Ravoch (CHukri) (Rheum maximowiczii A. Los) – etli bandini xalqimiz istehmol qiladi. Uning barg bandi va gulidan konditer sanoatida va sabzavot sifatida foydalaniladi. Ravochning ildizi oshlovchi tanid moddasiga boy bo'ladi. Undan bo'yoqchilikda hamda dorilar tayyorlashda keng foydalaniladi.
Gazako't – (Gentiana olivieri Griseb.) – xalq tabobatida bezgak kasali va oshqozon-ichak hamda boshqa har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Gulxayri- (Althaea rhyticar'a Trautv)-
Andiz (Inula grandis Schrenk)ning yo'g'on ildizlaridan karbon suvlari, inulin moddasi va efir moyi ko'p bo'ladi. Undan turli shirinliklar tayyorlashda, asosan texnik spirt olishda ishlatiladi.
Qatron- (Grambe kotschyana Boiss)- Sabzavot o'simligi sifatida ishlatiladi. Vengriya xalqi bu o'simlikni “tatar noni” nomi bilan atab, uni ildizidan tayyorlangan taomni juda xush ko'rib istehmol qiladi. Tog' poyasi
O'zbekiston territoriyasidagi tog'lar unchalik baland bo'lmaganligidan mamlakatimizningboshqa joylaridagi tog'lardan tubdan farq qiladi, chunonchi respublikamizdagi tog'larning juda oz qismi doimiy muzliklar bilan qoplanganbo'lib yoz oylari bu tog'larda suvlar kam bo'ladi; bunday tog'larda o'rmon hosil qiluvchi daraxtlar ham judakamdir. Tog' poyasining tuprog'i jigar rang, qo'ng'ir va kul rang bo'lib, toshloq, shag'al aralash, bahzi joylarida to'q bo'ztuproq ham uchraydi. Jigar rang va kul rang tuproq O'zbekistonning markaziy va janubiy tog'larini ishg'ol qiladi, u kam isho'orli bo'lib, karbonatning ko'p miqdorda mavjudligi bilan xarakterlanadi. Respublikamiz tog'laridagi jigar rang tusli tuproqlar avtomorf tuproq hisoblanib, ko'pincha quruq tog'lar poyasida uchraydi. Tog' poyasida donli va dukkakli ekinlar ekiladi, qisman chorva mollari boqiladi va yem-xashak jamg'ariladi. Tog' poyasi ham odatda ikki poyasaga pastki va yuqori tog' kichik poyasalariga bo'lib o'rganiladi.
Pastki tog'. Pastki tog'ga dengiz sathidan 1200-2000 m gacha balandlikda bo'lgan yerlar kiradi. Bu yuqori adir bilan tutash bo'lib, uzoq vaqt ko'karib turadigan efimerlarning ko'pligi bilan xarakterlanadi. Efemerlar juda kam bo'lib, chala buta, buta va daraxtlar tagida o'sadi. Bu joyning iqlimi yuqori adirdan bir oz farq qiladi. Yillik harorat adirdan 3-40 past, yog'in miqdori bir oz ko'p. Yog'in kuzda, qish va bahorda yog'adi. Qor va muzliklar qishdagina saqlanadi.Havoning absolyut namligi ancha yuqori bo'lib, yoz oyida 40-50 % ni tashkil etadi. Tuprog'i bo'z jigar rang bo'lib, bahzi joylarda toshloqli yoki chimli kul rang tuproqlar ham uchraydi. Tuprog'i gumusga boy bo'lib, o'simliklarning o'sishi uchun qulaydir. Bu poyasda katta xarsang toshlar bilan qoplangan yerlar ham uchraydi. Pastki tog'da bir yillik va ko'p yillik kserofil o'tlardan: bug'doyiq, espartset, shuvoq, toshkakra, bozulbong, chalov kabilar ancha ko'p o'sadi. O'zbekistonning sharqidagi tog'larda qor va muzliklar uzoq vaqt yotadi Nam ancha ko'p bo'ladi. SHu sababli bu yerda efemerlar va ko'p yillik o'simliklar bilan birga chala buta, buta va daraxtlar ancha ko'p o'sadi. Pastki tog'da tarqalgan bir yillik efemerlar, ko'p yillik o'tlar va daraxtlardan bahzilari bilan tanishib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |