— yo’l-yo’l ariqchalarga bo’linadi. Tekislik eroziyasi, yoki sirt eroziyasi, yassi
qiyaliklar bo’ylab yomg’ir va qor suvlarining oqimi natijasida tuproqning bir
tekis yuvilishi bilan rivojlanadi. Sirt eroziyasi sezilarsiz, bir maromda kechib,
barcha eroziya turlaridan eng xavflisidir, chunki uning natijasida katta maydon
egallagan tuproqlarining eng xosildor qavatlari yemiriladi. Eroziyaning bu turi
yerlarni nisbiy balandliklardan farqi bo’lgan barcha tuproqlarda uchraydi, Sirt
eroziyasi s e k i n asta chirindi - akkumliyativ gorizontni yuvadi. Yuvilgan
zarrachalar pastliklarda to’q rang polosalar, yuvilgan tuproqlarning to’plamlarni
hosil qiladi. Sirt eroziyasiga tuproq agregatlarining buzuvchi va tuproq
zarrachalarini ajratuvchi yomg’ir tomchilari sabab bo’ladi. Tuproq
zarrachalari yomg’ir tomchilari ta’sirida 50-60 sm gacha sakraydi. Bu tomchi
eroziyasidir. Keyingi sirt eroziyasining rivojlanish stadiyasi oqma yoki ariqsimon
eroziya. Oqma eroziya- suv qiyalik bo’ylab chuqurligi 5, 10, 20 ba’zan 50 sm
gacha bo’lgan ariqchalar hosil qilish natijasida paydo bo’ladi. Oqma yuvindilar
traktor agregatlari yordamida yoyiladi. Ariqsimon eroziya — chiziqli yoki jarlik
eroziyasining boshidir. Jarlik eroziyasi sirt bo’ylab oquvchi suvni to’planishiga
imkon beruvchi rel’efga ega bo’lgan joylarda kuzatiladi. Yuvilayotgan sirtning
Yer osti suvlari jarliklari hosil bo’lishiga yordam beradi. Eroziyaga qarshi
78
tadbirlarni loyixalash uchun dastavval rel’ef hosil qiluvchi jarayonlarning
namoyon bo’lish intensivligini hisobga olish darkor. Shu sababli zamonaviy
eroziyaning intensivligini belgilovchi asosiy sabablarni aniqlash va hisobga olish
kerak. Suv eroziyasini namoyon bo’lish intensivligini belgilovchi asosiy omillarga
quyidagilar kiradi.
1.
Iqlim omili — qor qatlami bilan yomg’irlar yog’ishi tabiati va ritmiga,
maydondagi harorat tartibotiga.
2.
Rel’ef shakli — qiyaliklar darajasi va shakllar suv oqimini kattaligi va shakli,
eroziya bazasining darajasi.
3.
Tuproq hosil qiluvchi jinslarning tabiati, tuproq tiplari va strukturaviy holati.
4.
O’simliklar bilan qoplanish darajasi uning tabiati.
5.
Insonning ho’jalik faoliyati.
Tabiiyki jarayonlar vaqt ichida boradi, bu erozion ifodalanganligini va
shakllanganligini belgilaydi lekin eroziya bilan kurashish tadbirlarini ishlab
chiqishda asosiysi - bu tuproq yemirilishining zamonaviy jarayonlarini hisobga
olishdir. Suv eroziyasining rivojlanishida iqlimni ahamiyati katta bo’lib, turli
iqlimdagi zonalarda maksimal eroziyaning namoyon bo’lish davrlari va muddatlari
turlicha. Agar qor qavati muzlamagan tuproqga tushsa, bahorda qorning asta-sekin
erishi natijasida yuvilish kam bo’ladi yoki bo’lmaydi. Agarda tuproq qishda
muzlab bahorda kuchli erisa, yemirilish sodir bo’lib eroziya boshlanadi. Erish
paytida tuproq sirtida suv bilan o’ta to’yingan yupqa qatlam hosil bo’ladi. Bahorgi
qor suvlarini betartib taqsimlanishi, ularning ba’zi joylarda to’planishi faol eroziya,
nafaqat sirt balki ariqsimon va chiziqli eroziyaga ham olib keladi.
Harorat tartibi qor erish maromini belgilab beradi. Qor suvlarini ushlab qolish
sirt oqimni yer osti oqimiga o’tkazish eroziyaga qarshi kurashning asosiy shartidir.
Yog’ingarchilikning erozion imkoniyati ularning miqdori va intensivligiga
bog’liqdir. Yomg’irlar asosan bahorda, tuproq nam bo’lib, o’simliklar bilan
himoyalanmaganda, hamda kuzda xavfli bo’ladi. Qor erishida qor suvlarining
miqdori ko’proq ekanligiga qaramasdan bahor - kuzgi yomg’irlar tufayli
tuproqning yemirilishi kuchliroq mayda tomchili yomg’irga ko’ra jala yomg’irlar
79
tezkor eroziyaga olib keladi. Kuz va qishda eroziya to’xtaydi, lekin qor
qalinlashishining taqsimlanishi davrida potensial erozion kuchlar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: