Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet87/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Aurikulyariya - Auricularia turkumida mevatanalar ancha katta, dirildiqsimon. Uning barcha turlari qurigan yog‘ochlikda saprotrof holda tarqalgan. YAponiya va Xitoyning bazi viloyatlarida uni xush ko‘rib istemol qilishadi. Gimeniy to‘lqinli-qirrasimon, qirmizi-jigarrang tusda. Bazidiyalarisilindr shaklida 4 bazi-diosporali.

GIMENOMITSETLAR


Gimenomitsetlar bazidiomitsetlarning orasida eng ko‘p tarqalgan va axoli o‘rtasida mashxur hisoblanadi. Bazidiyalari bir hujayrali, ular o‘zi hosil bo‘ladigan mitselliydan yuzaga keladi, ular mevatanalarda turi steril elementlar bilan navbatlanib gimeniyda joylashadi. Steril elementlar rivojlanishga, morfologiya va vazifalariga ko‘ra farqlanadi. Ular gimeniy gifalarini uchi-gifidlar, etilmagan bazidiy – bazidio, gimeniydan chiqib turadigan yirik hujayralar –sistidlar kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi. SHu boisdan bu o‘rinda “parafiz” lar atamasi qo‘llanilmaydi. Mevatananing gimeniyli yuzasi – gimenofor yassi tishchali tikanli, buklama; juda ko‘p hollarda naysimon yoki plastinka – yassi yaproq ko‘ri-nishlariga ega. SHuni hisobiga hosil bo‘ladigan sporalarni tarqalish yuzasi kengayadi.


Mevatanalarning ko‘rinishi, kattaligi ushlab ko‘rilgandagi holati turli-tuman. Ular o‘sayotgan joyida po‘stloq, qoratuyoq, band va soyabonli “zamburug‘” ko‘rinishlarida bo‘ladi.
Gimenomitsetlarning gimeniylari hosil bo‘la boshlaganidayoq ochiq, dastlab yopqichli, bazidiyalari etilishi bilan ochiladi.
Mevatananing yuzasi terisimondan yog‘ochsimonchaga, tog‘ayga o‘xshashdan yumshoq – etilgach voyaga etaborgan sari quriydi yoki chiriydi. Go‘ngtepalar, chirietgan daraxt to‘ngaklarida uchraydigan Coprinus turkumida bazidiyalar etilaboshlashi bilan soyabon qirrasidan siyoxni eslatadigan suyuklik hosil qilib erib ketadi. SHu boisdan bu zamburug‘ni bizda “siyoh zamburug‘i” deyiladi.
Gimenomitsetlarning mevatanalari bir yillik, ko‘p yillik bo‘ladi. Ko‘p yilliklarida gimenofor tagida yangisi hosil bo‘ladi, u halqa ko‘rinishini hosil qilganidan uni soniga ko‘ra mevatananing yoshini aniqlash mumkin. Tabiatdan 80 yoshgachalilari ham uchratilgan.
Mevatanalarning kattaliklari ham turlicha. Soyabonning diametri 2 sm dan (undan ham kichik) 70 sm gacha boradiganlari, og‘irliklari bir necha milligrammdan to 20 kglargacha ham bo‘ladi.
Bazidiosporalarning rangi har bir turda deyarli o‘zgarmaydi. Rangsizlaridan, pushti, to‘q-sapsar, qurumqoralari ham bor. Bazidiospora gimenoforga tus beradi. Gimenomitsetlarning sporalari xavo yordamida atrofga tarqaladi. Ularning tarqalishida qushlar, chig‘anoqlilar va boshqa xayvonlar ham ishtirok etadi.
Gimenomitsetlar kurrai zaminimizning barcha joylarida tuproqda, yog‘ochli o‘simliklarning qoldiqlarida tarqalgan. Mitselliy ularda odatda ko‘pyillik substrat ichiga botib kiradi.
Bu guruhning ko‘pchilik turlari saprotroflar. Bir qanchasi yog‘ochlikda rivojlanib uni chiritadi (ksilotroflar). Bu zamburug‘lar yog‘ochni parchalamaganida u ko‘p yillar davomida chirimas edi. Hazonrezgilikdagi to‘kilgan barglarni asosan gimenomitsetlar parchalaydi.
Gimenomitsetlar nekrotrof tekinxo‘rlar hamdir. Bu o‘rinda saprotroflik va tekinxo‘rlik bir biriga juda yaqin. Po‘kak zamburug‘lari tabiatda tekinxo‘r ham, saprotrof ham hayot kechiradi. Gimenomitsetlarning ko‘pchiligi tuproq saprotroflari, ularning mitselliysi tuproqning chirindili qavatida keng tarqalgan.
Gimenomitsetlarning orasida mikoriza hosil qiladiganlari ham ancha, ular ko‘proq ektomikorizalar xolida kiradi.
O‘txo‘r xayvonlarning tezagida koprotroflari (Coprinaceae) bor. Karbofil turlari, kuygan daraxtda, gulxan yoqilgan joylarda Pholiota turkumining zamburug‘lari uchraydi.
Bu guruh zamburug‘lar orasida mikofillari, ulardan Astero-phora turkumining turlari Russulales tartibining zamburug‘larini mevatanalarida kichkina mevatana hosil qilib o‘sadi. Gimeno-mitsetlarning bazi turlarini maxsus o‘stirilib, mevatanalari odamlar-ning istemolida foydalaniladi.
Gimenomitsetlarning sistematikasida ananaviy tarzda afillo-foralar (Aphylljphorales) va agarikalar (Agaricales) tartiblariga bo‘lib o‘rganilgan. Xozirgi kunga kelib bu sohaning mutaxassislari ularni muayyan taksonomik qoidasiz afilloforasimonlar va agarikasimon gimenomitsetlarga bo‘lishni maqsadga muvofiq deb qabul qilishgan. Biz ham bunga maqullaymiz.

Afilloforasimon gimenomitsetlar


Mevatanalarining shakli, o‘lchamlari, usti ichki tuzulishi turlicha. Ular po‘stloq va boshqa ko‘rinishlarda, band va soyabonli bo‘ladi. Gimenofori silliq, buklamali, tishsimon, ko‘pincha naysi-mon, biroq yassi – plastinka ko‘rinishiga ega emas. Mitselliyning gifasi rangsiz yoki biroz rangli.
Mevatanalarining ko‘rinishlari ham turli tuman. Gimenoforni shakli elpug‘ich tuyoh, yostiq, buyraq kabi odatda mevatananing pastki tomonida bo‘ladi.
Mevatanalarni hosil qilgan gifalar generativ, vegetativ deb nomlanadiganlardan iborat. Generativ gifalardan bazidiyalar hosil bo‘ladi. Vegetativ gifalar asosiy va bog‘lovchilarga bo‘linadi. Bog‘lovchilari odatda ko‘p tarmoqlanadi, buraladi, turlicha yo‘g‘onliklarga ega. Asosiy gifalar tarmoqlanmaydi, hujayrasining devori qalin, cheklanmagan o‘sadi.
Mevatanalar tuzulishiga ko‘ra:
1). monomitik – faqat generativ gifalardan tashkil topgan;
2). dimitik – generativ va asosiy gifali;
3). trimitik – barcha uch tip gifali bo‘ladi
Afilloforasimon gimenomitsetlarning ko‘pchiligi saprotroflar, yog‘ochda, to‘kilgan barglarda, chirindili tuprog‘da tarqalgan. Quvvatsizlangan daraxtlarda o‘sib uni kurishiga sabab bo‘ladi-ganlari, o‘t o‘simliklarda tekinxo‘rlik qiladiganlari, lishayniklarning mikobiontlari ham bor.
Afilloforasimon gimenomitsetlar orasida imoratlarning yog‘ochida tarqalganlari ham bor. Xonadon uylarining sinchini tashkil qilgan yog‘ochni, taxtapol yog‘ochini shu guruh zamburug‘lar parchalaydi.
Afilloforasimon gimenomitsetlarga mansub tartiblarni tavsif-lashdan oldin ko‘plab darsliklar, qo‘llanmalar, monografiyalarda bayon qilinganidek “po‘kak zamburug‘lar”, “Po‘kaklar” tushun-chasi xaqida qisqacha to‘xtaymiz. Bu guruh ilgari mevatanalarining yaxshi rivojlanganligi plastinka yoki libirint shaklidagi gimenofori tufayli afilloforadoshlar oilasi sifatida qaralgan. Hozir bu guruhni tartib va oilalarga bo‘lib o‘rganiladi.
Po‘kak zamburug‘lar qurigan yog‘ochda, qari tirik daraxt tanasida, saprotrof, tekinxo‘r holda rivojlanib ularni qurishiga sabab bo‘ladi. Mitselliysi daraxt tanasining ichida, mevatana uni yuzasida yoniga yopishganday hosil bo‘ladi. Mitselliy va mevatanasi ko‘p yillik.
Po‘kak zamburug‘lar odatda barcha daraxtlarda emas har bir tur aloxida daraxtda tekinxo‘rlikni hosil qilgan. Ko‘pchiligi qari, quvvatsizlangan daraxtlarda rivojlanib daraxtzor, o‘rmonlarning “sanitarlari” hisoblanadi. Singan, jarahotlangan daraxtlarda po‘kak zamburug‘lar tez ko‘payadi.
Afilloforasimon gasteromitsetlarni mutaxassislar uchtadan o‘ntagacha tartiblarga bo‘ladilar. Biz ulardan eng muhimlari xaqida malumotlar keltiramiz.

Kantarellalar tartibi – Cantharellales


Bu tartibga mansub zamburug‘larning mevatanalari turli tuman ko‘rinishlarga ega. Gimenofori silliq, buqlamali.
Tartibning vakillari tuproq, yog‘ochda saprotrof, qisman o‘simliklarning tekinxo‘rlari hisoblanadi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish