Тупроқ унумдорлигига салбий таъсир этувчи жараёнларга қарши курашишнинг геоэкологик асослари


Namangan viloyati tumanlarida sho’rlangan yerlarning



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/62
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#406423
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
Bog'liq
Dissertatsiya 3.

Namangan viloyati tumanlarida sho’rlangan yerlarning 

umumiy maydoni, ming ga, 2013 y.* 

 

Tumanlarning nomi 

Sho’rlan- 

gan yerlar 

 

Sho’rlanish darajasi 

Ku

ch

siz

 

O’r

tac

h

a

 

Ku

ch

li

 

Mingbuloq 

27366 

18678 


7928 

760 


Kosonsoy 

1574 


501 

513 


560 

Namangan 

34 

34 


Norin 



648 

495 


91 

62 


Pop 

10320 


5253 

3950 


1117 

To’raqo’rg’on 

338 

98 


240 

Uychi 



311 

296 


15 

Uchqo’rg’on 





Chortoq 


904 

505 


340 

59 


Chust 

2456 


1369 

1024 


63 

Yangiqo’rg’on 

1700 

1120 


400 

180 


Namangan shahri 

40 


25 

15 




Viloyat bo’yicha  

45691 

28374 

14516 

2801 

 

*jadval Namangan viloyati yer resurslari boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan



 

Viloyatda  yangi  o’zlashtirilgan  adir  zonasining  sug’orilishi  natijasida 



Qoradaryo,  Norindaryo  va  Sirdaryoning  quyi  terrasalarida  joylashgan  yerlarning 

yuqori  qismidagi  yer  osti  suvlarini  sizib  kelishi  hisobiga  gurunt  suvlari  sathining 

hududiy  ko’tarilishi  kuzatilmoqda.  Bu  holat  qadimdan  sug’orib  kelinayotgan 

maydonlarda ham  mavjud. Masalan, yer osti suvlari sathi Mingbuloqda 1,5-2,5m, 

Namangan  tumanida  –  1,5-2,0m,  Kosonsoyda  –  1,5-2,2m,  Norinda  –  1,4-2,3m, 

Popda  –  1,4-1,5m,  To’raqo’rg’onda  –  1,3-1,7m,  Uychida  –  1,7-1,9m, 

Uchqo’rg’onda – 1,7-2,5 m, Chustda – 1,9-2,15m, Chortoqda 3,9-4,2m. oralig’ida 

o’zgarib turibdi.  

 

 

 

 

 



 

85 


III.3.Tuproqlarni kimyoviy o’g’itlar va pestitsidlardan himoya qilish

 

             



       

O’tgan  asrning  o’rtalarida  HaCO

3

  selitrasining  birinchi  partiyasi  Yevropaga 



olib  kelindi.  Ammo  xech  kim  yukni  tushirishga  shoshilmadi.  Uni  sinab  ta’siri 

amalda  sinalgandan  keyingina,  selitra  uchun  kurash  boshlandi.  1900-  yilga  kelib 

Chili  selitrasiga talab  azotga nisbatan 300000  tonna  ko’p  bo’ldi.  Selitra  olishning 

arzon  yo’llari  qidira  boshlandi.  Chunki  jahon  tajribasida  mineral  o’g’itlarni 

qo’llash  yerga  ishlov  berishning  yaxshilanishining  asosiy  omil  qishloq  xo’jaligi 

yeridan samarali foydalanishning sharti va o’sishini va hosilni saklanishiga kafolat 

beruvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi. Amerika tadqiqotchilarining fikriga ko’ra, 

kimyoviy vositalarni ishlatish xisobiga Yevropada o’simliklardan olinadigan xosil 

oxirgi  30  yil  ichida  deyarli  5  foizdan  oshdi.  Dunyo  bo’yicha  ishlatilgan  1 

kilogramm  o’g’it  7,3  kilogramm  bug’doy  berishi  kerak,  bizda  esa  3,5-4 

kilogrammga  to’g’ri  keladi,  ya’ni  ishlatiladigan  o’g’itlar  beradiga  foydasini 

o’rniga,  ko’plab  ekologik  muammoni  keltirib  chiqarmoqda.  Yiliga  taxmini 

hisoblarga  ko’ra,  zavoddan  dalaga  yetib  borgunga  qadar  4  mln  tonna  mineral 

o’g’it, 10-12 ming tonna pestitsid (MDH bo’yicha) yo’lda qoladi. Bundan kelgan 

zarar  400  mln  so’mni  tashkil  etadi.  1987-  yilda  Samarqand  kimyo  zavodida 

birinchi  yangi  shaklda  polifosfat  chiqara  boshlandi.  Donacha  tarkibida  azot  va 

fosfor  bo’lib,  ularning  miqdori  avvalgi  amofosga  nisbatan  yuqori  bo’lib,  o’simlik 

tomonidan  yaxshi  o’zlashadi  hamda  uzoq  muddat  ta’sir  ko’rsatadi.  O’g’itlarni 

ishlatishning  kengayishi  qo’shimcha  yangi  ekologik  muammolarni  keltirib 

chiqarmoqda.  Masalan,  eng  xavflisi  azotli  o’g’itlar  bo’lib  HO

3

  azotning 



harakatchanligi  tufayli  suv  havzalari  va  yer  osti  suvlari  ifloslanmoqda.  Ya’ni  suv 

havzasiga  tushayotgan  azotning  yarmi  qishloq  xo’jaligiga  to’g’ri  keladi.  Suvda 

azot singan oziq moddalarning ko’payib ketishi, suv o’tlarini haddan tashqari o’sib 

ketishiga  va  uning  umri  tugagandan  so’ng  esa  anaerob  bakterial  parchalanishga 

uchrashi  sababli  baliq  va  suvdagi  jonzotlarni  kislorod  defitsiti  tufayli  qirilishiga 

olib  keldi.  Hozirgi  kunda  respublikamizda  bunday  hodisalar  (suv  xavzalarining 

yevtrofikatsiyalanishi  kuzatilmoqda.  Nitritlar  me’yordan  ko’p  miqdorda  faqat  suv 



 

86 


emas,  o’simliklarda  ham  ko’p  yig’ilmoqda.  Nitritlarning  inson  va  hayvonotga 

ta’siri  unchalik  bo’lmasada,  ammo  ulardan  xosil  bo’lgan  mahsulot  kuchli  zaharli 

modda  xisoblanadi.  Bunday  mahsulotni  inson  tomonidan  iste’mol  qilinishi 

natijasida,  ayniqsa  bolalar  o’rtasida  kasalliklar  kelib  chiqmoqda.  Undan  tashqari 

nitratlardan  nitrozaminlar  xosil  bo’lish  mumkin.  Ular  kanserogen  moddalar 

hisoblanadi.  Endi  fosforli  o’g’itlar  haqida  to’xtalsak.  Ular  ancha  xavfsiz.  Kam 

harakatchan  tuproqqa  qattiq  o’rnashadi.  Ammo  shunga  qaramay  suv  havzalari 

tuproq  eroziyasi  hisobiga  fosfatlar  bilan  ifloslanadi.  Ammo  suv  havzalarini 

ifloslovchi eng asosiy manbalar bu sanoat va maishiy chiqindi suvlaridir (ayniqsa, 

fosfatni  yuvuvchi  vosita).  Fosforli  o’g’itlarni  ishlatishni  o’ziga  xos  xususiyati 

shundaki,  ularni  ko’p  ishlatish  natijasida  tuproqda  stronsiy,  ftor,  tabiiy  radioaktiv 

uran,  radiy  va  toriy  kabi  elementlar  yig’ilishi  mumkin.  Uchinchi  ozuqa  elementi 

kaliy bo’lib, u atrof-muxitga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi, ammo u bilan doim birga 

bo’ladigan xlor yer osti, suvlarini ifloslashi mumkin. Hozirgi kunda atrof-muxitni 

o’g’itlar bilan ifloslanishi ustidan doimiy  nazorat olib boriladi. Bunday nazoratni 

agoroximlaboratoriyalar amalga oshiradi. Ayniqsa, oziq-ovqat-sabzavot tarkibidagi 

HO

3

  miqdorini  aniqlash  katta  ahamiyatga  ega.  Butun  jahon  Sog’liqni  Saqlash 



Tashkiloti(VOZ)ning  bergan  ma’lumotiga  ko’ra  inson  uchun  bir  kunlik  iste’mol 

qilish mumkin bo’lgan nitrit 325 mg.

 

Pestitsidlar  va  atrof  muhit.  Eng  buyuk  yutuqlardan  biri  o’simliklarni 



kimyoviy  ximoya  qilish(xilma-xil  zararkunanda,  kasalliklarga  qarshi)  vositalarni 

kashf etilishi bo’ldi. Pestitsidlar ishlatilishiga ko’ra turli sinflarga bo’linadi: 

1.

 

Insektitsid (zararli hashorotlarga qarshi). 



2.

 

Gerbitsid (yovvoyi o’tlarga qarshi). 



3.

 

Fungitsid (zamburug’larga qarshi). 



4.

 

Zootsid (kemiruvchilarga qarshi). 



5.

 

Bakteritsid (xilma-xil zararli bakteriyalarga qarshi). 



Rossiya  FAning  muxbir  a’zosi  A.Yablokovning  ma’lumotlariga  ko’ra, 

1986-  yil  MDHda  kimyoviy  ximoya  vositalarining  miqdori  xar  bir  kishiga  1,4 

kilogrammdan  to’g’ri  kelgan.  1989-  yilda  gektariga  3  kilogramm  ishlatilgan. 



 

87 


Boltiqbo’yida  bu  ko’rsatkich-200  kilogramm,  Ashgabadda  64-200  kilogrammni 

tashkil  etadi.  Akademik  A.Fokinning  fikriga  ko’ra,  butun  MDHda  pestitsidlar 

ishlatilishi  bo’yicha  juda  ko’p  xatolarga  yo’l  qo’yilgan.  Ayniqsa,  xlororganik 

birikmalar  xaddan  ziyod  ko’p  ishlatilgan.  Masalan,  DDT  bir  vaqtda  eng  ko’p 

ishlatilgan  va  uni  yaratuvchi  P.Myuller  Nobel  mukofotining  sovrindori  bo’lgan. 

Avval  go’yo  Malyariya,  sariq,  bezgak,  tif  kasalliklaridan qutulishga  imkon  berdi. 

Ammo  keyingi  tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki,  DDTdan  foydalanish  juda  xavfli 

ekan.  Shuning  uchun  undan  foydalanish  1971-yildan  boshlab  to’xtatildi.  Ma’lum 

bo’lishicha,  pestitsidlar  odam  va  xayvon  to’qimasida  yig’ilishga  ega.  Surunkali 

organizmga  kirib  turishi  natijasida  asab  va  yurak-tomir  sistemasiga  ta’sir 

ko’rsatadi. DDT(dixlor difenil trixlor etan) va shu tipdagi moddalar onaning suti 

orqali  bolaga  o’tadi.  Bu  xilma-xil  tug’ma  patologiya  va  embrionning  o’lishiga 

sabab  bo’ladi.  DDT  hatto  antarktidadagi  pingvinning  ham  jigaridan  topilgan. 

Butun  jaxon  sog’liqni  saqlash  tashkilotining  ma’lumotiga  ko’ra,  dunyo  bo’yicha 

yiliga 500 ming aholi zaharlanadi. Ularning 10%i o’lim bilan tugaydi.

 So’nggi 10-

15  yilda  pestitsidlar  va  mineral  o’g’itlardan  foydalanish  miqdori  3-4  baravarga 

oshdi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida kimyoviy moddalarni ishlatish miqdori 

ancha  kamaytirilganiga  qaramay  yerlarning  zaharli  qoldiq  moddalar  bilan 

zararlanish muammosi keskinligicha qolmoqda. 1996-2006 yillarda sug’oriladigan 

yerlarning  DDT  bilan  zararlanishining  o’rtacha  miqdori  pasayib  borayotgani 

kuzatilmoqda.  Tanlab olingan namunalarda REKdan oshish miqdori 39,2 foizdan 

21,1  foizga  pasaydi,  o’rtacha  zararlanish  darajasi  0,85  REKni  tashkil  etdi. 

Yerlarning  DDT  bilan  nisbatan  ko’proq  zararlanishi  Andijon  va  Farg’ona 

viloyatlarida  hali-hamon  saqlanib  qolmoqda  va  bu  ko’rsatkich  2,4-6,1  REKni 

tashkil  etadi.  Barcha  viloyatlarda  yerlarning  GXSG,  teflon,  tiodan,  fosfamid  va 

fizolon  qoldiq  miqdori  bilan  zararlanishi REK  miqdoridan oshgani  yo’q.  Avvalgi 

qishloq  xo’jaligi  aerodromlari  pestitsidlarni  tarqatadigan  ob’ektlar  bo’lib  (461), 

atrof tabiiy muhitni zararlantiradigan manba hisoblanadi. Respublikada bu borada 

ko’rilayotgan  choralarga  qaramay  hamon  eskirgan,  foydalanilmayotgan,  qo’llash 




 

88 


taqiqlangan,  yo’q  qilinishi  yoki  foydali  miqdorda  ishlatish  talab  etiladigan  1500 

tonnaga yaqin pestitsid bor.

 

Viloyat  Tabiatni  muhofaza  qilish  qo’mitasi  bilan  hamkorlikda  olib  borgan 



tadqiqotlarimiz  (Nazarov  1998,  2000,  2001)  natijasi  shuni  ko’rsatadiki,  ilgari 

qishloq xo’jalik aerodromi bo’lgan 170,8 ga maydonning 24,7 ga 4-daraja bo’yicha 

kuchli,  9,1  ga  5-daraja  bo’yicha  o’ta  kuchli  ifloslangan.  Laboratoriya 

tekshiruvlarida Chust tumani hududidagi avval qishloq xo’jaligi aerodromi bo’lgan 

maydonga  ekilgan  bug’doyning  yashil  qismida  inson  hayoti  uchun  havfli  bo’lgan 

DDT ning miqdori REMdan 7 marta, GXSG 6,5  marta, Pop tumani “Pop” jamoa 

xo’jaligi hududidagi qishloq  xo’jaligi aerodromida o’sib  turgan 2  yillik  bedaning 

yashil  qismida  DDT  ning  miqdori  REMdan  10,5  marta,  GXSG  5,5  marta  ko’p 

ekanligi  aniqlandi.  Bulardan  ko’rinib  turibdiki,  turli  kimyoviy  moddalar  bilan 

zaharlangan  yerlarda  yetishtirilgan  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  tarkibida  ko’p 

miqdorda zaharli qotillar mavjud. 

Viloyatda  “Namangan  viloyati  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiiy 

manbaalardan 

oqilona 


foydalanishning 

2005-yilgacha 

bo’lgan 

davrga 


mo’ljallangan  dasturi”  qabul  qilingan  bo’lib,  unda  tuproq  unumdorligini  hisobga 

olgan  holda  mineral  o’g’it  aralashmalarini  tuproqqa  berishni  tashkil  etish, 

sabzavot,  poliz  ekinlariga  azotli  o’g’itlarni  umuman  bermaslik,  paykalga  suyuq 

azotni  berishni  ta’qiqlash,  74  ming  ga  sug’oriladigan  yerlarni  har  tomonlama 

ta’mirlash, 10,4 ming ga maydonda kollektor-zovur shaxobchalarini qurish, qayta 

sozlash  va  kapital  tekislash,  sug’orishning  ilg’or  usullarini  joriy  etish,  tuproq 

sho’rlanishi  va  yerlarning  suv  bosishini  oldini  olishning  kompleks  choralarini 

ko’rish,  g’o’zani  qishloq  xo’jalik  zararkunandalari  va  kasalliklaridan  himoya 

qilishda  biologik  usullarni  qo’llashni  yanada  takomillashtirish,  bog’,  shuningdek, 

sabzavot, poliz va boshqa ekinlarni zararkunandalardan biologik usul bilan himoya 

qilish  masalalari    o’z  ifodasini  topgan.  Shuningdek,  dasturda  qishloq  xo’jaligida 

turli zaharli dorilar va mineral o’g’itlardan foydalanishni qisqartirishni ta’minlash, 

hamda biologik preparat va mahalliy o’g’itlarni ishlatilishni kuchaytirish ko’rsatib 

o’tilgan.  




 

89 


1995-1996-yillarda  viloyat  qishloq  xo’jalik  yerlarida  biogumusdan 

foydalanish  keng  yo’lga  qo’yildi.  1999-yil  22-aprel  kuni  To’raqo’rg’onda  ishga 

tushirilgan  O’rta  Osiyoda  yagona  yer  malhami  (biogumus)  zavodi  chiqarayotgan 

biologik birikmasi ham yer boyliklarimizdan foydalanish va ularni muhofaza qilish 

ishlariga hamda viloyat ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy tadbirdir. 

Yer  malhamining  tarkibi  tirik  organizmlardan  iborat  bo’lib,  100  ga  yerga  10  g 

me’yor belgilangan holda, bir yilda 40-50 t ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu yer 

malhami  asosan  suvga  qo’shib  berilib,  atmosfera  tarkibidagi  azot  birikmalarini 

tortib olib, tuproqni azot bilan boyitadi va barcha turdagi qishloq xo’jaligi ekinlari 

hosildorligini 4-5 baravar ko’paytiradi. Bu malham kelajakda vodiy, respublika va 

qo’shni davlatlarga ham tavsiya qilinadi. 


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish