Tuproqshunoslik va geografiya


Surxondaryo viloyatidagi asosiy gidrologik postlar



Download 1,43 Mb.
bet32/37
Sana02.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#312488
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
“surxondaryo viloyati ko’llari va daryolari geografiyasi”

Surxondaryo viloyatidagi asosiy gidrologik postlar



GIDROLOGIK

POSTNING T/R

GIDRO POSTNING JOYLASHGAN O’RNI.

DARYO NOMI

1

38

Zarchop.q

To’polondaryo

2

40

Kenguzar q.

Sangardakdaryo

3

41

Bozorjay .q.

Halqajar

4

42

Darbang q.

Sherobodaryo

5

43

Sho’rchi shahri.

Surxondaryo

O’tgan asrning 60-yillaridan keyin paxta ekin dalalarini ko’paytirish maqsadida tog’ oldi tekisliklari ham sug’orma dehqonchilikda foydalanildi. Qiyaligi 3-8o bo’lgan yonbag’rlarga suv chiqarib paxta ekildi. Qiyalik 3o dan oshsa uni sug’orishda muammo paydo bo’ladi.

O’tgan asrning 90 yillardan boshlab O’zbekiston respublikasi bo’yicha, jumladan Surxondaryo havzasida ham suv tanqisligi tufayli sug’orma dehqonchilik uchun yerlarni o’zlashtirish deyarlik to’xtadi. Mutaxassislar hisobi bo’yicha hozirgi sug’orish sistemasida juda katta miqdorda suv isrof bo’lmoqda. Hozir suvdan foydalanish koiffisienti 69 % ni tashkil qiladi, ko’p hollarda 50 % dan oshmaydi (Antonov, Morozov, Sevryugin, 2003).

Surxondaryo respublikamizning eng issiq, subtropik tabiatiga ega hududlar hisoblanadi. Agarda Samarqand, Farg’ona yoki Toshkent vohasida paxtani vegetatsiya davrida 6-7 marotaba sug’orishsa, Surxondaryoda 8-9 marotaba sug’orish kerak. Shu sababli ham bir gektar yerga sarflanadigan suv miqdori bu yerda katta. Shu sababli ham suvda tejab-tergab foydalanish, gug’orishda ilg’or texnologiyalarni ishlatish muhim muammolardan biri hisoblanadi.

Sug’orishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish uchun ham suv kerak. Surxondaryo havzasida yer resurslari katta, lekin suv resurslari chegaralangan. Mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanilsa minglab gektar yerlarni o’zlashtirish mumkin. Eng avvalo mavjud daryo va suvlaridan mumkin qadar oqilona foydalanish zarur. Shulardan biri yirik soylarda kichik suv omborlari qurish hisoblanadi. Surxondaryo va Sheroboddaryolari havzasida o’ndan ortiq soylar mavjud. Agar ularda suv hajmi 10 mln m3 gacha suv omborlarini qurish mumkin. Ushbu soylarda sel suvlari, qishda, kuzda va bahor oylarida befoyda oqib o’tadigan suvlarni to’plash mumkin. Bu suv omborlarida to’plangan suvlar daryoda qurilgan Janubiy Surxon va Uchqizil suv omborlariga xalaqit bermaydi. Aksincha kichik suv omborlarida to’plangan suvlarni zarur payti katta suv omborlariga tashlash mumkin. Kichik suv omborlarining suv hajmi 10 mln m3 deb hisoblasak va ushbu suv yordamida suv ombori atroflarida 600-800 gektar yerlarni sug’orish imkoniyatlari ochiladi. Agarda sug’orishda ilg’or texnologiyalardan foydalanilsa har bir kichik suv omborlari atroflari 1000-1500 gektar yerlar o’zlashtirilib mevali bog’lar tashkil qilish mumkin.

Yanada kichikroq soylarda suv hajmi 1 mln m3 dan 5 mln m3 gacha kichik suv omborlari qurish mumkin. Bunday kichik soylar Surxondaryo va Sheroboddaryo havzasida 20 tadan ko’p. Mutaxassislar hisobi bo’yicha kichik suv omborlariga sarflangan xarajatlar 3-4 yilda qoplanadi.

O’zbekistonning tog’li qismida 16 ta orografik rayonlar ajratijib , ulardagi bir yillik oqim moduli daryolar havzalarining o’rtacha o’lchangan balandliklariga bog’liq. Rayonlar chegaralarini ajratishda havzalarining umumiy makroekspeditsiyasi, ularning relyef tizimida joylashish xususiyatlari bilan aniqlanadigan nam havo oqimlariga nisbatan bir xil sharoitdaligi va sinoptik jarayonlarning umumiyligi hisobga olingan . Mazkur bog’liqlik atlasdagi o’rtacha ko’p yillik oqim xaritasini tuzishda asos sifatida xizmat qildi. Oqim modulining qiymatlari 1000-1500 m balandliklardagi (oqim hosil bo’lish oblastining quyi chegarasi ) 0.5 l/sek *km2 dan 3000 m va undan yuqori balandliklarda 25l/sek *km2 va undan yuqorigach o’zgaradi. Oqim meyorining eng katta qiymatlari Surxondaryo havzalarining suvayirg’ich qisimlarida kuzatiladi. Daryolar oqimining hosil bo’lishidau yoki bu turdagi manbalar suvlarining ishtirokiga bog’liq holda, O .P.Sheglov tasnifi bo’yicha , O’zbekiston daryolari muzliklar , qor- muzliklar, qor va qor-yomg’ir suvlaridan to’yinadigan daryolar turlariga ajratiladi. Masalan qor –muzliklaridan To’polondaryo , qor-yomg’ir suvlaridan Sherobodaryo kabi daryolar to’yinadi.

Suv zahiralaridan foydalanishning ikkinchi yo’li yer osti suvlaridan foydalanish hisoblanadi. Surxondaryo va Sheroboddaryolarning quyi qismlarida grunt suvlari, qatlamlar orasidagi suvlar ham yer yuzasiga ancha yaqin joylashgan. Ularni yer yuziga chiqarish uchun elektr energiyasi kerak. Elektr energiya tarmog’idan chetda joylashgan hududlarda shamol va quyosh energiyasidan foydalanish mumkin. Surxondaryo, Sheroboddaryo havzalari quyosh va shamol energiyalariga boy hududlardan hisoblanadi. Quyosh batareyalari soatiga 3 kvt elektr energiya beradigan energiya bersa 10-20 l/sek miqdorda yer osti suvlarini tortib chiqarish mumkin. Shamol generatorlari ham shamol tezligi 3 m/sek bo’lganda tok beraboshlaydi va shamol tezligi 6 m/sek ga yetsa 2-3 kvt/soat elektr energiya ishlab chiqarish mumkin. Surxondaryo sharoitida quyosh bateriyalari va shamol generatorlari yonma-yon o’rnatilgani ma’qul, chunki ular bir-birining o’rnini to’ldiradi. Qish oylari kechalari quyosh batareyalari faolligi sustlashadi, shu paytlar shamol generatorlarining yordami katta bo’ladi. Quyosh batareyalari, shamol generatorlarining ishlashi Surxondaryo viloyatining cho’l zonasi yoki qishloqlardan uzoqda joylashgan tog’li hududlarda suv chiqarib yerlarni o’zlashtirish, yaylovlaridan ratsional foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish