Laboratoriya ishi № 10
Mavzu: Yarim o‘qlarni tiklashda tokarlik ishlov aniqligi.
1. Ishning maqsadi:
Yarim o‘qlarni tiklashda tokarlik ishlovlarni nuqsonlarini aniqlash va darzlarini tiklash texnologiyasini o‘rganish.
2. Mashg‘ulot uchun topshiriqlar.
2.1. Ish joyidagi jixozlar bilan tanishing.
2.2. Detallarni nazorat qilish va tekshirish bo`yicha o`lchash ishlarini bajaring.
2.3. Yarim o‘qlarni nuqsonlarini aniqlang.
2.4. Yarim o‘qlarni darzlarini tiklash texnologiyasini tuzing.
3. Ish joyidagi kerakli jihozlar:
3.1. Tekshirish uchun ma’lum muddatlarda ishlagan turli hil yarim o‘qlar.
3.2. Mikrometrlar, indikatorlar, shtangentsirkullar va lupa (x30)
3.3. Tokarlik dastgohi.
3.4. O`lchash ishlari olib borish uchun verstak.
4. Ishni mazmuni va bajarish tartibi.
Uzun tirsakli vallar zagotovkalarining asosiy bo`yinlarini yo`nishda o`rta asosiy bo`yini bo`yicha tayanch qilib markazlarga o`rnatiladi. Buning uchun o`rta asosiy bo`yin dastlab tokarlik va jilvirlash dastgohlarida ishlov beriladi. Tokarlik ishlov berish uchun odatda, ikki tomonlama yuritmali ko`p keskichli maxsus dastgohlardan foydalaniladi. Bu dastgohlarda zagotovka ikkita patrondagi markazga o`rnatiladi (19.3-rasm). Dastgoh konstruksiyasida ishlov berish jarayonida o`zgarmas kesish tezligini ta’minlash uchun shpindelning aylanishlar sonini pog‘onasiz o`zgartirish ko`zda tutilgan. Dastgoh bo`yinni 0,2-0,3 mm gacha aniqlikda (IT 5-IT7 bo`yicha) va R=40 sirt g‘adir-budirlikda yo`nishga imkon beradi. Val bo`yinlarining tepishi 0,3-0,5 mm ga teng.
Tokarlik ishlov berilgandan keyin o`rta bo`yin qirqib olish usulida lyunet osti uchun jilvirlanadi. Bo`yin bilan bir paytda bo`yin toresi va galtellar jilvirlanadi. Bunday hollarda jilvirlash dastgohlarida zagotovka markazlarga o`rnatiladi, zagotovkaning aylanma harakati esa povodkali patron yordamida amalga oshiriladi. Jilvirlanadigan bo`yin, odatda, sozlanadigan lyunetga tayanadi va bo`yin diametrining ishlov berish aniqligi IT3 kvalitet atrofida bo`ladi. O`rta asosiy bo`yindan qo`shimcha tayanch sifatida foydalanib keyingi operasiyalarda qolgan asosiy bo`yinlar, flanes va oldingi pog‘onali keti yo`niladi; shu bilan bir paytda bo`yin toresi, flanes va galtellar yo`niladi. Buning uchun markaziy yuritkichli ko`p keskichli tokarlik yarim avtomatlar qo`llaniladi. Bu dastgohlarda zagotovkalar markazlarga o`rnatiladi, markaziy asosiy bo`yin esa lyunetga o`rnatiladi (19.4-rasm). Yetaklash tortqisi vazifasini o`rta bo`yinning jag‘i o`taydi. Ushbu operatsiyada bir paytning o`zida qolgan asosiy bo`yinlar (o`rta bo`yindan tashqari), valning pog‘onali keti, flanes yo`niladi, jag‘ning va galtelning toreslari kesiladi. Bo`yinlar radial prizmatik keng keskichlar bilan yo`niladi, bu keskichlar oldingi va ketingi supportlarga o`rnatilgan bo`ladi. Tokarlik ishlov berishning ikkinchi usuliga o`tish uchun, ya’ni shatunli bo`yinlarni yo`nish uchun aniq asosiy bazalarni (asosiy bo`yinlarni) tayyorlab olish zarur.
6.OLINGAN NATIJALAR
№
|
O‘lchanadigan parametrlar
|
O‘lchov natijasi
|
Texnik sharti
|
Xulosa
|
1.
|
Yarim o‘qlarga to‘karlik ishlov berish aniqligi
|
|
0.01-0.02
|
|
2.
|
Yarim o‘qlarni ilashish shesternyalariga to‘karlik ishlov berish aniqligi
|
|
|
|
3.
|
Yarim o‘qlarni g‘ildirak gupchagi o‘rnatish uchun shlitsiga ishlov berish aniqligi
|
|
|
|
7. XULOSA
1. Forma tuldiriladi. 2. Texnik sharti,jixozlari,moslamalari,asbob-uskunalari va ishlov berish rejimini xisobga olgan xolda yarim o‘qlarga to‘karlik ishlov berish
jarayonini texnologik sxemasini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |