Tuproq eroziyasi I. Kirish. II. Asosiy qisim Tuproq eroziyasi haqida tushuncha va uning turlari



Download 5,73 Mb.
bet9/9
Sana28.04.2022
Hajmi5,73 Mb.
#586996
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

О'rmon - meliorativ tadbirlar - himoyaloychi о'rmon daraxtlarini bаrpo etish (shamoldan himoyalaydigan vа jaroldi о'rmon polosalari qiyaliklarda ko 'ndalangiga dalani himoyaloychi daraxt vа butalardan iborat polosalar tashkil etish).
Gidrotexnik tadbirlar - agarda boshqa tadbirlar ijobiy samara bermagan taqdirda qo'llaniladi vа qiyalik bo'ylab kelayotgan suy oqimini ushlab qolish yoki tartibga solishga qaratilgan (qiyaliklarni supalash, jarliklarni tekislash, jarliklar deyorlarini mustahkamlash vа hakozo).
Agrotexnik tadbirlar- tuproqlarni eroziyadan himoyalash imkonini beradigan fitomeliorasiya usullaridan ko'p yillik o'tlar vа bir yillik ekinlardan foydalanish, almashlab ekishlar, eroziyadan saqlaydigan yerni ishlashning maqbul usulini qo'llash, qor to'plash vа qor suvlarining oqimini tartibga solish, о'rmon polosalari vа kulislar tashkil etish kabi maxsus tadbirlaridan, shuningdek tuproq unumdorligini oshirishning agrokimyoyiy vositalaridan foydalanish singarilardan tashkil topgan.
Tuproqlarning eroziyaga qarshi chidamliligini oshirishda organik (go'ng biogumus, lignin va x.k) va mineral o'g'itlar va sideratlar ekishning ahamiyati katta. O'g'itlangan yerlarda o'simliklarning ildiz sistemasi intensiv rivojlanib, tuproqning fizik xossalari yaxshilanadi va eroziyaga chidamligigi oshadi. Tuproqning eroziyalanish darajasi oshgan sayin, uning o'g'itlarga bo'lgan talabi ko'payadi. Natijada qo'llaniladigan o'g'itlaming samarasi yuqori bo'ladi. Shuning uchun o'g-' itlar normasi eroziyalanmagan tuproqlarga nisbatan o'rtacha eroziyalangan yerlarda 20 foizga, kuchli eroziyalangan maydonlarda 50 foizga oshiriladi. Eroziyaga chalingan tuproqlarni unumdorligini oshirish va g'o'zadan yuqori hosil olishda ma'danli va organik o'g'itlarni qo'llash va ularni solish davri, miqdori hamda o'g'itni tuproqni yuvilganlik darajasiga qarab tabaqalashgan usulda qo'llash haqida anchagina yaxshi ilmiy ishlar bajarilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan (Т.N. Protasov, S. Mayliboyev, 1966; S. Mayliboyev, 1966; M.Nasriddinov, 1978; F.Xoshirnov, 1990; K.Mo'minov va boshqalar, 1997; Х.М. Maxsudov, А.А. Odilov, 1998 уа boshqalar).
Yerda nаm yetarli to'planganda o'g'itlar yaxshi samara beradi vа oziq moddalarning suv bilan oqib ketishi kamayadi hamda suv havzalari kam ifloslanadi. Tuproqning sug'orishda rо'у beradigan eroziyadan saqlash maqsadida qo'llaniladigan tadbirlar, asosan shu tuproqlar unumdorligini oshirish yo'li bilan olib borilishi lozim. Nishabli dalalarda organik vа mineral o'g'itlarni tabaqalab keng qo'llash tavsiya qilinadi. Dalalarni g'o'za o'sib turgan davrda sug'orilganda nishab (qiya) lik darajasi hisobga olinishi, egat uzunligi belgilanib, har egatga oqiziladigan suv miqdori aniq ta'minlanishi kerak. Tuproqlarning eroziyalanishini oldini olishda suvga chidamli struktura yaratish ham muhim rо’l o'ynaydi. Shu maqsadda almashlab ekish bilan bir qatorda, sun'iy struktura yaratuvchi kimyoviy vositalar (neft chiqindilari, nerozin, polimerlardan К-4, К-9, biologik preparat xlorella vа x.z.) dan foydalanishga ham e'tibor berilmoqda. Yangi o'zlashtirilayotgan adirli yerlarni sug'orishda irrigasion eroziyani oldini olishning уanа bir usuli - yerlarni yomg'irlatib vа tomchilatib sug'orishdir. Suv yomg'irlatib purkalganda vа tomchilatganda tuproqning yuza qismida oqim vujudga kelmaydi vа eroziya keskin karnayadi. Eroziyaning oldini olish vа unga qarshi kurashda о'rmon -meliorasiya vа gidrotexnika tadbirlarining kompleks usullari yaxshi samara beradi.
Jarliklar hosil bo’lishiga qarshi kurash So'nggi yillarda paxtazorlarda g'o'zalar noto'g'ri sug'orilishi natijasida har xil jarliklar paydo bo'lishi kuzatilmoqda. Jarlik paydo bo'lishi xatarli ekologik ofatdir. Jarlikni sug'orishdan hosil bo'ladigan eroziyaga taqqoslasak, bu holda o'pirilish oqibatida уеr dehqonchilikdan butunlay chiqib ketadi. Jarliklar oqova vа zovur suvlarini noto'g'ri tashlash, tartibsiz oqizib yuborish natijasida sodir bo'ladi. Shunga ko'ra, bunday suvlarning oqishini tartibga solish usuli ishlab chiqilgan. Вu usulning mohiyati shundan iboratki, sug'oriladigan kartalar oxirida, mavjud jarlik vа soy bo'ylab, ulardan 10-15 m oraliqda suv yig'ish to'plash uchun to'siq, pastliklarga suv quvurlari o'rnatiladi. Suv yig'ish uchun o'rnatilgan to'siqlarning asosiy vazifasi ularga уеr yuzasidagi oqova suvlar to'plash vа quvurlar orqali soy, ariqlarga oqizib yuborishdan iborat. Suv to'planadigan to'siqlar plantaj pluglar yoki chuqur kovlash mashinasida yoki bo'lmasa har qanday traktorda 3 yoki 4 korpusli plug bilan hosil qilinadi. Bu puluglarning korpusiga po'lat polosa (150-200 mm li) kavsharlash yo'li bilan uzaytiriladi. Agregat 2 mаrta yurib o'tgandan so'ng tuproqda to'siq hosil bo'ladi. Bunday to'siqlar hosil qilib yig'ilgan suv, mezorelyef pastliklariga o'rnatilgan quvur yoki lotoklardan oqizib yuboriladi. Keyingi yillarda Farg'ona vodiysi, Toshkent vа Samarqand viloyatlari sug'orib dehqonchilik qilinadigan yerlar adirlar hisobiga ko'paymoqda. Bunday yerlarni ilmiy asosda o'zlashtirish, tuproqlarni tez orada madaniylashtirib, yetarli hosil olish imkonini beradi. Lekin adirlarni o'zlashtirishda ularning qiyaligi hisobiga olinishi kerak. Aks holda sug'orish vaqtida oqim tezlashib, tuproq уuvilib, yerlar o'piriladi vа jarlar paydo bo'lishiga vaziyat yaratiladi. Jarlik paydo bo'lgan yerlarda tuproqlar buldozerlar yordamida surilib, tekislanib bunday yerlarga iloji boricha daraxtlar yoki ko'p yillik o'tlar (beda) ekish tavsiya etiladi. Jarliklarning kengayishini to'xtatish uchun, maxsus, tuproqni mustahkamlaydigan o'simliklar ekish, jarlik atrofida daraxtlar o'stirish maqsadga muvofiqdir.
Shamol eroziyasiga qarshi kurash uchun turli chora tadbirlarni amalga oshirish zarur. Hozirgi vaqtda Mirzacho'l, Qarshi cho'llari, Markaziy Farg'onada yangi o'zlashtirilgan уеr bo'linmalari atroflariga, doimiy shamol esadigan yo'nalishlar e'tiborga olinib ihota daraxtzorlar vа ihota ekinzorlar barро qilinmoqda. Tuproqshunos eroziyashunos olimlar, akademiklar K.Mirzajonov (1981, 1996), М.В.Хamrоуеу (1993)larda olib borgan ko'p yillik ilmiy izlanishlari natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, G'arbiy Farg'ona уа Вuхоrо vohasida juda katta maydonlarda madaniylashgan unumdor tuproq shamol eroziyasi tufayli qumli barxanlar tagida qolib ketganligi aniqlangan. Ularning hisobiga ko'ra G'arbiy Farg'ona 30 ming, Вuхоrо vohasida 80 ming gektarga yaqin tuproqlar borligi aniqlangan. Вu tuproqlar tarkibida 2-3% gumus vа 40-50% gacha suvga chidamli donador strukturaga ega. Bunday tuproqlar уеr bag'rida 70-100 sm chuqurlikda qum bilan ko'milgan bo'lib, agаr bu tuproqlaг qatlami plantaj pluglar bilan haydab ag'darilsa, tuproq shamol eroziyasiga chidamli vа unumdor tuproqqa aylanadi. Shamol eroziyasini oldini olishda kimyoviy vositalar ham qo'llaniladi. Ular nerozin, latekislar, "K" vа CCB xildagi moddalardir.
Tuproqni himoyalash tadbirlari dehqonchilikning zonal xususiiyatlari vа eroziya yuzaga kelishining tabiiy sharoitlarini hisobga olgan holda o'tkazilishi lozim. Eroziyaga qarshi kurash tadbirlarining konkret tarkibi eng avvalo hududning namlanish sharoiti, o'suy dayri dayomiyligining xususiyatlari, rel'ef sharoitlari, eroziya turi vа tuproqdan qaysi yo'nalishda foydalanishga bog'liq. O'zbekiston respubIikasida hozirgacha ishlab chiqilgan har xil uslublar Suv, irrigasion vа shamol eroziyasining oldini olishda hamda tuproqlar unumdorligini vа qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston respublikasi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot daylat institutining tuproq unumdorligini oshirish vа saqlash bo'yicha taysiyalariga (Araboy S.A., Bakiroy N.J., Qo'ziyey R.Q., Bairoy A.J., Abduraxmonoy N.YU, 2009) asosan suv eroziyasi salbiy ta'sirini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: - sug' orish texnikasini mukammallashtirish, tuproq yuza qismi qiyaligining katta kichikligiga qarab sug'orish me'yorini belgilash; - sug'orish eroziyasiga qarshi sintetik polimerlar, polikomplekslar (К-4, К9, ТNM-I) vа gumin preparatlarini (gidrolizlangan lignin, ammoniylashtirilgan ko'mir, gummofos, gumin kislotasi) qo'llash zarur. Sintetik polimerlar tuproq yuza qismida sun'iy struktura hosil qiladi. Yaxshi strukturalangan tuproqlaming eroziyaga qarshilik ko'rsata olish qobiliyati yuqori bo'ladi. Har bir sug'orishdan аvvаl jo'yakka 20 kg/ga miqdorida К-9 polimeri solish natijasida eroziyaga uchragan tuproqlarda suyga chidamli makroagregatlar miqdori oshadi, ularning suv-fizikаviу vа agrokimyoyiy xossalari yaxshilanadi, g'o'za vа boshqa ekinlar hosildorligi ortadi. Sug'orish eroziyasiga qarshi biologik vositalardan biogumus, xlorella vа ko'k - yashil suy o'tlarini qo'llash yaxshi natijalar beradi. Bu biologik yositalar tuproqni organik moddalar bilan boyitadi hamda strukturasini yaxshilaydi, mikroorganizmlar turi vа sonini ko'paytiradi, g'o'za vа boshqa ekinlar hosildorligini oshiradi. Bundan tashqari, turli agrotexnik usullarni qo'llash, ya'ni ushbu yo'nalishda O'zbekistonda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rnumkin: oraliq ekinlar ekish, eroziyaga uchragan tuproqlarning suy - fizikayiy xossalarini yaxshilash uchun qator oralariga bentonit solish vа tuproqning yuvilganlik darajasiga qarab organik vа mineral o'g'itlarni tabaqalashtirib qo'llash. Shamol eroziyasining oldini olish vа shamol ta'sirida eroziyalangan tuproqlarni unumdorligini tiklash vа oshirishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: - ihota daraxtzorlarni ekish - shamolning asosiy kuchi shu daraxtlarga urilib, tezlik kamayadi, 3,5,7 qatorli ihota daraxtzorlari, qatorlari sonidan qat'iy nazar tuproqni vа ekinlarni deyarli bir xil masofada shamol eroziyasidan himoya qiladi. Ihota daraxtzorlarining birinchi qatoriga tol, terak, qayrag'och, oxirgi qatoriga tut yoki mevali daraxtlar ekish maqsadga muvofiq bo'ladi. - ihota ekinlari, ihota daraxtzorlar o'sib voyaga yetgunga qadar madaniy ekin nihollarini ekish shamol eroziyasidan saqlaydi. Ihota ekinlar barpo qilish uchun kuzgi bug'doy, javdar, makkajo'xori va tez o'sadigan boshqa ekinlar ekiladi. - qumli va qumloq tuproqli yerlar unumdorligini oshirishda, shamol uchirishini bartaraf etishda kollektor - zovurlarni tozalab, chiqarilgan mexanik tarkibi og'ir bo'lgan loyli - balchiqdan har bir gektar yerga 10 tonnadan solish muhim agromeliorativ tadbir hisoblanadi. - sharnol eroziyasiga qarshi kimyoviy kurash usullari ham qo' llaniladi. Ular оmbor qoldig'i, nerozin, latekslar. «К-4» va «CCB» xildagi moddalardir. Eroziyaga qarshi kurashda CCB, nerozin va К-4 preparatlari yaxshi samara beradi. Jar eroziyasi va Jar oldi yerlarini muhofazalash tadbirlari esa quyidagicha: sug'orilib dehqonchilik qilinadigan mintaqalarda jarlar, asosan, suvlarning noto'g'ri oqishi va oqova suvlarining e'tiborsiz tashlanishi jarlarga sharshara bo'lib tushishi natijasida paydo bo'ladi. Bunda, birinchi masala jarlar kengayishining oldini olish bo'lsa, ikkinchidan paydo bo'lgan jar maydonlarini tekislab, tekislangan yerlarning unumdorligini oshirish va qishloq xo'jalik aylanmasiga kiritish texnologiyalarini qo' llash talab etiladi.


Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish