Tuproqni tabiatdagi va inson hayotidagi o‘rni va roli


Chimli tuproqlar, Gidromorf tuproqlar



Download 3,09 Mb.
bet4/4
Sana24.04.2022
Hajmi3,09 Mb.
#579740
1   2   3   4
Bog'liq
Serkaboyeva Marhabo Tuproqni tabiatdagi va inson hayotidagi o‘rni va roli

Chimli tuproqlar, Gidromorf tuproqlar
Gidromorf tuproqlarga pastdan sernam, yer osti suvlari yuzaga yaqin joylarda hosil bo‘lgan bir qator tuproq guruhlari kiradi. Bu tuproqlar quyidagi sharoitda hosil bo‘ladi: 1) yer osti suvlarining yuzada to‘planishi; 2) pastqam joylarda atmosfera yog‘inlarining yig‘ilishi;3) yer usti va osti suvlarining birgalikdagi ta’siri; 4) yer ustki qismida suvning davriy to‘planishi, 5) daryo oqar suvlari bilan yer osti suvlari yaqin joylarning bostirilishi, 6) dengiz, ko‘l, daryo irmoqlaridagi tuproqlarning suv bilan sernamlanishi, 7) sholi ekiladigan tuproqlarning doimo suv bilan bostirilishi. Demak, gidromorf tuproqlar doimo tranzit (o‘tuvchan) va yig‘iluvchan (akkumulyativ) geokimyoviy landshaftlarda hosil bo‘ladi. Gumid mintaqasidagi tuproqlar suvdagi moddalarning o‘tishiga geokimyoviy to‘siq hisoblanadi, natijada, tuproqda gumus, kremniy, temir, marganes, fosfor to‘planadi. Arid mintaqasi tuproqlarida esa ohak, gips, suvda eriydigan tuzlar yig‘iladi. Yer yuzining glyatsial, flyuvioglyatsial va allyuvial tekisliklardagi tuproqlar gidromorf bosqichni o‘z evolyutsiyasi davomida bosib o‘tgan. Gidromorf tuproqlar uchun xos xususiyat namlikning davriy ravishda qaytarilib turishi va oksidlanish - qaytarilish jarayonlarining avj olib, kimyoviy va biokimyoviy, anaerobiozis reaksiyalarning Eh 100-200 mV o‘tishidir. Anaerob mikroorganizmlarning rivojlanishi, qaytarilish kimyoviy jarayonlar natijasida - gleylanish G‘eO, MpO, H2S, SN4, NxO, rNx. Bu mintaqalarda vivianat, glaukonit, sulfidlar hosil bo‘ladi. Gleyli qatlamlarda toksik moddalar va gazlar (metan, fosfin, serovodorod, azot va uglerod oksidlanmagan turlari) hosil bo‘ladi. Biroq mikrozonalarda oksidlanish jarayoni suv o‘tgan joylarda rivojlanib, sernam, loy qatlamlarda yashil, havorang, zangsimon dog‘lar hosil bo‘ladi
Tuproq qoplamining biosferadagi asosiy vazifalari
“Tuproqshunoslik” fanining rivojlanish tarixi, tuproq qoplamini hosil qiluvchi jarayonlar va omillar tahlili asosida biz tuproq polidispers tizim, tabiiy tana shaklida, o‘zining unumdorlik darajasi bilan tabiatda ajralib turishini bilamiz. Shu paytgacha biz tuproq qoplamini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va insoniyatni kiyim-kechak va boshqa xom ashyo mahsulotlari bilan ta’minlaydigan manba - ishlab chiqarish vositasi sifatida talqin qilib keldik. Sanoatning yuksalishi, yer yuzasida odam sonining ko‘payishi bilan tuproq qoplamining biosferadagi ahamiyati, uning ekologik ahvolining og‘irlashib ketishi, pestitsidlar, sanoat, qurilish va maishiy chiqindilar tarkibidagi og‘ir metallar bilan ifloslanishi va ularga qarshi kurash choralari to‘g‘risidagi masalalarga ehtibor berish, ekologik barqarorlikka erishishni hal qilish kabilar asosiy vazifalardan biriga aylandi. Tuproq qoplami inson, hayvonot dunyosi, o‘simliklarning yashaydigan, o‘sadigan, rivojlanadigan, ko‘payadigan va tarqaladigan makoni bo‘lib xizmat qiladi. Eng muhimi, tuproq qoplami biosferaning hayotiy qobig‘i biotsenoz va zootsenozlarning manbai va koni bo‘lib xizmat qiladi. Shu paytgacha tuproq paydo bo‘lishida atmosfera, gidrosfera va litosfera agentlarining ta’siri har taraflama talqin etib kelindi, ammo tuproq qoplamining, atmosfera, gidrosfera va litosferaga, uning ekologik funksiyasiga ta’sir etishi kabi masalalariga yetarli e’tibor berilmadi. Respublikamizning milliy va viloyat universitetlarida agrokimyo va tuproqshunoslik tizimi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga tuproqshunoslik fani miqyosida tuproq qoplamining biosferadagi roli, shakllangan xossa va tarkibining atmosfera, gidrosfera, litosferaga H.Х.Тursunov. Тuproqshunoslik ekologik ta’siri haqidagi ma’lumotlarni ushbu bobda keltirib o‘tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Tuproq qoplami quyosh energiyasining asosiy qismini o‘zida to‘plab, o‘simlik dunyosini suv, azot, uglekislota va boshqa oziqa elementlari bilan tahminlab, fotosintez jarayonining amalga oshishida ishtirok etadi. Tuproq ustida o‘sadigan o‘simlik qoplami yil davomida 0,5 x 1015 kilovat/soat energiyani fotosintez orqali organik modda sifatida o‘zlashtiradi. Insoniyat tomonidan bir yil ichida yoqilg‘i, oziq-ovqat va yem-xashak sifatida 7,0 x 1012 kv/soat energiya istehmol qilinadi. Insonlar tomonidan oldingi o‘tgan geologik jarayonlarda o‘simliklar dunyosi tomonidan hosil qilingan ko‘mir, torf, neftg‘ sifatida har yili 16,2x1012 kv/soat energiya sarflanishi hisoblangan. Agar hozirgi davrda atom, shamol, daryo oqimlari energiyasi hisobga olinmasa, kelajakda tuproq-o‘simlik-hayvonot dunyosi hosil qiladigan energetika manbalari insoniyat uchun salmoqli xizmat qiladi. Chunki tuproqda quyosh nuri energiyasini, kinetik va potensial energiyaga aylantiradigan, insoniyatni kimyoviy energiya va oziqa moddalari bilan tahminlaydigan yagona manba bo‘lib, tirik jonivorlar va yashil o‘simliklar xizmat qiladi. Yer yuzida hayot quruqlikda, okean, dengiz, ko‘llarda va atmosferaning 2-3 km balandligida yer qahrining o‘n, yuz, ming metr chuqurlikda rivojlanishi mumkin. Tirik organizmlar yashab, hayot kechiradigan va rivojlanayotgan yer qobig‘i biosfera deyiladi. Tuproq biosferaning tarkibiy qismi bo‘lib, litosferada bo‘layotgan jarayonlarning tarkibiy mahsuloti sifatida bevosita ishtirok etadi. Tuproq o‘simlik, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar yashaydigan, o‘sadigan, ko‘payadigan, tarqaladigan, rivojlanadigan makon va manba bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, u o‘simlik va tirik organizmlar qoldig‘i, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilar yig‘iladigan ombor hisoblanadi. Quruqlikda, ya’ni tuproqda o‘simliklar tomonidan nx1010 tonna fitomassa hosil bo‘ladi, shuningdek, 0,5% minerallanish jarayonlariga duchor bo‘ladi. Inson tomonidan yiliga fitomassa 3,6 x 108 t istehmol qilinadi. Demak, biosferada tuproq – organizimlar, ayniqsa, tuproq-o‘simlik orasida umumplanetar energiya va oziqa almashinuvi zanjiri amalga oshiriladi.. Ularga yutilish, organik modda holatiga o‘tish va organik moddalarning azot, uglerod, kislorod, vodorod, oltingugurt, kalsiy, kaliy, kremniy, temir va magniy elementlariga qadar mineralizatsiyalanish jarayoni misol bo‘la oladi. Agar o‘simlik kulida biologik jarayonda nx108 t o‘simlik assimilyatsiya qiladigan elementlarga aylanadi. Ammo uning asostiy qismi o‘simliklarning chirishi, minerallanishi natijasida tuproq va suv havzasiga qaytib tushadi.
Tuproq qoplami quyoshdan keladigan radiatsiyani uzatuvchi va qaytaruvchi sifatida ishtirok etishi, uning relyefi, o‘simlik bilan qoplanganligi, namligi, mexanik tarkibi, donadorligi, qattiqligi va yumshoqligi organik-mineral moddalarning tarkibi bilan bog‘liqdir. Tuproq qoplami atmosferadagi namlik o‘zgarishi, harakati va almashinuvida ishtirok etadi. Tuproq qoplamidan atmosferaga mayda, o‘rtacha, chang va loy hamda kolloid zarrachalari chiqadi, bunda mikroorganizmlar ham ishtirok etishi mumkin. Atmosfera tarkibi, ya’ni azot, kislorod, vodorod, karbonat angidrid, suv bug‘i tuproq - o‘simlik - hayvonot dunyosi - mikroorganizmlar hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan elementlar o‘simlik tomonidan organik moddalar hosil qilishda ishtirok etib, tuproqdagi jonivorlar va mikroorganizmlar tomonidan qaytadan ishlanib, boshqa moddalarni vujudga keltiradi. Tuproq bilan atmosfera orasida gaz almashinuvi bo‘lib turadi, ya’ni CO2, NH3, NO2, N2, H2S, CH4 va suv bug‘lari tuproqdan havoga o‘tadi. Tuproq qoplami yer usti va osti suvlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, suv geokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Tuproq tarkibidagi suv, uning g‘ovaklarida, organik va mineral moddalar tarkibida, eritmasida ham ishtirok etadi va geokimyoviy jarayonlarda qatnashadi. Tuproqdagi suv moddalarni erituvchi va hosil bo‘lgan mahsulotlarni transportirovka qilishda ishtirok etadi. Tuproq tarkibidagi suv gidrosfera suvi manbalarining biri hisoblanadi. Daryo, ko‘l, dengiz, okeanlarning shakllanishi va gidrokimyoviy tarkibi tuproq qoplamining morfologik tuzilishi, suvning fizik xossalari va holati, kimyoviy va mineral tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Daryo suvida 0,2-0,4 g/l mineral moddalar, gumus va mikroorganizmlar bo‘lib, tuproq zarrachalari esa 2-5-10 g/l ni hosil qilishi mumkin. Suv havzasi tarkibidagi organik va mineral moddalar tuproq va uni hosil qiluvchi tog‘ jinslarining yemirilishidan paydo bo‘lgan mahsulotlar tuproq hosil bo‘lishi jarayonida bir necha milliard yillardan buyon, ya’ni silur davridan beri davom etib kelmoqda. Tuproq tarkibidagi organik va mineral moddalar, turli mikroorganizmlar, chang, loy va kolloid zarrachalar shamol va suv eroziyasi jarayonida harakatga kelib, to‘zonlar sifatida atmosferaga ko‘tarilishi va gidrosferani ifloslantirishi mumkin. Tog‘ jinslari, ayniqsa, cho‘kindi yotqiziqlarida hosil bo‘lgan neft, ko‘mir, torf va gaz zahiralari tuproq hosil bo‘lishi jarayonlari bilan bog‘liq

E'Tiboringiz uchun raxmat !


Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish