70
7-jadval
Shamol tezligi 12 m/sek. bo’lganda tuproqning uchuvchanligi.
Kavlama
tartib
raqami
Nam lik,foizl arda
0
2,0
4,0
5,5
7,5
10
14
20
5262
196991 150200 114000
33600
7400
4700
2920
1270
5233
129200 126500 124000
29600
5410
4020
3140
1255
5249
126636 112000 98500
51600
22640
11390
3760
1550
5265
63188
60028
57753
4310 0
28600
13900
4030
610
9234
45428
41400
37600
28600
20750
14700
7448
3540
5243
16900
16400
15700
13700
12040
7680
3740
130
5261
12796
11540
10480
7860
5450
3680
1780
830
5234
6010
5720
5640
4900
3370
3200
2090
1095
Tadqiqotlar natijalari 6
va 7-jadvalda keltirilgan bo’lib, amaliyotda shamol
tezligi 25-27
m/sek bo’lganda 20-100 sm
balanllikda 33 metr kenglikdagi joyda,
deflyatsiya mahsuloti 115 metrda o’lchandi. Tajribada 2
soat davomida 100 metrli
kenglikda 115
metr uzunlikdagi joydan soatiga 54 tonna tuproq zarrachalari
uchgan. Respublikamizda 2,5
mln.dan ortiq yer eroziya va deflyatsiya
jarayonlaridan zarar ko’radi. Birgina shamol eroziyasidan esa har yili 600
ming
gektar yer zararlanadi. Jumladan 1 yil mobaynida Farg’ona vodiysida
150-170
ming gektar yer shamol eroziyasidan zarar ko’rsa, bu ko’rsatkich Buxoro
viloyatida 50-60
ming gektarni tashkil etadi. O’zbekistonda Farg’ona vodiysi
(markaziy va g’arbiy qismi) Zarafshon vohasi, Mirzacho’l, Dalvarzin, Buxoro,
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari shamol eroziyasidan zarar ko’radi.
Farg’ona viloyatining, eng sharqiy chegarasi Farg’ona tog’ining shimoliy etaklari,
Sirdaryoning chap tomoni va Xo’jand shahrining yerlari shamol eroziyasidan ko’p
zarar ko’radi. Buxoro viloyatining Shofrikon, Peshku, Romitan, Vobkent, Buxoro,
Qorako’l tumanlari, Andijon viloyatining Izboskan, Andijon: Xo’jaobod,
Marhamat, Oltinko’l tumanlari shamol eroziyasidan eng ko’p zarar ko’ruvchi
71
tumanlardir.Shuningdek, viloyatning sug’oriladigan yerlari eroziya tufayli ham
zararlanadi. Chunki, viloyatning rel’ef xususiyati va joylashgan o’rni eroziyani
keltirib chiqaruvchi omillarning rivojlanishiga olib keladi. F.Hikmatov va
boshqalar (1999) tomonidan tasniflangan eroziyaning barcha turlari viloyat
hududida ham keng tarqalgan. Jumladan, tog’ va tog’oldi hududlarida suv
eroziyasining rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday jarayonlarni
rivojlanishini keltirib chiqaruvchi asosiy omillarga: yog’inning ko’p yog’ishi,
nishablikning kattaligi, vaqtincha oqar suvlarning mavjudligi, tuproqning
chirindiga kambag’alligi, tuproq xossalarining yomonligi, yer yuzasining
o’simliklar bilan kam qoplanganligi, ko’p yerlarning sug’orish ta’siriga
tortilganligi, sug’orishning agrotexnika qoidalariga rioya qilinmasligi, yaylov,
o’tloq va pichanzorlardan oqilona foydalanmaslik, almashlab ekishni to’g’ri tashkil
etmaslik, oqava suvlarni noto’g’ri tashlash kabilar sabab bo’ladi. Shu bilan birga
viloyatda yaylov eroziyasi ham kuzatilib, bu yaylovlarda chorva hayvonlari
noto’g’ri boqilishi oqibatida ularda o’simlik turlarining yo’qolib, tuproq yuzasi
ochilib qolishi natijasida atmosfera yog’inlari, xususan, sel va jala hodisalari
ta’sirida tuproqning yuvilishiga olib kelmoqda. Shuningdek, viloyatda
deflyatsiyaga uchragan yerlar ham mavjud bo’lib, u 50700 ga maydonni tashkil
etadi. Shundan, 36270 ga Mingbuloq tumaniga, 10820 ga Namangan, 2800 ga Pop
va 810 ga To’raqo’rg’on tumanlariga to’g’ri keladi. Deflyatsiyaga esa cho’l
zonasidagi yerlarni ko’p o’zlashtirilishi, shamolning yo’nalish tezligiga kartalarni
moslab loyihalamaslik, tuproqlar yengil mexanik tarkibli ekanligi, tuproqlarni
mexanik, kimyoviy, biologik xossalari yomonligi, chirindi miqdorining ozligi,
pushta va jo’yaklarni uzunligi, dala maydonlarida shamol tezligini kamaytiruvchi
ihotazorlarni barpo etmaslik, tuproq tiplari va xossalariga qarab qishloq xo’jalik
ekinlarini ekmaslik, haydash sifatini buzilishi va ekinlarni ekishda shamol
yo’nalishini hisobga olmaslik kabilar sababdir (8-jadval).