30
Stroplar
– eng ko‘p tarqalgan yuk qamrovli qurilma bo‘lib (2-rasm), turli,
donali yuklarni ko‘tarish, ko‘chirish va tushirishga mo‘ljallangan. Stroplar
ko‘pincha po‘lat arqon (tross)dan va zanjirlardan yasaladi. Massasi 1,5 t gacha
bo‘lgan bir tarmoqli (bir
uchida ilgan, ingichkaligida – koush bor) va ko‘p tarmoqli
(ikki, to‘rt va olti) bo‘ladi.
Stroplar mustahkamlik zaxirasi katta qilib (koeffitsienti 6 dan kam
bo‘lmaydi) ishlanadi. Bu koeffitsient uzilish kuchining (strop tarmog‘ini uzadigan
kuch) ishchi kuchga (stropning nomanal yuk ko‘tarishidan foydalanganda
tarmoqdagi amaliy yuklama) nisbati bilan aniqlanadi. Stropning tarmog‘idagi
ishchi kuch stropning yuk ko‘tarishiga, tarmoqlar
soni va ularning joylashish
burchagiga bog‘liq.
Stropni tanlashda shuni hisobga olish kerakki, agar strop tarmoqlari burchak
ostida joylashgan bo‘lsa, tarmoqdagi ishchi kuch qo‘shimcha tarzda ortadi; bunda
burchak qancha katta bo‘lsa, ishchi kuch shuncha ko‘payadi.
Po‘lat arqonlarning uzilish kuchi arqon turiga diametriga,
simning sifatiga
(uning mustahkamlik chegarasi bilan aniqlanadi – N/mm
2
) bog‘liq. SHunday qilib,
stropning nominal yuk ko‘tarishini aniqlash uchun arqon turi va diametrini, sim
sifatini, mustahkamlikning zaxira koeffitsientini, tarmoqlarining joylashish
maksimal burchagini, tarmoqlar sonini bilish kerak.
Ikkta bukilgan rigachni qamragichlar (3-rasm) keng qo‘llanadi.
Richaglar
bir-biriga sharnir yordamida xachsimon yoki sharnir elementlar yordamida
birikkan. Qamragich mashina ilmog‘iga halqa yoki sirg‘a yordamida ilinadi.
Richaglarning ishchi uchlarida yukni qamrab olishni osonlashtiradigan nakladkalar
bor. YUk ko‘tarilganda changaklar avtomat tarzda tortiladi. Qisish kuchi yuk
massasi va qamlagich panjalari elkalari nisbatiga bog‘liq.
2-rasm. Stroplar. a-halqa shakli; b-ilgakli.
3-
rasm. Yashiklar uchun changakli
qamragich.
31
4-rasm. Tunuka uchun qamragich.
5-rasm. Osmalar.
Changakli qamragichlar
almashtirib
ishlatiladigan
qamrovchi qurilma bo‘lib,
ma’lum turdagi yuklarga
mo‘ljallanadi.
Ularning
tuzilish juda
oddiy va ishlatish
oson, qulay, shuning uchun
tanlash mumkin bo‘lgan
holatda ular afzal ko‘riladi.
Masalan, yashiklarni silindr
shakli yuklarni ko‘tarishda
ishlatiladi (bo‘chkalar, qog‘oz
rulonli va boshqalar). Ba’zan
uzun yuklar uchun ham qo‘llanadi, bunda bitta emas, ikkitasi birvarakayiga
ishlatiladi (traversa yordamida).
Turli o‘lchamdagi donali
yuklarni, birvaranayiga bir nechta yukni ko‘tarish
uchun qo‘shimcha moslama-osmadan foydalaniladi.
32
Tunuka materiallar uchun ikki mushtli qamragich ishlatiladi. Uning ishlash
prinsipi ko‘tarilayotgan yukning og‘irligi ta’sirida o‘z-o‘zidan mahkamlanib
qolishiga asoslangan (4-rasm).
Ba’zi osmalar donali, mayda yuklarga mo‘ljallanadi. YOg‘och yoki metall
maydonchalar, lotoklar belanchaksimonlar, ilgakli qamragichlar, panjali
qamragichlar, panshaxali osma qamragichlar ham osmalar hisoblanadi (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: