Тупроқ унумдорлигига салбий таъсир этувчи жараёнларга қарши курашишнинг геоэкологик асослари


Tuproqlarni  shamol  eroziyasidan  himoyalash



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/62
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#406423
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
Bog'liq
Dissertatsiya 3.

      Tuproqlarni  shamol  eroziyasidan  himoyalash.

 

 

Shamol  eroziyasini 

vujudga keltiruvchi omillar taxlili tuproqni himoyalash uchun quyidagi tadbirlarni 

amalga  oshirish  kerakligini  ko’rsatadi:  1)  mahsus  shamol  to’suvchi  to’siqlar 

yordamida  eroziyalanayotgan  maydon  ustidagi  harakatlanuvchi  shamol  tezligini 

kamaytirish  uchun  o’rmonzorlar,  yo’l  bo’yidagi  daraxt  buta  va  baland  o’suvchi 

mevali daraxtlardan bog’lar barpo qilish; 2) tuproq sirtida shamolbardosh tuproqni 

yemirilishidan  asraydigan  himoyalovchi  qatlam  o’stirish.  Buning  uchun  shamol 

eroziyasi  davriga  qadar  yaxshi  o’sadigan  va  rivojlanadigan  qishloq  xo’jalik 

ekinlarini  yetishtirish,  o’simlik  qoldiqlarini  tuproqning  ustki  qismida  qoldirish, 

deflyatsiyaga  moyil  joylarga  go’ng  sochish;  3)  mahsus  kimyoviy  materiallar, 

tuproq  ishlovi  uchun  sarflanadigan  vaqtni  qisqartirish  yo’li  bilan  tuproq  sirtining 

mustahkamligini  oshirish.  Bu  tadbirlarni  birgalikda  o’tkazish  maqsadga 

muvofiqdir.  Eroziyaga  qarshi  tadbirlar  majmui  tashkiliy-ho’jalik,  agrotexnik  va 



 

74 


o’rmon-meliorativ  tadbirlarni  qamrab  oladi.  Tashkiliy  xo’jalik  choralari  avvalo 

yerlarning  samarali  taqsimotini  nazarda  tutadi.  Xo’jalik  yerlari  sinchkovlik  bilan 

ko’rib  chiqilganda  uchuvchi  tuproqlar  maydonni  shamol  zarbalari  ostidagi 

qiyaliklar,  deflyatsiyaning  muntazam  jarayonlari  kuchli  rivojlangan  balandliklar 

ajratiladi.  Bunday  hududlarga  ko’p  yillik  o’simliklar  va  o’rmon  bilan  mevazorlar 

barpo  etish  maqsadga  muvofiq  tuproqdan  eng  samarali  foydalanish  va  shamol 

eroziyasining  oldini  olishga  tuproqni  himoyalovchi

 

almashlab  ekishlar  yordam 

beradi.  Dexqonchilikda  mehanik  tarkibi  yengil  bo’lgan  tuproqlarni  himoyalashda 

almashlab  ekish,  o’rmonlar  yaratish  lozim.  Shamol  eroziyasining  oldini  oluvchi 

agrotexnik  chora-tadbirlarga  tuproqda  namlik  to’planishi  shudgorlanuvchi 

qatlamning  donadorligi,  shamol    tezligini  susaytirish,  sariflangan  ozuqa  unsurini 

o’rnini  to’ldirish  kiradi.  Angiz  va  boshqa  o’simlik  qoldiqlari  shamol  eroziyasini 

susaytiradi. Qishki mavsumda angiz dalani deflyatsiyadan asraydi, hamda qorning 

bir  tekis  taqsimlanishini  ta’minlaydi,  bu  o’z  navbatida  tuproqdagi  namlik 

miqdorini oshirib, o’simliklar rivojlanishiga o’z hisasini qo’shadi. 

Akademik  A.  I.  Baraev  ishlab  chiqqan  dehqonchilik  tizimi  oddiy  texnologiya 

o’rniga  kuzgi  shudgorlashda  chuqur  shudgorlovchi  yapaloq  tishli  keskichlar, 

kultivator  keskichlar  qo’llash  va  shu  yo’l  bilan  dalalar  sirtida  85  foiz  angiz  va 

boshqa  o’simlik  qoldiqlarini  saqlab  qolishga  asoslangan.  G’alla  urug’larini  nam 

qatlamda  joylashtiruvchi  va  sirtni  g’iloflovchi  moslamalar  yordamida  ekish, 

shamol  eroziyasiga  qarshi  tuproq  barqarorligini  oshiradi  va  kuzgi  ekinlar  o’sishi 

uchun  qulay  sharoitlar  yaratib  beradi.  Uning  ustiga  bu  moslamalar  bira  to’la 

mineral  o’g’itlovchi  bo’lib  ham  xizmat  qiladi.  Dalalarga  ishlov  berishda  aniq 

sinalgan  yangi  zamonaviy  texnologiyaga  o’tish  shamol  eroziyasining  vujudga 

kelish  va  rivojlanish  xavfini  pasaytiradi.  Qozog’iston  sharoitida  angizli  tuproqlar 

kamdan-kam  70  sm  dan  chuqur  muzlaydi,  angizsiz  esa  1,5-2  m  ga  boradi. 

Ag’darmay  xaydashda  ang’izli  dalalarda  qor  erishi  hisobiga  tuproq  80-100  sm 

gacha namlangan,  ag’darib xaydalganda  esa  45-50  sm.  Shamol  eroziyasi  ta’siriga 

uchragan yerlarda toza  kuzgi shudgorlar bilan almashiladi. To’siqlar baland poyali 

o’simliklardan  bo’lganda  tuproqni  bahor  va  yozda  shamol  esishidan,  qishda  esa 



 

75 


qor  ta’siridan  saqlaydi.  Ular  ham  to’g’ri  yo’naltirilishi  lozim.  Ikki  qatorli  ixota 

daraxtzorlarini  qator  oralig’i  3  metr,  birinchi  qatorga  (shamolga  qaragan  tomoni) 

tut  ko’chati  ekilgan  bo’lib,  daraxtlar  oralig’i  1-1,5  metr,  balandligi  1,5-2  metr, 

diametri 15-18 sm. Ikkinchi qatorga qayrag’och o’tqazilgan, ularning qator oralig’i 

5  metr,  daraxtlar  oralig’i  2,5-3  metr,  balandligi  6-8  metr  va  diametri  30-35  sm. 

Daraxtlarning  joylashishiga  ko’ra  bu  ihota  daraxtzorlari  shamolni  qisman 

o’tkazadigan konstruktsiyalidir. Ular 30-35 foiz maydonni egallaydi. Ikki va to’rt 

qatorli ihota daraxtzorlarining shamolni to’sish kobiliyatini aniqlash avvalo har xil 

uzoqlikdagi    masofalarda  (50,100,150  m.)  chuqurlar  qazildi,  tuproqning  genetik 

qatlamlariga  amal  qilib    tuproq    namunalari  olindi,  ularning  kimyoviy  va  fizik 

xususiyatlari o’rganildi. Tadqiqot ihota daraxtzorlaridan 61 m. uzunlikda 0-10 sm 

chuqurlikdagi tuproqning 63 foizini qum, 29 foizini chang, 19,6 foizini fizik loy va 

8,0  foizini  loyqa  tashkil  qilishini  ko’rsatdi.  Chuqurlashgan  sari  10-46  smli 

qatlamda  qumning  ulushi  asta-sekin  kamayib,  chang  va  fizik  loy  orta  boradi, 

keyingi qatlamda esa chang 41,7 foizni, fizik loy, 41,5 foizni tashkil etib, mexanik 

tarkibiga  ko’ra  o’rta  qumoq    qatlamga  aylanadi.  Ihota  daraxtzorlaridan  100  m 

narida  0-12  sm  qatlamda  qumning  miqdori  71  foizga,  changning  miqdori  esa  

11 foizga yetadi. 




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish