1. ISHNING MAQSADI:
Dvigatel gilzalarini, silindrlarini ishchi yuzalarini nuqsonlarni o‘rganish, nuqson sabablarini o‘rganish va saralash ishlarini bajarish.
2. MASHG‘ULOT UCHUN TOPSHIRIQ.
2.1. Ish joyi bilan tanishish.
2.2. Yeyilgan silindrlarni o‘lchash va shu asosida saralash.
3. ISH JOYIDAGI KERAKLI JIHOZLAR.
3.1. Saralash va o‘lchash ishlari olib borish uchun turli markadagi dvigatel silindrlaridan namunalar ;
3.2.O‘lchov asboblari indikatorlar, nutrometr, shtangensirkul.
3.3.O‘lchov ishlarini olib borish uchun taglik.
3.4. Silindrlar quyish uchun moslama.
4. ISHNING MAZMUNI VA BAJARISH TARTIBI.
4.1. Silindrlarning yeyilishi. silindrlarda uchraydigan asosiy nuqsonlar ish sirtining yeyilishi va zanglashi, unda chiziqlar va sidirilishlar paydo bo‘lishidir. Silindrning ish sirti balandligi bo‘ylab ham, diametri bo‘ylab ham bir me’yorda yeyilmaydi. Yeyilgan silindrning shakli balandlik bo‘ylab og‘ma konusga, diametri bo‘ylab esa ovalga o‘xshab ketadi. Porshenning yuqori chekka nuqtasidagi vaziyatda ustki bosim hosil qiluvchi xalqaning tegib turadigan joyi eng ko‘p yeyiladi.
Silindrning balandligi bo‘ylab bir me’yorda yeyilmasligiga sabab ish jarayonida xalqalar pastga xarakatlanayotganda va siqish taktida yuqoriga xarakatlanayotganda xalqalar orasida gazlar bosimining o‘zgarishidir. Pastki va yuqorigi chekka nuqtalar porshen xarakat yo‘nalishining o‘zgarishi moy qatlamining uzilishiga va yarim suyuqlikni va xatto chegaraviy ishqalanishning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Silindrning yuqori qismida yuqori xarorat hosil bo‘lib, ishqalanish yanada murakkablashadi, buning natijasida qisman moy kuyadi, moy qatlami yuvilib ketadi va zanglash vujudga keladi.
Silindr sirtining tirsakli val o‘qidan o‘tuvchi tekislikda yotuvchi qismi aylana shaklida yeyiladi. Bunga sabab dvigatel ishlab turgan paytda detallarning, xususan tirsakli valning deformatsiyalanishi detallarning chetlanishlar chegarasida aniq tayyorlanmasligi va aniq yig‘ilmasligidir (tirsakli val o‘zak va shatun bo‘yni o‘qiga nisbatan paralelmasligi va x.k). Silindrlarning ish sirtidagi chiziq va sidirilishlar silindrga moy va xavo bilan birga tushib qoluvchi abraziv zarrachalar tahsiri natijasida paydo bo‘ladi. Porshen barmog‘i bo‘shab qolsa, silindrning ish sirtida yirik sidirilishlar paydo bo‘lishi mumkin. Porshen xalqalari uzoq vaqt turib qolsa, juda ko‘p chiziq va sidirilishlar hosil bo‘ladi. Moy filtri va havo tazalagichga yaxshilab qarab turish yo‘li bilan abraziv yeyilishni kamaytirish mumkin.
Silindrlarning qanchalik yeyilishi indikatorli nutromer bilan o‘lchanadi. Masalan, traktor dvigatellarining gilzalarida yuqori poyasda, gilzaning yuqori qirrasidan 30-35 mm masofada o‘lchanadi.
4.2. Silindrni tekshirish. Dvigatellarni silindrlari yoki gilzalari balandligi bo‘yicha konussimon yeyiladi, aylanma bo‘yicha esa tuxum shaklida yeyilishi silindrni geometrik o‘qiga mos kelmaydi. Silindrni konusligi (gilza) olinib aylanasi sxemada ko‘rsatilgandek 8 bo‘lakka ajratib chiziladi. Silindrni balandligi bo‘yicha jadval yordamida 15,30,60,90, 140 va 200 nisbatda bo‘linadi.
2 4 I
1 8
3 2 7 3 I
3 6
4 5
4 2 I
1 I
Rasm 4. Silindrni bo‘laklarga ajratib chizish.
Ko‘rsatilgan xar bir chuqurlikda tirsakli valni o‘qiga, ya’ni I-I kesimda va shatunning xarakat bo‘yicha ya’ni III-III kesimda silindrni diametri o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |