Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet85/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Melampsora - Melampsora turkumining zamburug‘larida teliosporalar qo‘shilib o‘sib yassi po‘stloqni hosil qiladi. Etsidiy peridiysiz. Bu turkumning zamburug‘lari bir xo‘jayninli, ikki pallalilarda va turli xo‘jayninlilari ham bor.
Koleosporiy - Coleosporium turkumida ham sporalar yassi po‘stloqni hosil qiladi. Ular avvalo bir hujayrali, keyin ustma-ust joylashgan to‘rtta hujayraga bo‘linadi, ulardan har biri bazidiyalarni hosil qiladi. Bu turkumning barcha turlari turli xo‘jaynli. Etsidiylar yorqin pushti tusli etsiosporali. Uredinlar bargning orqasida joylashadi, uni tepasida sariq dog‘ hosil bo‘ladi.
Kronartiy - Cronartium turkumining telosporalari marjon xolida joylashib ustuncha hosil qiladi. Etsiy peridiyali. Cronartium turkumining barcha turlari turli xo‘jaynli: gaplodavri ninabarglilarda, dikariodavri ikkipallalilarda o‘tadi.
Xrizomiksa - CHrysomyxa telosporalari yakka turgan tarmoqlangan dikariondan hosil bo‘ladi. Etsiy peridiyali. Ko‘pchilik turlari ikkixo‘jayinli tekinxo‘rlar hisoblanadi.
Uromitses - Uromyces turkumi 500 dan ortiq turlasardfsdklrni o‘z ichiga oladi, teliosporalari bir hujayrali. Etsiy peridiyli. No‘xatda (U.pisi) tekinxo‘rlik qiluvchi O va I davrini, sutlamada (Euphorbia) II III davrini o‘taydi.
Gimnosporangiy - Cemnosporanogium teliosporalari ikki hujayrali, shilimshiqlanadigan uzun bandli. Etsiy peridiyali. Gaplodavri ranodoshlar (olma, nok kabi) dikariodavri archa, qarag‘ay o‘tadi.
Puktsiniya - Puccinia teliosporasi ikkihujayrali, bandi shilim-shiqlanmaydi. Etsiy peridiyli. Bu turkum zangkuya zamburug‘lari orasida eng ko‘p 2000 dan ortiq turlarni birlashtiradi. Bir xujayinli va ikkixo‘jayinlilari ham bor.
Bug‘doyning chiziqli zang zamburug‘i – P.graminus pikni-diyalari zirkdoshlar (Berberidaceae) oilasining xususan zirk (Berberis) va magoniya (Mahonia) o‘simligida hosil bo‘ladi. Etsidiosporalari bug‘doydoshlarda rivojlanadi.
P.graminis rivojlanishida morfologiyasidan deyarli farq qilmaydigan (sporasini kattaligi, shakli bilan), faqat aloxida tur o‘simlik – boshoqdoshni zararlaydiganlari ham bor. P.graminis f. sp. Tritici asosan bug‘doyda kabilari mavjud. Bu zamburug‘ni rivojlanishi zirk o‘simligi bilan bog‘liq. P.graminis zamburug‘ining har bir maxsuslashganlarida o‘z navbatida yana aloxidalashganlari – fiziologik rasalari xo‘jayin o‘simlik navlarini zararlashi bilan farqlanadiganlari ham bor. Zararlash darajalari quyidagicha besh birlik bilan belgilanadi.
0 – zararlanmagan;
1 – juda mayda uredinali nekrotik (o‘lik) joy mavjud;
2 – uredinlar u yoki bu darajada rivojlangan uni atrofi rangsizlangan;
3 – uredinlar yaxshi rivojlangan nekriz joyi oz yoki yo‘q hisobi;
4 – uredinlar yaxshi rivojlangan, nekroz yo‘q.
Yil sernam ayniqsa baxorni oxiri, yozning boshlarida yomg‘ir ko‘p yoki kuyoshning nurli kunlarida kam bo‘lgan yillari bizning respublikamizda ham bu zamburug‘ yoki uni sherigi P.striiformis bug‘doyda sariq zangkuyani ko‘zg‘atadi, u kuzgi bug‘doyda qishlab qoladi.


P.graminis rivojlanishida zirk bargining kesmasida yuqorida piknidiyalar va etsidiyalarni rivojlanishi
Fragmidium - Phragmidium teliosporalari etilganda ko‘ndalang to‘siq bilan 3-10 ta li bir qator hujayralarni hosil qiladi. Bu turkumdan bir xo‘jaynli P.rubiidae qoraqat o‘simligida tekinxo‘rlik qiladi.

Ustomitsetlar – Ustomycetes yoki ustilaginomitsetlar - Ustilaginomycetes sinfi


Ustomitsetlarda bazidiya teliomitsetlardagi kabi odatda tinim sporalaridan yuzaga keladi. Teliosporasizlari ham bor. Deyarli hamma vakillari o‘simliklarning tekinxo‘rlari bo‘lib hisoblanadi.

Qorakuyalar tartibi – Ustilaginales


Qorakuya zamburug‘larning hammasi zangkuyalar kabi ko‘plab gulli o‘simliklar tekinxo‘rlari. Bu zamburug‘ bilan zararlangan joy (asosan generativ qismlar) quyganday qorayib qoladi. Bunda zararlangan o‘simlikning to‘qimasini ichida juda to‘q rangli ustosporalar yoki qorakuyasporalar ko‘plab miqdorda hosil bo‘ladi. Ular bittadan yoki etilgan davrida o‘zaro qo‘shilib hosil qiladi.
Qorakuya zamburug‘larida mitselliy dikariotli, endofit, ko‘p hollarda hujayralararo tarqalgan yoki to‘plangan, jamlangan holda bo‘ladi. Zamburug‘ning mitselliysi to‘qima ichida darrov tashqi ko‘rinishdan belgi hosil qilmaydi. Bazi hollarda u o‘simlikning rivojlanishni tezlatadi, ayrim xollarda zararlaganligidan belgi beradi. Bunday holatni bizning sharoitimizda makkajo‘xorida yuzaga keladigan bo‘rtma qorakuya xali etilmagan holda ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ustosporalar etilib xo‘jayin o‘simlik to‘qimasini yirtib chiqqqanidan keyin darrov unadi, yillar davomida unish qobiliyatini saqlashi ham mumkin. Unganida bazidiyalarni hosil qiladi.
Qorakuya zamburug‘larini rivojlanishida bitta umumiy xususiyat: zaralash faqat zamburug‘ning dikariot davrida ro‘y beradi. Ko‘p hollarda u quyidagicha sodir bo‘ladi. Ustosporalar tuproqqa zararlangan urug‘ bilan birga tushadi, u erda unib bazidiyani hosil qiladi. Bazidiyada 2ta “+” va 2ta “-” belgili sporalar yuzaga keladi. Bazidiosporalar o‘zaro ariqchasini hosil qiladi va dikariost mitselliy yuzaga keladi. U endi o‘simlikni nixol hosil qilishdan avval er yuzasiga ko‘tarilib chiqquncha zararlaydi. Keyin mitselliy o‘simlikning o‘sish konusiga o‘tadi.
Xo‘jayin o‘simlik etarli darajada voyaga etganda, mitselliy bo‘laklarga bo‘linib qalin po‘stli ustosporalarga aylanadi. Xuddi shunday tartibda bug‘doyning qattiq qorakuyasi – Trilletia caries, sulining chang qorakuyasi – Sphacelotheca panici – miliacei, arpaning qattiq qorakuyasi Ustilago hordei va boshqa qorakuyalar rivojlanadi.
Bug‘doyning chang qorakuyasini qo‘zg‘atuvchisi Ustilago tritica rivojlanishini davom ettirishi uchun shu kasallikga moyil o‘simlikning gulini urug‘chisiga to‘planadi, u erda unib to‘rt hujayrali bazadiy hosil qiladi. Biroq bazidiosporalar rivojlanmay dikarion hosil qiladi. Undan dikarion mitselliy yuzaga keladi, u chang nayi orqali tugunchaga keladi. Bunday guldan rivojlangan urug‘ tashqi ko‘rinishidan xech qanday belgi bermaydi. Tuproqqa tushib xech qanday o‘zgarishlarsiz unadi. YOsh o‘simlik rivojlanishi bilan undagi dikariot mitselliy ham rivojlanadi, shakllanayotgan boshoqqa o‘tib ustosporalarga aylanadi. Tinim davrini o‘tamay unadi. Bu davrda gulagan boshoqdan shamol tasirida tarqalgib rivojlanishning yangisi boshlanadi.
Makkajo‘xorining bo‘rtma qorakuyasi (Ustilago zea) o‘simlikning muayyan joyi poyani bo‘g‘im oralig‘ini yoki so‘tasini zararlaydi. Uning sporalari juda ko‘p miqdorda hosil bo‘lib steril gifalar va xo‘jayinning to‘qimasidan iborat parda bilan o‘ralgan. Sporalar etilganidan keyin parda yirtilib ular atrofga tarqaydi.

Bug‘doydagi qorakuyalar ularning sporalari



Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish