Nazorat savollari
1. Tasmali konveyerlar
2. Konveyerlar tuzilishi
97
3. Zanzirli plastinkali konveyerlar
4. G‘altakli konveyerlar
5. Konveyerlarni unumdorligi
6. Qirg‘ichli konveyerlar unumdorligi qaysi formulada aniqlanadi?
7. Konveyer dvigatelining quvvti qanday aniqlanadi?
98
13-mavzu. Transport va ortish-tushirish eshlarini bajarishda elevatorlardan
foydalanish.xavfsizlik atrof-muxit muxafazasi
Reja:
1. Elevatorlarning tuzilishi va ularning vazifasi
2. Elevatorlarning unumdorligini va quvvatini hisoblash nazariyasi
Tayanch soz va iboralar: elevatorlar; kovshli elevator; vertikal yoki qiya rama;
tortuvchi organ; kukunsimon yuklar; uzluksiz harakatlanuvchi mexanik
yuklagichlar; vertikal ko‘p shnekli (kotib kolgan yuk uyumini) buzuvchi.
1.
Elevatorlarning tuzilishi va ularning vazifasi.
Yuklarni vertikal
yoki unga yakin kiya yo‘nalishda uzluksiz yukoriga eltib (ko‘tarib) beruvchi
mashinalar elevatorlar deb ataladi. Elevatorlar ishchi organining turiga muvofik
kovshli, kattik ilgakli, polkali va kajavali bo‘ladi. Kovshli elevator (noriya)lar
(3.10-rasm) sochiluvchan-to‘kiluvchan yuklarni, kattik ilgakli, polkali va
belanchakli (3.12-rasm) elevatorlar esa idishli va donali yuklami ma’lum bir
balandlikka uzluksiz eltib berish uchun ishlatiladi. Kovshli elevatorlar vertikal yoki
qiya ramadan iborat bo‘lib, uning yukori kismiga yurituvchi baraban (1) dan yoki
yulduzchadan, elektr dvigateldan, muftadan, reduktordan va to‘xtatish
moslamasidan iborat bo‘lgan yurituvchi kurilma montaj kilingan. Elevator
ramasining ostki kismida taranglovchi baraban (4) dan yoki yulduzchadan iborat
vintli taranglovchi moslama joylashgan. YUrituvchi baraban (yulduzcha) ni va
taranglovchi baraban (yulduzcha)ni elevatorni tortuvchi organi tasma (2) yoki
zanjir o‘rab (aylanib) o‘tgan. Elevatorning tortuvchi organiga kovsh (3) lar
maxkamlangan.
Elevatorning kovshlari botirib olish va bevosita kovshga solish usuli orkali
to‘ldiriladi (to‘lg‘aziladi). Sement, bug‘doy, don-dun va shunga o‘xshash
sochiluvchan yuklar elevatorning ostki kismidagi boshmokka kelib tushadi va u
erdan kovshlar sochiluvchan yuklami ketma-ket botirib olib yukoriga xarakatlanadi
(3.10-rasm, a, b). Kattaroq bo‘lakli va abraziv yuklarni esa bevosita kovshning
o‘ziga solish kerak bo‘ladi (3.10- rasm, d), chunki bu yuklarni kovsh bilan botirib
olish ancha mushkul bo‘lib elevator kovshini, tasma yoki zanjirini va boshka
asbob-uskunalarini tezda ishdan chikarishi mumkin.
Kovshli elevatorlar o‘rnatilishi tusiga muvofik: vertikal (3.10-rasm, a, b, d)
va kiya (3.10-rasm, e); tortuvchi organiga ko‘ra tasmali va zanjirli; kovshlarining
xarakat tezligiga binoan esa tez yuradigan va sekin yuradigan elevatorlarga
bo‘lmadilar. Tez yuradigan elevatorlarda yuk kovshdan markazdan kochma kuch
ta’sirida uloktirilib to‘kiladi, sekin yuradigan elevatorlarda esa kovsh
to‘ntarilganida yukning o‘zi erkin to‘kiladi.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |