II Asosiy qism
Tuproq eroziyasi haqida tushuncha va uning turlari.
Tuproq unumdorligiga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri yeroziya jarayonlardir. Yeroziya (lotincha yerosio - yemirilish, o’yilish) - tuproq qotlamining yemirilish jarayoni. Tuproq yeroziyasi tuproq massasining olib ketilishi, ko’chirilishi va qayta yotqizilishini o’z ichiga oladi.
Tuproq yeroziyasi tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yemirilish, yuvilish va uchirib ketish jarayonlarga qarab Suv va shamol yeroziyasiga bo’linadi. 1.Suv eroziyasi deb tuproq qoplamining atmosfera yog’inlari va sug’orish (irrigasion) suvlari bilan yemirilish jarayoniga aytiladi. Suv yeroziyasi ham ikkiga bo’linadi yoppasiga yuvilish yoki yuza yeroziya va uzunasiga ro’u beradigan yoki jarlik yeroziyasiga bo’linadi. Shuningdek, oqar suvlarning ta’siriga qarab suv yeroziyasi yuza oqar suvlar (qor va yomg’ir suvlari) ta’sirida ro’u beradigan yeroziya va sug’orish suvlari natijasida yuzaga keladigan irrigasion yeroziyaga ajratiladi. Suv yeroziyasi jarayonlari past tog’lar, tog’ osti va tog’ oldi mintaqasidagi to’q tusli va tipik bo’z tuproqlarda ko’proq kuzatiladi.
1.1) Yoppasiga yuvilish (yuza yeroziya) ko’proq tarqalgan bo’lib, tuproqning yuqori gorizontlari yonbag’irlar bo’ylab oqadigan suvlar ta’sirida yuvilib yuzaga keladi. Oqar suvlar ta’sirida tuproq qalinligi kamayadi, tuproqning unumdor qismidagi turli o’lchamdagi zarrachalar bilan birga oziq moddalar ham yuvilib nishabligi kam va tekis maydonlarga olib borib yotqiziladi. Yuvilgan joylarda yekinlar hosili keskin kamayadi, yuvilib keltiradigan yotqiziqli yerlarda yesa o’simlik g’ovlab o’sadi va hosil pishib yetilmaydi hamda hosil nisbatan ozroq bo’ladi.
1.2)Uzunasiga yuviladigan yoki jarlanish yeroziyasi yonbag’irlardan kelayotgan kuchli suv oqimlari ta’sirida tuproqning chuqurlatib, o’yilib yuvilishi hisoblanadi (1-rasm). Vu jarayon bir necha bosqichda kechadi: dastlab uncha katta bo’lmagan (20-25 sm) chuqurchalar hosil bo’ladi va u kengayib, 0,3-0,5 dan 1-1,5 m ga qadar bo’lgan chuqurlar yuzaga keladi. keyinchalik bu jarayon rivojlanib jarliklarga aylanadi. Uzunasiga ro’u beradigan yeroziya tuproqlarni to’liq ravishda yemirib yuboradi. Jarliklar bo’lgan maydonlar qishloq xo’jaligi uchun mutlaqo yaroqsiz holga o’tadi. Yemirilish holati asosan relefi notekis-past baland, yeroziyaga asos (bazis) katta bo’lgan yerlarda boshlanadi. Yeroziya bazisi deganda, ma’lum bir joyning dengiz sathidan balandligi bilan (metr hisobida) suv kelib quyiladigan yerning dengiz sathidan balandligi o’rtasidagi farq tushuniladi. O’zbekiston hududi bo’yicha tuzilgan xaritada mahalliy eroziya bazisi 100 m gacha bo’lgan maydonlar 83 foizni tashkil yetadi. (X.M.Maxsudov, 1983).
Rivojlanish tezligiga qarab geolagik (normal) va tezlashgan yeroziya turlari ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |