1992-yil aprel oyida Kobul shahriga mujohidlar otryadlari kirib keldi. SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Afg‘onistonda holat ancha og‘irlashdi.
Afg‘onistonda hokimiyatni Jihod kengashi deb atalgan guruh o‘z qo‘liga oldi.
Mamlakat nomi Afg‘oniston Islom Respublikasi deb o‘zgartirildi, barcha qonunlar bekor qilinib, shariat qoidalari joriy qilindi.
Tolibonlar Afg‘onistonda qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshladi.
Tolibonlar rejimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan xalqaro terrorchi Usoma bin Lodin ham Afg‘onistonga keldi. Usoma bin Lodin
Tolibonlar rejimi Usoma bin Lodinni xalqaro sudga topshirishdan bosh tortgandan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi (XK) Afg‘onistonga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qildi.
2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda uyushtirilgan terrorchilik aktlari uchun javobgarlikni AQSH ma’muriyati «Al-Qoida» tashkiloti bilan Usoma bin Lodinga yukladi va terrorchilarning bazalarini bombardimon qildi.
2002-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan umumafg‘on Loyya Jirgasida Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi.
Afg‘onistonga 5 mlrd dollar xalqaro yordam ajratildi.
2003-yili Afg‘onistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakat «Afg‘oniston Islom Respublikasi» nomini oldi. Yangi konstitutsiya mamlakatda prezidentlik boshqaruvini o‘rnatdi.
Konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish uchun yo‘l ochib berdi. 2004-yil bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi.
Homid Karzay
2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Muhammad Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti, Abdulla Abdulla esa hukumat raisi lavozimlarini egalladi.
Muhammad Ashraf G‘ani
Afgʻoniston Islom Amirligi (2021-yilning 15-avgust)
Tolibon harakati tomonidan 2021-yilning 15-avgust kuni Kobuldagi prezidentlik saroyini egalladi. Prezident G‘ani mamlakatni tark etdi. Mamlakat esa xuddi 1996-2001 yillardagi kabi Afgʻoniston Islom amirligi deya atala boshladi
Mavlaviy (boshqaruvchi) Haybatulloh Oxundzoda Bosh vazir Muhammad Hasan Ohund Bosh vazir o`rinbosari (Siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar) Abdulg‘ani Birodar Mudofaa vaziri (Harbiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar) Muhammad Yoqub (Mulla Umarning o`g`li) Ichki ishlar vaziri (Harbiy rejalashtirish ishlariga mas’ul) Sirojiddin Haqqoniy Tashqi ishlar vaziri Sher Muhammad Abbos Stanikzay Oliy sudya Abdulhakim Haqqoniy
BMT axborotiga ko‘ra, 2005-yili dunyodagi narkotik savdosining 87%i Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi.
2007-yildan narkotik savdosi susaya bordi, ammo 2017-yili yana keskin o‘sdi. 2021-yilda esa narkotik yetishtirish 6.800 tonnadan oshdi va bu butun dunyodagi narkotik moddalarning 85 foizini tashkil qiladi