Tuproqning shamol taʹsirida eroziyaga uchrashishi 2 turga boʹlinadi:
1. Maxalliy yoki har kunli eroziya.
2. Chang-boʹronli eroziya.
Maxalliy eroziya natijasida shamolga roʹʹara erlar sekin-asta emriladi. Maʹlum vaqt oʹtgandan keyin oʹsha joylardagi tuproq kam unumli boʹlib qoladi.
Mahalliy eroziya, oʹz navbatida, 2 qismga boʹlinadi:
1. Mahalliy shamol taʹsirida tuproqning yuqori qatlamini eroziyaga uchrashi.
2. Mahalliy shamol taʹsirida tuproqning pastki qatlamini eroziyaga uchrashi.
Agar shamol kuchli boʹlsa, quyun-uyurma vujudga kelib, nuragan zarrachalarni ancha balandlikka koʹtaradi va bu hodisa mahalliy shamol taʹsirida tuproqning yuqori eroziyasi deyiladi.
Mahalliy shamol taʹsirida tuproqning pastki qatlamini eroziyaga uchrashishi paytida esa, nuragan jinslar faqat 1,5 m balandlikka koʹtariladi, xolos.
Chang-boʹronlar natijasida vujudga keladigan eroziya kuchli shamol taʹsirida sodir boʹladi chang-toʹzon zarrachalarni havoga koʹtarib, havo tarkibini oʹzgartirib, qorongʹilashtirib yuboradi. Bunday eroziya turi har 3-5 yilda yoki 10-20 yilda takrorlanishi mumkin.
Chang-boʹron taʹsirida vujudga kelgan eroziya tufayli 1-2 sutka davomida tuproqning 1-2 sm va hatto 5-25 sm qalinlikdagi ustki unumdor qatlami uchib ketadi. Maʹlumotlarga qaraganda, faqat 1960 yilda Ukraina va Shimoliy Kavkazda chang-boʹronlar taʹsirida 2,5 mln gektar yerdagi ekinlar zarar koʹrgan. Chang-boʹron taʹsiridagi eroziya Shimoliy Amerikada, Osiyoda va Avstraliyada tez-tez sodir boʹladi. Markaziy Osiyo miitaqasida eroziya tufayli qumlar koʹchirilib, barxanlar vujudga keladi, unumdor vodiylarga qum bostirib kirishi hodisalari boʹlib turadi. Shuning uchun qadim davrlarda nihoyatda obod boʹlgan Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryodagi sugʹorilgal erlarning maʹlum bir qismi qumlar ostida qolib ketgan. 2.1Shamol taʹsirida tuproqning eroziyaga uchrashishi oldini olishning samarali yoʹllari. Ular quyidagilardan iborat:
-Shamolga qarshi ihota daraxtzorlari barʹo etish;
-Turli xil oʹsimliklar ekib shamol yoʹliga toʹsiq (kulis) hosil qilish;
-Yerlarni almashlab ekish;
-Yerlarni chuqur va agdarmasdan haydash
-Yerlarga arganik o’gitlar berish
Ihota daraxtlari shamol kuchini pasaytiradi, tuproqda namlikni saqlaydi, yerlarni qum bosishdan saqlaydi. Masalan, Quyi Zarafshon vohasiga Qizilqumning bostirib kirishining toʹxtatish maqsadida uzunligi 120 km, eni 2-3 km boʹlgan Buxoro yashil ixota daraxtzorlari barapo etilgan. Oʹzbekiston sharoitida balandligi 6-8 m boʹlgan ixota daraxtzorlari 60-80 m dan 200-250 m gacha erlarni eroziyadan saqlaydi. Yerlarni ag’darmasdan maydon yuzasidagi angiz qoldiqlarni yuzada qoldirgan xolatda haydalsa tuproqdagi hamol eroziyasiga qarshi vosita bo’lib xizmat qiladi.Bu usulni lalimi yerlarda ekinlar yigishtirib olingach bajariladi. O’simliklardan qolgan qoldiqlarni ildizlari tuproqning mayda zarrachalarini uchir ketishdan saqlaydi va tuproqning unidor qatlami himoya qiladi.
Shamol eroziyasi ham qishloq xo'jaligiga katta ziyon keltiradi.
2.2Shamoltasiridagi eroziyaning oqibatlar Shamol ta'sirida tuproqning 2,5 sm qatlami uchirib olib ketilganda har bir gektar maydondan 450-1000 kg azot, 100-200 kg fosfor, 3,5 t/ga qadar kaliy va 15 tonnagacha gumus yo'qotiladi. Bundan tashqari issiq garmsellar, chang bo'ronlari ekinlar hosiliga salbiy ta'sir etadi. Shamol eroziyasi tufayli yo'qotilgan tuproq qatlamini tiklash uchun juda uzoq уillаг kerak bo'ladi. O'zbekistonda shamol eroziyasi 37,3 mln. gektar, jumladan 2 mln. gektardan ko'p maydon haydalma yerlarda tarqalgan.
Shamol eroziyasi (deflyasiya) ga uchragan maydonlar respublikamiz cho'l mintaqasi va bo'z tuproqlar mintaqasida keng tarqalgan. Sug'oriladigan tuproqlarda shamol eroziyasi asossan Farg'ona vodiysining g'arbiy va markaziy qismi, Вuхоrо vohasi, Mirzacho'lining shimoliy - g'arbiy qismidagi yangi o'zlashtirilgan yerlarida., Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida., Qoraqalpog'iston respublikasi va Хоrazm viloyatining yengil mexanik tarkibli qumli, qumloqli va yengil qumoqli tuproqlarida keng tarqalgandir. Shamol tezligi sekundiga 10-15 metrga yetganda mahalliy yoki doimiy eroziya jarayoni yujudga keladi. U deyarli sezilmasada, tuproq unumdorligini pasaytiradi, uning ustki qismini asta - sekin yemirib uchirib ketadi. Deflyasion jarayonlarda shamolning tezligi vа tuproq zarrachalarining katta - kichikligi asosiy o'rin tutadi.
Ayrim yaqtlarda kuchli shamollar sug'oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga qumlarni uchirib kelib, qumli tepaliklar paydo qiladi, qishloq xo'jaligi vа aholi uchun noqulayliklar yaratadi. Bulardan tashqari shamol eroziyasi bahor-yoz oylarida g'o'za vа boshqa qishloq xo'jalik ekinlarini barg, shoxlarini, ayrim yillarda ildizi bilan uchirib ketadi, buning oqibatida ekinlar bir necha marta qayta ekiladi hosildorlik keskin kamayadi vа mahsulot sifati yomonlashadi. Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlami unumdorligini tiklash uchun bir necha 10 yillar kerak bo'ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |