. Ushbu okruglar o’z tarkibiga 87 ta tuman va 730 ta qishloq kengashlarini birlashtirgan.
Vobkent tumani respublikada tuzilgan dastlabki tumanlar qatorida ayni shu vaqtda-1926-yilda 29-sentyabrda Buxoro okrugi tarkibida tashkil topgan.
1930-yilga kelib quyi hokimiyat organlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida okruglar bekor qilinib, faqat tumanlar va qishloq kengashlari saqlab qolingan. 1938-yilgacha Vobkent bevosita respublikaga bo’ysunuvchi 109 ta tuman qatorida mavjud bo’lagan.
1938-yilning 15-yanvarga kelib respublika ma’muriy-hududiy birliklar tizimida yana viloyatlar qayta tiklandi va natijada Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlari tarkib topdi. Ana shu vaqtdan boshlab Vobkent tumani ma’muriy jihatdan Buxoro viloyati tarkibiga kirdi.
Vobkent tumani chegaralari 1926- yildan 1959- yilga qadar bu yerda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yagona hudud sifatida tarixan tarkib topgan Zarafshon daryosi (Qorako’ldaryo) va Vobkentdaryoning o’ng tarmoq kanali Komi qasaba hamda Romitan arig’i oralig’idagi yerlarni o’z ichiga olgan. Chegaralardagi asosiy o’zgarishlar 1959-1974-yillarda yuz berdi. 1950-1960-yillarda olib borilgan tumanlarni yiriklashtirish siyosati natijasida tumanning hududiy chegaralari bir necha bor o’zgardi. O’zbekiston hukumatining 1959-yil 19- martdagi 159- sonli farmoniga muvofiq Buxoro viloyatining Vobkent va Peshko’ tumanlari birlashtirilib, yagona Vobkent tumani tashkil topdi. Bu holat 1962- yilgacha davom etib, 1962- yil 24- dekabrdagi 979-sonli farmoniga binoan viloyatning Vobkent va Shofirkon tumanlari birlashtirildi. 1959- yili Vobkent tumaniga qo’shilgan Peshko’ tumani yerlari qo’shni Romitan tumaniga qo’shib berildi. 1969-yilning 1- yanvariga kelib, Shofirkon tumanining yana qayta tiklanishi natijasida Vobkent va Shofirkon tumanlari o’rtasidagi chegara qayta o’tkazildi.