Xarakatchan muzliklar, oqar suvlar, haroratning keskin o’zgarishlari ta’sirida
yumshoq jinslar joyining o’zgarishi, vodiylar, qiyaliklar va jarliklarning
shakllanishi sodir bo’lgan. Bu turdagi eroziya me’yoriy yoki geologik deb ataladi.
Geologik eroziya intensivligini ekzogen jarayonlar maromi belgilab beradi.
o’simlik bilan koplanib, erozion jarayonlar susaygan. Geologik eroziyadan farqli
bog’liq.«Tuproq eroziyasi ham dexqonchilik singari qadimgi, u tarixan ilk
odamning dastlabki quroli yordamida hosil bo’lgan egatlarga birinchi yomg’ir
76
xayvonlarni nazoratsiz boqilishi tezkor "eroziyaning rivojlanishiga olib keladi.
Me’yoriy eroziyada yillar mobaynida yemiriladigan narsa, tezkor eroziyada juda
qisqa vaqt mobaynida borishi mumkin. Eroziya dunyoning hamma qismida
kuzatiladi va uning natijalari ayniqsa Shimoliy Amerika, O’rta Yer dengizi,
Afrikada juda yomon ahvoldadir. Xo’jalikni noto’g’ri olib borishdagi eroziya
tezligi tog’lik va tropik hududlarda ayniqsa yuqori, u yerda tuproqlar kam xosil va
buzilishiga nisbatan chidamsiz. Xayvonlarning o’tlashi eroziyani kuchaytiradi.
Masalan, Gretsiyada 9 mln. odam boshiga 9 mln. echki to’g’ri kelishi o’simlik
qoplamini shunday buzdiki, eroziya tog’ qiyaliklarini mutlaqo quritib yubordi.
Inson tomonidan o’rmonlarning kesilishi va yog’inlarning tog’ qiyaliklari
tuprog’ini yemirishi yalanglashishga olib keladi. Hozirgacha ham yog’ochdan
yoqilg’i sifatida foydalanish hollari kuzatiladi. Janubiy Amerika, va Osiyoda
80 foizgacha kesilgan o’rmonzorlar yoqilg’i sifatida qo’llaniladi. Shuningdek
yog’ochning ko’p qismi qog’oz olishda ham ishlatiladi. Masalan, «Nyu-York
tayme» ning yakshanbalik nashriga 1900 m3 yog’och kerak bo’ladi. Bennet
ma’lumotlariga ko’ra, 150 yil mobaynida 100 mln. gektardan ortiq yaylov va
xaydalgan yerlar eroziya ta’sirida kuchli zararlangan, 300 mingdan ortig’i
eroziyaga uchragan, 20 mingi yomon yerga aylangan, 40 mln. gektargacha gumus
qavatining yarmi yuvilib ketgan. AQSh da yil sayin yemirilayotgan tuproq
zarrachalari 92, 172, 300 t fosfor, kaliy, azot, kalsiy, magniy saqlaydi. Eroziya
dalalardan o’simlik uchun berilgan ozuqa unsurlaridan 60 barobardan ko’p
miqdorini olib ketadi. U faqat bu elementlarni olib ketmasdan, balki butun
tuproqni ham yemiradi. Eroziyalangan tuproqlarning unumdorligi 35-70 foizga
pasayadi.
Demak, tezkor eroziya inson hayotining ijtimoiy sharoiti, uning foydalanish
shakli va yerni boshqarish bilan bog’liqdir. Zamonaviy tuproq yuvilishi oddiy
chopiqda, qiyaliklarda suv taqsimoti noto’g’ri bo’lsa 4-7 t/ga ni tashkil etadi,
do’ngliklar uchun esa 8-18 t/ga. yani bir yilda 10-30 yillik to’plangan unumdorlik
xossalari isrof bo’ladi.Suv eroziyasi ayniqsa yo’l chetida kuchli bo’lib, yo’l
xo’jaligiga katta putur yetkazadi. Shuningdek, suv eroziyasi suv eroziyasiga ham
77
o’z ta’sirini ko’rsatadi. Dalalarda yomg’ir va qor suvlarini ushlab qolish - eroziya
bilan urpshning asosiy turlaridan biri. Ma’lumki, 10 mm ushlangan va to’g’ri
sarflangan, qor suvlari qo’shimcha 1 ts/ga g’alla beradi. Masalan, agar o’rmon-
dasht dalalarida suvlar ushlansa, qo’shimcha 2 milliyard pud g’alla olishga
imkoniyat paydo bo’ladi. Suvlarni ommaviy hamma yerda ushlab qolish
eroziyaga qarshi o’tkaziladigan butun tizimli ish yuritishga ketgan xarajatlarni
10 barobar qoplar edi. Lekin, eroziyaga qarshi avval suv eroziyasining shakllari,
eroziya paydo bo’lishiga olib keluvchi faktorlar hamda erozion jarayonlarning
borishiga bog’liq holda xudud turlarining klassifikatsiya xaqida qisqacha
ma’lumotga ega bo’lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: