CHinpo‘kak - Fomes fomentarium bog‘lar, ko‘chalardagi daraxtlarda ot tuyog‘isimon mevatanaga ega bo‘lgan zamburug‘ni ko‘p ko‘rganmiz. Mevatanasining tepasi charmday yoki yog‘ochday qattiq, pastida naysimon gimenofori bor. Bazidiosporalar bazidiyalardan naychaga undan tashqariga chiqib havo oqimi bilan atrofga tarqaladi. Mevatana odatda bir yoki ko‘p yillik bo‘lib, kelasi yili avvalga gimeniy qatlam ustida yangisi hosil bo‘ladi.
Mevatana kesmasidagi katlamlarni soniga qarab uning yoshini aniqlash mumkin. Uch yillik yoki undan ko‘proq yoshli mevatanalar ham uchraydi.
Daedaliya - Daedalia turkumning zamburug‘lari ko‘p yillik, yog‘ochda ko‘ng‘ir tusli chirishni hosil qiladi. Gimenofori labirintsimon, har yili yangisi hosil bo‘lmay yangi bazidiyalar shu gimenoforni o‘zida yuzaga kelaveradi. Bu turkumning ayrim turlari tog‘ sharoitida olichada uchraydi.
Daedaliya chapda-yonidan ko‘rinishi; o‘ngda-ustidan ko‘rinishi.
Gimenoxetalar tartibi – Hymenochaetales
Bu tartibning zamburug‘larini gifalari jigarrang tusli. Meva-tanalari po‘stloqsimondan terisimon ko‘rinishlargacha, yarimdoirali soyabonli. Gimenofor xaqiqiy naysimon tuzulishli. Sporalari yupqa po‘stli, etilaborgansari rangli bo‘ladi. Po‘kak daraxtda uzoq yillar davomida bo‘ladi, bunda uni quritmaydi.
Fellinis - Phellinus turkumning mevatanalari ko‘p yillik, uning shakli bir turga mansublarida ham o‘zaro farqlanadigan ko‘rinish-larga ega bo‘lishi mumkin. Boshqa po‘kak zamburug‘lardan farqi shundan iboratki, ular ko‘p hollarda tirik daraxtlarda tarqalib uning tekinxo‘rligi meyorida, (daraxtni qiritmaydi).
CHin po‘kak- Inonotus
Inonotus - Inonotus turkumning mevatanalari dastlab yumshoq, suvli, keyinroq etli po‘kakga aylanadi. Mevatana ko‘p yillik. YUrtimizda katta chinor, yong‘oq, tut, qayrag‘ochda tanasini ichida “oq chirishni” hosil qiladi.
Poliporalar tartibi – Polyporales
Bu tartibga mansub zamburug‘larning mevatanalari, uning gimenofori turli tuman ko‘rinishlarga ega. Farqlaydigan tomoni ularda ikki davrli o‘sish mavjud.
Polipora zamburug‘larda arang ko‘rinadigan yoki ancha uzun bandli, voronka yoki soyabonga o‘xshash oq, oqish, po‘kaksimon teri, terisimon, kattiq etli mevatani bo‘ladi. Gimenofori bir qavatli naysimon, qisman yassiyaproqsimon tuzulgan. Sporalari g‘o‘lasi-mon. Polipora zamburug‘lar yog‘ochlarda rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |