Transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish


mehnatning mexanizatsiyalanish darajasiga ko‘ra



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/74
Sana01.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#627331
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish

mehnatning mexanizatsiyalanish darajasiga ko‘ra:
qo‘l kuchi bilan
ishlatiladigan, yukni chayqatish va bo‘shatishda qo‘l kuchidan foydalaniladigan
(bular eng oddiy qamragich); yukni chayqatish va bo‘shatishdaqo‘l kuchidan
foydalanilmasdan ishlatiladigan, yuk ko‘tarish mashinasi opreatori tomonidan
ilinadigan mexanik qamragichlar; qo‘l kuchidan bitta operatsiyada – yukni
chayqatish va bo‘shatishda foydalaniladigan yarim avtomatik qamragichlar, qo‘l
kuchidan mashina opreatori aralashuvisiz ishlaydigan avtomatik qamragichlar;
yuk ko‘taruvchi mashinalarga o‘rnatishning qiyinligiga qarab:
mashinaning yuk ko‘taradigan ilmog‘iga ilib qo‘yiladigan qamragichlar
(qo‘shimcha qurilma yoki mashina konstruksiyasini o‘zgartirishni talab etmaydi);
mashina konstruksiyasini birmuncha o‘zgartirishni yoki qo‘shimcha moslama
bo‘lishini talab etadigan qamragichlar; mashinaning ishchi organini tubdan
o‘zgartirishni talab etadigan qamragichlar.
Eng oddiy ilma qamragichlar.
YUk ko‘taruvchi mashinalarning ilmog‘iga
ilib qo‘yiladigan qamragichlar eng oddiy, yuritmasiz qurilma hisoblanadi va turli
shakl, massa va uzunlikdagi donali yuklar uchun mo‘ljallangan. YUk ortish-
tushirish ishlarida ulardan ko‘p foydalaniladi. Bular – stroplar, jag‘li qamragichlar,
osmalar.


30
Stroplar
– eng ko‘p tarqalgan yuk qamrovli qurilma bo‘lib (2-rasm), turli,
donali yuklarni ko‘tarish, ko‘chirish va tushirishga mo‘ljallangan. Stroplar
ko‘pincha po‘lat arqon (tross)dan va zanjirlardan yasaladi. Massasi 1,5 t gacha
bo‘lgan bir tarmoqli (bir uchida ilgan, ingichkaligida – koush bor) va ko‘p tarmoqli
(ikki, to‘rt va olti) bo‘ladi.
Stroplar mustahkamlik zaxirasi katta qilib (koeffitsienti 6 dan kam
bo‘lmaydi) ishlanadi. Bu koeffitsient uzilish kuchining (strop tarmog‘ini uzadigan
kuch) ishchi kuchga (stropning nomanal yuk ko‘tarishidan foydalanganda
tarmoqdagi amaliy yuklama) nisbati bilan aniqlanadi. Stropning tarmog‘idagi
ishchi kuch stropning yuk ko‘tarishiga, tarmoqlar soni va ularning joylashish
burchagiga bog‘liq.
Stropni tanlashda shuni hisobga olish kerakki, agar strop tarmoqlari burchak
ostida joylashgan bo‘lsa, tarmoqdagi ishchi kuch qo‘shimcha tarzda ortadi; bunda
burchak qancha katta bo‘lsa, ishchi kuch shuncha ko‘payadi.
Po‘lat arqonlarning uzilish kuchi arqon turiga diametriga, simning sifatiga
(uning mustahkamlik chegarasi bilan aniqlanadi – N/mm
2
) bog‘liq. SHunday qilib,
stropning nominal yuk ko‘tarishini aniqlash uchun arqon turi va diametrini, sim
sifatini, mustahkamlikning zaxira koeffitsientini, tarmoqlarining joylashish
maksimal burchagini, tarmoqlar sonini bilish kerak.
Ikkta bukilgan rigachni qamragichlar (3-rasm) keng qo‘llanadi. Richaglar
bir-biriga sharnir yordamida xachsimon yoki sharnir elementlar yordamida
birikkan. Qamragich mashina ilmog‘iga halqa yoki sirg‘a yordamida ilinadi.
Richaglarning ishchi uchlarida yukni qamrab olishni osonlashtiradigan nakladkalar
bor. YUk ko‘tarilganda changaklar avtomat tarzda tortiladi. Qisish kuchi yuk
massasi va qamlagich panjalari elkalari nisbatiga bog‘liq.
2-rasm. Stroplar. a-halqa shakli; b-ilgakli.
3-
rasm. Yashiklar uchun changakli
qamragich.


31
4-rasm. Tunuka uchun qamragich.
5-rasm. Osmalar.
Changakli qamragichlar
almashtirib
ishlatiladigan
qamrovchi qurilma bo‘lib,
ma’lum turdagi yuklarga
mo‘ljallanadi.
Ularning
tuzilish juda oddiy va ishlatish
oson, qulay, shuning uchun
tanlash mumkin bo‘lgan
holatda ular afzal ko‘riladi.
Masalan, yashiklarni silindr
shakli yuklarni ko‘tarishda
ishlatiladi (bo‘chkalar, qog‘oz
rulonli va boshqalar). Ba’zan
uzun yuklar uchun ham qo‘llanadi, bunda bitta emas, ikkitasi birvarakayiga
ishlatiladi (traversa yordamida).
Turli o‘lchamdagi donali yuklarni, birvaranayiga bir nechta yukni ko‘tarish
uchun qo‘shimcha moslama-osmadan foydalaniladi.


32
Tunuka materiallar uchun ikki mushtli qamragich ishlatiladi. Uning ishlash
prinsipi ko‘tarilayotgan yukning og‘irligi ta’sirida o‘z-o‘zidan mahkamlanib
qolishiga asoslangan (4-rasm).
Ba’zi osmalar donali, mayda yuklarga mo‘ljallanadi. YOg‘och yoki metall
maydonchalar, lotoklar belanchaksimonlar, ilgakli qamragichlar, panjali
qamragichlar, panshaxali osma qamragichlar ham osmalar hisoblanadi (5-rasm).

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish