Zirk- (Berberis integerrima Bge)- Mevasi nordon bo'ladi. Uning ho'l yoki quruq mevasidan qiyom, murrabbo tayyorlanadi. Mevasi bemorlarni davolashda, issiqni tushiruvchi va chanqovni qoldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Zirkning pustlog'idan sariq bo'yoq olinadi. Zirk eng yaxshi asalchilik o'simlik hamdir. Uning ildizida bahzi alkaloidlar bo'lganligi uchun dori tayyorlashda keng ishlatiladi. Mahalliy aholi uning foydali ekanligini azaldan biladi va mevasini yig'ib ziravor sifatida ovqatga solinadi. Zirkning foydasi bilan birga zarari ham bor. Uning bargida zang zamburug'i dastlabki stadiya davrini o'tib, keyin donli ekinlarga tushadi va uni zararlaydi. Natijada donli ekinlar hosiliga katta ziyon yetkazadi.
Tog' piyozi (Allium 'skemense B. Fedtsch.)- uni kishilar qadimdan istehmol qilib, turli kasalliklar (ayniqsashamollash ) ni davollashda keng foydalanib kelingan. O'zbekistonda piyozlar turkumining 70 dan ortiq turi mavjud bo'lib, ularning ko'pi tabiiy holda o'sadi va mahalliy xalqlar tomonidan keng foydalaniladi.
Tog' yalpiz (Zizi'hora 'a'iralaica Guz)- Uni chorva mollari deyarli yemaydi. Uning barg va poyaalaridan turli kasalliklar (shamollash, ishtahasizlik)ni davolashda keng foydalaniladi. Bulardan tashqari Espartset (Onobrychis 'ullchella Schrenk), Skabioza (Scabiosa songorika Schrenk), Betaga (Festuka orientalis Kern), Astragal (Actragalus eximius Bge), Bug'doyiq (Elytrigia tricho'hora (Link.) Nevski), Tog'otquloq (Rumex confer),
G'ozpanja ('otentilla soongorika Bge), Tog'qo'ziquloq ('hlomis olgae Rgl.), Tog'shuvoq (Artemisia tenuisecta Nevski) ko'p uchraydi.
Yaylov poyasi
Respublikamiz territoriyasidagi dengiz sathidan 2700-2800 m va undan baland bo'lgan barcha yerlar yaylov poyasasiga kiradi. Yaylov poyasi alg'p va subalg'p o'tloqlardan iborat . Uning xarakterli belgisi shuki, bu poyasda buta va daraxtlarning o'sishi uchun sharoitning yo'qligidir. Bu poyasda yaylov deb atalishiga sabab, u yerlardagi o'tloqlardan faqat yozda mol boqib foydalanilishidir. Yaylov poyasiga Tyanshang' tog'ining g'arbiy qismi, CHotqol , Pskom, Hisor tog'larining janubiy-g'arbiy tomonidagi yuqori tog' poyasidagi maydonlar kiradi. Bulardan tashqari, respublikamiz territoriyasida joylashgan Turkiston, Zarafshon tog'lari ham yaylov poyasining pastki chegarasi hisoblanadi. Bu poyasning pastki tomoni yuqori tog' poyasi bilan eng yuqori nuqtasi esa doimiy muzliklar, qorliklar bilan qoplangan qoyalarga borib taqaladi. Yaylov poyasining tuprog'i och va to'q qo'ng'ir rangli bo'lib, qattiq tog' jinslaridan hosil bo'lgan. O'simliklar, ayniqsa mayin o'tlar ancha qalin qoplam hosil qiladi. Yaylov poyasining iqlimi subnival bo'lib, boshqa poyasalardan tubdan farq qiladi. Yillik o'rtacha yog'in miqdori 600-1000 mm ni tashkil qiladi. Yog'in unchalik ko'p yog'maydi. Lekin issiq kunlar kam bo'lib, faqat iyung'-iyulg' oylaridagina havo isiydi. Qolgan kunlari bahzan yomg'ir, bahzan tumanli bo'lib turadi. SHuning uchun ham bu yerda dehqonchilik qilib bo'lmaydi. Yillik harorat miqdorining yetarli emasligi bu yerlarda madanits ekinlar ekib hosil olish imkonini bermaydi, chunki o'simliklar vegitatsiya davrini bu qisqa vaqt ichida tugata olmaydi. Havoning ablsayut namligi doimo yuqori. Yoz oylarida bu namlik 50% ni tashkil qiladi. Avgust –sentyabrg' oylarida nam juda kam tushadi. Kuzning oxiri, qish va bahorda yog'in ko'p bo'ladi. Qishda qor ko'p yog'adi. Havo sovib, yanvarg' oylarida -300 dan pasayadi. Yillik o'rtacha harorat 6-80 ni tashkil qiladi. Yaylov poyasining yillik o'rtacha harorati yuqori tog' poyasidan 3-40 past, yog'in-sochinning ancha ko'p bo'lishi bilan xarakterlanadi. Subnival iqlimli yaylov poyasi respublikamizda uncha katta maydonni egallamaydi. Bu poya butun territoriyamizning 1,55 % ini tashkil etadi. Bu poyas maydoni kichik bo'lsa ham o'simliklar qoplami, ekologik sharoiti, iqlimi, tuprog'i va boshqa belgilariga ko'ra ikkiga: pastki (subalg'p) va yuqori (alg'p) yaylovlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |