Tuban o‘simliklar


Polifagus — Polyphagus turkumidan P. Euglenae e



Download 29,26 Mb.
bet57/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Polifagus — Polyphagus turkumidan P. Euglenae evglenalarda tekinxo‘rlik bilan rivojlanadi. Bu zamburug‘ning katta sporasi harakatdan to‘xtaydi, po‘st bilan o‘raladi, har tamonga tarmoq-langan o‘simtalarni chiqarib evglena hujayrasiga kiritadi. Sobiq zoosporaning yuzasida xaltasimon o‘simta yuzaga keladi. Dastlabki yadro bir necha marta bo‘linganidan keyin u ko‘plab zoosporalarga aylanib ketadi. Oziq modda etishmasa jinsiy jarayon boshlanadi. Bittasining tanasini o‘rtasidan (erkak) uzun ipsimon hosila yuzaga kelib u boshqasiga (urg‘ochi) yo‘naladi. Maqsadiga etganidan keyin o‘simtani uchi kengayadi, unga erkakning borligi o‘tadi. Zigota yana kattalashadi, ko‘p qavatli po‘st bilani o‘ralganidan keyin tinim davriga o‘tadi. Zigota unganidan keyingina kariogamiya ro‘y beradi.

Blastokladiyalar tartibi - Blastocladales


Blastokladiyalar o‘simliklarning qoldiqlari, xasharotlarning suvdagi o‘liklarida saprotrof hayot kechiradigan unchalik katta bo‘lmagan guruh zamburug‘ hisoblanadi. Bu tartibning vakillari uchun qalin po‘stli tinim sporangiylarni bo‘lishi harakterli. Zoosporalar va gametalari aniq bilinib turadigan ribosomalar to‘plamiga ega. Ular membrana bilan o‘ralgan, xivchini qarama – qarshi tomonidan yadro yaqinida joylashadi. YAdroni yonida mikrotanalar va lipid globulalaridan iborat cho‘ziq majmua bor.
Allomitses – Allomyces turkumining zamburug‘larida izomorf ko‘rinishdagi nasllarni almashinuvi ro‘y beradi. Dip-loid mitselliyda zoosporangiy-larga aylana oladigan zoospo-rangiy va tinim hujayralari rivojlanadi.
Zoosporangiy tinim hujay-ralaridan yuzaga kelsa, undan gaploid zoosporalar, ulardan shunday ko‘rinishdagi gametofitda unda ko‘rinishi zanjir shaklidagi kattaroq (urg‘ochi) gametangiy, boshqasida kichikroq (erkak) gametalar yuzaga keladi. Gametangiydan chiqqan gametalar o‘zaro qo‘shiladi, zigota meyoz davrini o‘tamay tinim holatisiz yangi organizmga aylanadi. Bu endi faqat zoosporangiy va tinim hujayralarini hosil qiladi. Zoosporalar tinim hujayralari emas gametalarga o‘xshaydi, biroq ular kattaroq va diploidli. Bunday rivojlanish cheksiz darajada takrorlanaveradi.
Fizoderma – Physoderma turkumining zamburug‘lari orasida makkajo‘xorida tekinxo‘rlik qiladigan Ph. zea – maydes boshqalaridan ma’lum va mashxur. Uning sistasi sariq, qalin po‘stli. Sistalar uzoq vaqt davomida unuvchanligini saqlay oladi. Qulay sharoit yuzaga kelsa kattalashadi tashqi po‘st tushib ketadi. Rangsiz ichki qobiq cho‘zilib hosil bo‘lgan tirqishdan tashqariga chiqadi. Sistani ichki borlig‘i ko‘plab zoosporalarga aylanadi. Zoosporalar ma’lum muddat faol harakatdan keyin gametangiyga aylanadi. Ulardagi gametalar boshqa gametangiylardagilari bilan qo‘shilib undan ingichka iplardan iborat kichkina mitselliy hosil qiladi.
Bunday rivojlanish tabiiy sharoitda makkajo‘xorining bargini poyaga birikadigan joyida ro‘y beradi. Makkajo‘xorining bunday tarzda kasallangan hujayralaridagi yadro kattalashib ketadi. Tezda mitselliy iplarida to‘plovchi hujayralar paydo bo‘ladi.

Physoderma:
1-2- xo‘jayin o‘simlik ichida hujayralarni unishi; 3-sistani unishi.

Ular bo‘linib 3-4 ta yonmayon joylashgan bir yadroli hujayralar hosil qiladi. Ulardan har biri unib yangi ipga aylanadi, boshqa-lari sistaga aylanadigan shishma hosil qiladi.sistani o‘nlab yadrosi bo‘ladi. SHunday qilib P. zea – maydes zamburug‘ini rivojlanishida avlodlarining geteromorf gallanishi sodir bo‘ladi.





Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish