90
XULOSA
Namangan viloyatida tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir etuvchi jarayonlarni
ilmiy va amaliy jihatdan o’rganish va tahlil qilish natijasida quyidagi ilmiy
xulosalar qilish imkonini beradi.
1.Mamlakatimizda sug’orilib dexqonchilik qilinayotgan (3,9-mln.gektar,
2013-yil) yerlarni tabiiy geografik va ekologik sharoitlari turlicha bo’lganligidan
ularni sifat ko’rsatkichlari ham turlichadir. Agar har yili dunyo bo’yicha 6-7 mln.
gektar yer qishloq xo’jaligi zaxirasidan chiqib borayotgan bo’lsa, bu ko’rsatkich
Respublikada 2-2,5 ming gektar yerda to’g’ri kelmoqda. Bu tobora
mamlakatimizda butun yer shari iqlimini o’zgarishi qonuniyatiga bog’liq holda
cho’llashish, eroziya, sho’rlanish, yer osti suvlari sathini ko’tarilib borish
jarayonlarini hisobiga to’g’ri kelmoqda.
2.Respublika xududida rel’efi va geomorfologik tuzilishiga ko’ra tabiiy
geografik jixatdan farqlanadigan tekislik, tog’ oldi va tog’ zonalarga ajratilgan. Har
bir zonadagi xududdan foydalanishda tabiiy va ekologik sharoitlarini hisobga olib
agronomik, agrotexnik, meliorativ, gidrotexnik va geoekologik tadbirlarni
qo’llashni taqozo etadi.
3.Tuproqlardan
oqilona
foydalanishda
xudud
tuproqlarini
sistematikalashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu degani xududdagi tuproqlarni
turli-tumanligi, ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorligi, unumdorligini aniqlash
demakdir. Buning uchun tuproqlarni tarixiy taqqoslash, geografik taqqoslash,
geoekologik taqqoslash va tuproqlarning evolyutsion rivojlanish bosqichlarini
ilmiy asosda o’rganish orqali amalga oshiriladi.
4.Tuproq sistematikasida tuproq nomenklaturasi, tuproq diagnostikasi
qonuniyatlarini o’rganishdan boshlanadi. Tuproq nomenklaturasi faqat tuproq
rangini asos qilibgina qolmay, balki tuproq xossalari, morfologiyasi va
kassifikatsiyasiyalari kabi tushunchalarni ham asos qilib olingan. Tuproq
diagnostikasi deganda tuproqni tasvirlash jarayoni tushuniladi. Bunda profil
(kesma) usuli, kompleks usul, geografik taqqoslash, ekologik va genetik taqqoslash
tamoyillaridan foydalaniladi.
91
5.Yer resurslari uning yuqori qatlamidan iborat bo’lib, maxsuldor qismi
hisoblanib, uning o’rtacha qalinligi 0.5 metrdan 2 metrgacha yetadi. Ana shu
qatlamning hosil bo’lishi va ulardan foydalanishda inson faoliyati natijasida
amalga oshiriladi. Antropogen omil ta’siridan tuproq tipi, rangi, xossalari,
morfologiyasi va genetik tiplari o’zgaradi.
6.Namangan viloyati Farg’ona vodiysida o’ziga xos bo’lgan tabiiy geografik
va ekologik sharoitga ega. Chotqol va Qurama tog’ tizmalarini janubiy yon
bag’irlarida joylashgan viloyat hududi geologik tuzilishi, rel’efi va
geomorfologiyasi, tog’ jinslari va geologik yotqiziqlari, iqlimi, ichki suvlari va
biokomponentlari kabilari bilan vodiyni boshqa viloyatlaridan farqlanadi. Bu esa
viloyatda tabiatdan foydalanish imkoniyatlari bir muncha qulayliklarini keltirib
chiqaradi. Viloyatda vegetatsiya davri 230-240 kun, ijobiy xarorat yig’indisi 4600-
5000
0
S, havo harorati 14,5-16
0,
,yog’in miqdori 150-180 mm.
7.Qadimdan sug’orma dehqonchilik rivojlangan viloyatda 16 ta daryo va
soylar mavjud bo’lib ular viloyat qishloq xo’jaligida katta iqtisodiy ahamiyatga
ega. Norin daryosi uzunligi 807 km,
xavzasini maydoni 59,9 mln,km.kv.,
Chodaksoy uzunligi 27 km, xavzasi 350 kv.km., Choylisoy uzunligi 18 km,
xavzasi 260 kv.km G’ovasoy 65
km uzunlikda, xavzasi 344 kv.km, Rezaksoy
uzunligi 32 km, xavzasi 92,5 kv.km. Kosonsoy uzunligi 154
km, xavzasi 1650
kv.km. Namangansoy uzunligi 48
km, Podshootasoy uzunlig 80
km, xavzasi 380
kv.km, Chortoqsoy uzunligi 67
km, havzasi 715 kv.km.ni tashkil etadi.
8.Namangan viloyatida sug’oriladigan tuproqlar unumdorligiga salbiy ta’sir
etuvchi jarayonlar keyingi yillarda tobora kuchayib borayotganligi aniqlandi. Bu
jarayonlarning oldini olish uchun hozirgi zamon fan yutuqlaridan (eroziyaga qarshi
K-9 polimeridan foydalanish sho’rlanishga qarshi 2-3 yil sholichilik tarmog’ini
rivojlantirish, sel va toshqinlarga qarshi tuproqni himoya qiluvchi ko’p yillik
mevali daraxtzorlar barpo etish va eski selxonalar o’zanlarini ta’mirlash himoya
zonalarni joriy qilish) foydalanish va ekologik monitoringni kuchaytirish zarur.