5. OLINGAN NATIJALAR.
3-jadval
Dvigatelni sildindrlarini o‘lchash natijalari.
Gilzani balandligi bo‘yicha bo‘linishi
|
O‘lchash turi
|
O‘lchash natijalari, mm.
|
1
|
2
|
3
|
4
|
15
|
Tirsakli valning o‘qi bo‘yicha (1-1). Shatunning xarakati bo‘yicha (3-3) farqi ( ovalnost )
|
|
|
|
|
30
|
Tirsakli valning o‘qi bo‘yicha ( 1-1).Shatunning xarakati bo‘yicha (3-3) farqi ( ovalnost )
|
|
|
|
|
60
|
Tirsakli valning o‘qi bo‘yicha ( 1-1) Shatunning xarakati bo‘yicha ( 3-3) farqi ( ovalnost )
|
|
|
|
|
90
|
Tirsakli valning o‘qi bo‘yicha (1-1). Shatunning xarakati bo‘yicha ( 3-3) farqi ( ovalnost )
|
|
|
|
|
140
|
Tirsakli valning o‘qi bo‘yicha ( 1-1). Shatunning xarakati o‘qi bo‘yicha ( 3-3 ) farqi (ovalnost )
|
|
|
|
|
200
|
Tirsakli valning o‘qi bo‘yicha (1-1). Shatunning xarakati o‘qi bo‘yicha ( 3-3)
|
|
|
|
|
Silindrlarkonusligi
|
Tirsakli val o‘qi bo‘yicha ( 1-1). Shatunning xarakati bo‘yicha ( 3-3).
|
|
|
|
|
Konuslik quyidagicha hisoblanadi.
bu yerda: D-15 chuqurlikdagi o‘lcham ;
d- 200 chuqurlikdagi o‘lcham ;
Silindrdagi yeyilishi epyurasini chizish kerak. Kesim epyurasini chizish uchun silindrni 30 va 90 chuqurlikdagi sxemada ko‘rsatilgan 2-2; 4-4 qolgan kesimlari o‘lchaniladi. So‘ng 1-1; 2-2; 3-3; 4-4 o‘lchamlarini qo‘yib kesimni yeyilish epyurasini chiziladi. Silindrni yeyilishidan hosil bo‘lgan konusini epyurasini chizish uchun vertikal chizilgan o‘qiga 15,30,60,90,140 va 200 pog‘onalarda olingan kesim (diametr) o‘lchamlarini qo‘yiladi.
6.X U L O S A
Olingan natijalar asosida fikrlaringizni yozing
Labaratoriya ishi № 2
Mavzu: Tirsakli vallarning nuqsonlarini aniqlash.
1. ISHNING MAQSADI:
Detal (val)ni ishchi yuzalarini yeyilish darajasini, ularni o‘lchash usullari bilan nuqsonlarini o‘rganish, yeyilish xarakterlarini va sabablarini o‘rganish.
2. MASHG‘ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR.
2.1.Ish joyi bilan tanishish.
2.2.Yeyilgan vallarning bo‘yinlarini va chig‘anoq uzunliklarini o‘lchash.
2.3.Eyilish sxemasini o‘rganish.
2.4.Asbob uskunalardan foydalanishni o‘rganish.
2.5.Detallarni saralashni o‘rganish.
3.ISH JOYIDAGI KERAKLI JIHOZLAR.
3.1.Tekshirish uchun ma’lum muddatlarda ishlagan turli markadagi dvigatel vallari.
3.2. Mikrometrlar, indikatorlar, shtangentsirkullar.
3.3. Tirsakli vallar qo‘yilgan moslama.
3.4. O‘lchash ishlari olib borish uchun verstak.
4. ISHNING MAZMUNI VA BAJARILISH TARTIBI.
4.1. Tirsakli vallarga xos nuqsonlar. Ko‘pincha, o‘zak va shatun bo‘yinlari yeyiladi va shikastlanadi (sirti shilinadi,chuqur chiziqlar tushadi va x.k.)
taqsimlash shesternyasi, maxovik, shkivlar o‘rnatiladigan joylar yeyiladi, moy qaytarish rezbasi yeyiladi, val toretsidagi sharikli podshipnik turadigan teshik hamda xrapovik qadaladigan rezba yeyiladi yoki shikastlanadi. Maxovik uchun mo‘ljallangan flanetsning toretsi urila boshlaydi, undagi maxovikni maxkamlash boltlari o‘tadigan teshiklar yeyiladi, val egiladi.
4.2. Tirsakli val bo‘yinlari yeyilishini tekshirish. Tirsakli val, ayniqsa, tirsakli valning shatun bo‘yinlari bir meyorda yeyilmaydi: uzunligi bo‘ylab ular konus shaklini, aylanasi bo‘ylab esa oval shaklini oladi. O‘zak bo‘yinlar yeyilish natijasida faqat oval shaklini oladi. Shatun bo‘yinlarining konus shaklida yeyilishiga quyidagilar sabab bo‘ladi: detallarni tayyorlash vaqtida yo‘l qo‘yiladigan to‘g‘ri geometrik shakldan og‘ish natijasida hosil bo‘ladigan qiyshiqliklar; dvigatel ishlagan paytda tirsakli val elastik deformatsiyalanishi; shatun bo‘yinlariga moy keladigan kanallarning qiya joylashganligi, bu moyning seperatsiyalanishiga sabab bo‘ladi (markazdan qochma kuch ta’sirida abraziv zarrachalar kanalining val aylanish o‘qidan uzoqroq devoriga o‘tiradi). Abraziv zarrachalarning asosiy qismi moy kanalidan chiqib, kanal qiyshaygan tomonining qarama-qarshi tomoniga yo‘naladi, natijada bo‘yinning ana shu qismi jadal yeyiladi.
Bo‘yinlarni oval shaklida yeyilishiga sabab gazlarning bosimi va krivoship-shatunli mexanizm detallarining inertsiya kuchi ta’sirida vujudga keluvchi ishorasi o‘zgaruvchan yuklanishlardir. Shatun bo‘yinlari valning aylanish o‘qiga qaragan tomonida eng ko‘p yeyiladi. Tirsakli val bo‘yinlarining holati yaxshilab yuvilgandan so‘ng tekshiriladi. Bo‘yinlarni ta’mirlanishi talab qiluvchi sidirilishlar, chuqur chiziqlar va boshqa nuqsonlar bo‘lmasa o‘lchamlarni tekshirishga kirishiladi. Ovallik va konuslik kattaligini aniqlash uchun bo‘yinlar diametrini mikrometr bilan I-I va II-II kesimlarda o‘lchanadi. Bu kesimlar bo‘yin chetlaridan 10 mm qo‘yib olinadi. Bo‘yinlarning o‘lchamlari ikki o‘zaro perpendikulyar tekisliklar A-A va V-V da ham o‘lchanadi. Bu tekisliklardan biri valning simmetriya tekisligi ustiga tushadi.
Tirsakli val bo‘yinlarini charxlash yoki charxlamaslik ularning umumiy texnik holatiga qarab aniqlanadi. Agar bo‘yinlarning ovalligi va konusligi hamda podshipniklardagi tirqishlar oraligi ko‘rsatilgan qiymatlardan shmasa, shuningdek bo‘yinlarda sidirilish, chuqur chiziqchalar, yoriqlar va boshqa nuqsonlar bo‘lmasa, tirsakli val bo‘yinlari charxlanmaydi va bundan keyingi ishlatishga yaroqli hisoblanadi (odatda shatun, bo‘yinlarining ovalligi 0.05-0.06 mm gacha, o‘zak bo‘yinlariniki -0.06-0.08 mm. gacha, dvigatellarning turli tiplari uchun shatun podshipniklaridagi tirqish 0.015-0.25 mm. o‘zak podshipniklaridagi tirkish -0.25-0.30 mm bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi).
Bu shartlar valning podshipniklar bilan komplektligi saqlangan holda, ya’ni bir-biriga moslashgan juftlar mavjud bo‘lgan xoldagina yaroqli hisoblanadi. Vkladishlar almashtirilgan yoki podshipniklar qo‘yib tiklangan holda tirsakli val bo‘yinlari va podshipniklaridagi tirqishlar normal texnik shartlarga mos kelishi lozim.
Tirsakli valning chig‘anag‘ini uzunligini aniqlash uchun uni pastki holatidagi o‘lchami (r) va yuqori xolatdagi o‘lchami (N) aniqlanadi.
Tirsakli valni chig‘anog‘ini uzunligini aniqlash. Kesim chig‘anoq uzunligi (r) quyidagicha aniqlanadi.
h N
Rasm 3. Tirsakli val chig‘onog‘ini aniqlash moslamasi
Dvigatel tirsakli vali bo‘yinlarining o‘lchamlari
1-jadval
Bo‘yinni kesimlar
dagi o‘lchami
|
O‘lchashning turi
|
Bo‘yinni o‘lchash natijasi, mm
|
Shatun uchun bo‘yin
|
Tayanch uchun bo‘yin
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
Oldingi
|
Tirsak tekisligidagi tirsak tekisligiga perpendikulyar farq (ovalnost)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
O‘rtasi
|
Tirsak tekisligidagi tirsak tekisligiga perpendikulyar farq (ovalnost)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
Ketidan
|
Tirsak tekisligidagi tirsak tekisligiga perpendikulyar farq (ovalnost)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |