5. ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. Elektrokontakt usulida payvandlash jarayonining mohiyati qisqa yoziladi.
2. Elektrokontakt usulida payvandlash turlarining sxemasi chiziladi.
3. 011-1-02 “Remdetal” elektrokontakt payvandlash qurilmasining tuzilishi va ishlash qoidasi o‘rganiladi.
4. Namunaga po‘lat lentani payvandlab,sifati tekshiriladi.
5. Payvandlangan yuza ishchi o‘lchamigacha jilvirlanadi.
6. Ish yuzasidan xulosa yoziladi.
6. XULOSA
Olingan natija asosida o‘z fikringizni ayting.
Laboratoriya ishi № 6
Mavzu: Gilza silindrlarni ta’mir o‘lchamlariga tiklash.
1.ISHNING MAQSADI.
Blok silindrlarini buzuqliklarini aniqlash uslubini o‘zlashtirish va tiklash texnologiyasini o‘rganish.
2.MASHG‘ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR.
2.1.Ish joyidagi jihozlar bilan tanishish:
2.2.Silindrlarni ruxsat etilgan va chegaraviy o‘lchamlarini, shaklini egallagan joyini va ko‘zga tashlanadigan buzuqliklarini o‘rganish:
2.3.Ta’mirda turgan silindlarni va blok silindrlarni defektovka qilish va kartasini to‘ldirish ;
2.4. Ta’mirlash texnologiyasi va turlarini o‘rganish.
3.ISH JOYIDAGI KERAKLI JIXOZLAR.
Tekshirilgan blok silindrlari, gilza silindri, mikrometrlar, shtangentsirkul, indikatorli nutromerlar, tekshiriladigan plita, gidravlik sinash uchun stend KP-0406 markali.
4.ISHNING MAZMUNI VA BAJARISH TARTIBI.
Silindrlarni ta’mirlash usullari: ta’mir o‘lchamlari. Silindrlar belgilangan : ta’mir o‘lchamigacha yo‘nib kengaytiriladi, so‘ngra ularga xoninglab yoki shilifovkalab ishlov beriladi. Gilzasi almashtirib qo‘yilmaydigan dvigatellarning silinrlari barcha o‘lchamlaridan foydalanib bo‘lgandan so‘ng,(silindr diametri 1,5mm ga kattalashgandan so‘ng) qayta ta’mirga berilib, gilzalar tiklanadi, so‘ngra ishlov berib normal o‘lchamga keltiriladi. Shundan so‘ng, ularni ta’mirlashning siklini takrorlash, bunda porshenlarning ta’mir o‘lchamlaridan birin-ketin foydalanish mumkin.
Silindrlar (gilzalar) vertikal olmos yo‘nish stanoklarida VK-2 yoki VK-3M markali qattiq qorishmadan qilingan plastinkali kesgichlar bilan yo‘nib kengaytiriladi. Avtomobil dvigatellarining silindrlari bloki usti tekisligiga o‘rnatiladigan ko‘chma yo‘nish stanoklarida ham yo‘nib kengaytirilishi mumkin.
Avtomobil dvigatellari (yurgizib yuborish dvigatellari) bloklarini yo‘nib kengaytirishda silindrlar o‘qlari orasida masofa saqlanadi va o‘qiga nisbatan perpendikulyar vaziyatiga rioya qilinadi. Moy karterining silindrlar blokiga tutashadigan sirti va silindrning ustki chetidan olingan faska, shuningdek, silindrning yuqori qismidagi yeyilmagan qismi blokni o‘rnatishda ba’zan sir vazifasini o‘taydi. Silidrlar gilzalarini yo‘nib kengaytiradigan baza sifatida ustki va pastki o‘tkazish oyaschalari olinadi. Gilgzalarni yo‘nib kengaytirishda o‘lchamiga yetkazish (xoninglash) uchun 0,06-0,12mm (avtomobil dvigatellarining silindarlari uchun 0,04-0,10mm) orasida quyim qoldiriladi. Silindrlarni aniq o‘lchamga yetkazish va abraziv bruschalar bilan yupka qirindilar olib, silliq sirt hosil qilish xoninglash deyiladi.
Silindrlar vertikal xoninglash stanogida, bunday stanoklar bo‘lmaganda esa vertikal parmalash stanoklarida o‘lchamiga yetkaziladi. Abraziv bruschalar mahsus kallakka mahkamlab qo‘yiladi. Kallak stanok shpindeli bilan sharnirli biriktiriladigan hamda undan aylanma va ilgarlama-qaytma xarakat oladi.
Silindrlarga to‘g‘ri geometrik shakl berish uchun abraziv bruschalar xoninglash vaqtida silindrning ikki tomoniga taxminan uzunliklarining 1/5-1/3 qismiga chiqib turishi lozim. Bruschalar silindrdan juda chiqib tursa, u "kor set " shaklini, yetarlicha chiqib turmasa, (qoplash, p) silindr burchaksimon shaklini oladi. Xoninglash paytida silindr ichiga uzliksiz ravishda sotuvchi suyuqlik (kerosin yoki 80-90% li kerosin bilan mashina moyi yoki urchuk moyi aralashmasi) berib turiladi. Suyuqlik silindr devorlarini sovitibgina qolmay, ulardan va bruschalardan abraziv zarrachalar hamda mayda qirindilarni ham yuvib turadi.
Mexnat unumdorligini oshirish va sirtning tozaligini ta’minlash uchun o‘lchamga yetkazishni ikki operatsiyaga bo‘lib, ya’ni yuzaki va uzil-kesil xoninglab olib borish tavsiya qilinadi. Yuzaki xoninglashda yirik donli abraziv bruschalardan foydalaniladi va kallak sekin aylantiriladi.Uzil-kesil xoninglash uchun 0,01-0,03 mm qo‘yim qoldiriladi. Yuzaki xoninglash uchun donadorligi 80-150 va qattiqligi SM2-SK-K bo‘lgan bruschalar qo‘llaniladi.
Silindrlar faqat yo‘nib kengaytirilganda yoki silliklangandan keyingina xoniglanmaydi. Agar traktor dvigatelining remont qilinadigan gilzasining ichki diametri nominal o‘lchamdan 0,15mm dan ko‘p farq qilmasa, uni yo‘nib kengaytirib o‘tirmay, nominal o‘lchamdan 0,20mm kattalashtirilgan birinchi remont o‘lchamigacha xoninglanadi.
Gilzaning xoninglangan ichki diametri o‘lcham uchun belgilangan dopusk oralig‘ida bo‘lishi lozim. Gilzaning avvalgi va konusli ko‘pi bilan 0,03mm bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Silindr sirtining tozaligi etalonlariga solishtirib ko‘rish yo‘li bilan tekshiriladi yoki profilometr bilan nazorat qilinadi. Ustki va pastki o‘tkazish poyaschalarining traktor gilzalarining ichki sirtiga nisbatan tepishi 0,1mm dan oshmasligi kerak (devorning turlichaligi yaqqol sezilib turgan joylar belgilab qo‘yiladi) devorning turlichaligi mahsus moslama indikator bilan yoki shatunlarni tekshirishga mo‘ljallangan asbobda tekshiriladi.
Detal birikmalarni tartibli qilib ajratishni texnik nazorat qilish davri defektovka qilish deyiladi.
Detalni defektovka qilishda yeyilish mikdoriga qarab remont qilmasdan yaroqlikka ajratiladi. Bloklarni defektovka qilish ishi KP-04-06 stendida gidravlik sinash ishidan boshlanadi. Blokni stendga mahkamlash ishida, tashqi teshigi qopqoq bilan berkitiladi. Stenddagi nasos yordamida blok teshiklari va golovka ichki yo‘llari suv bilan to‘ldiriladi va 0,4-0,5MPa bosim hosil qilinadi.
Bosim manometr yordamida nazorat qilinadi. Sinov 5 minut ichida o‘tkaziladi. Turtkich qo‘yiladigan teshikdagi vtulka taqsimlash vali vtulkasi, oraliq shesternya barmog‘i yeyilishi indikatorli nutromer yordamida o‘lchanadi, qaysiki ikkita tekislikda va ikkita kesimda. Yeyilgan silindrlar GOST 18509-80 bo‘yicha o‘lchanadi va tekshiriladi. Silindrlarning ichki diametri 4 ta tekislikda va kamida 7 kesimda o‘lchanadi.
Dvigatel silindrlarini tiklash. Ishni bajarish tartibi. Silindrlarni ishchi sirtlarini holatini tekshiriladi va hamma silindrlarni xar xil tekislikda va navbatdagi remont o‘lchami aniqlanadi. Yo‘niladigan blok yoki gilza moslama yordamida 278N tipli stanok stoli ustiga o‘rnatiladi, shu tariqa yo‘niladigan silindr shpindel yoniga joylashtiriladi. Shpindel silindr ichiga tushiriladi va markazga keltiriladi, ya’ni sterjenni vintini jilvirish bilan birga shpindelni bir vaqtda aylantirish orqali shpindelni quyi silindr o‘qi bilan ustma-ust tushadi. Silindrlar bloki stol ustida erkin xarakatlanadi. Blokni yana ham aniqroq o‘rnatish uchun shpindel o‘qi atrofida soat tipidagi indikatorli moslamadan foydalaniladi.
Blokni markazga keltirgandan keyin dastgox ustuniga mahkamlab qo‘yiladi.
Rezetsni o‘lchamga sozlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
bu yerda: R- Mikrometr rastvor o‘lchami, mm
Ds-silindr diametri,mm
Dg-qirqadigan golovka diametri, mm
K-xonigovaniya qilish uchun quyim 0,05-0,07mm
Rezets yo‘niladigan o‘lchamga qo‘yiladi. Keyin jadval bo‘yicha qirqish rejimi tanlanadi va stanokni shpindelini aylanish chastotasi hisoblanadi.
bu yerda: V- qabul qilingan qirqish tezligi.
Silindrlarni yo‘nishda qirqish rejimi.
Jadval
Ishlov beriladigan material
|
Asboblar qirquvchi material
|
Yo‘nish ko‘rinishi
|
Qirqish rejimi
|
Tezlik m/s
|
Qirqish chuqurligi,mm
|
Uzatish mm/ayl
|
Legirlanmagan cho‘yan
|
Qotishmadan tayyorlangan plastina
|
Xomaki toza
|
0,34...0,5 0,37...1.0
|
2...4
0,25
|
0,3-0,7
0,1-0,4
|
Dastgoxni pasporti bo‘yicha shpindelni aylanishlar chastotasini tanlaymiz. Yo‘nish ishi silindrni boshidan oxirigacha bir o‘tishda bajariladi. Blokni boshqa silindrlari ham shu bir hil o‘lchamda yo‘niladi. Silindr yo‘nilgandan keyingi konussimonligi va ovvaligi silindrni to‘la uzunligiga 0,03 mm gacha ruxsat etiladi. Sirtni gadir- budirligi 6-chi klassdan kam bo‘lmasligi kerak. Kesilgan silindrlarga ohirgi ishlov beriladi (xoninglash) Xoninglash ishi 38-39M markali dastgoxda o‘tkaziladi. Xoniglash ishida abraziv yoki olmosli toshlar ishlatiladi va ular mahsus golovkalarga mahkamlanadi. Xoning qilingandan keyingi sirtni tozaligi 3-chi klassga javob berishi kerak. Silindrni avvalgi 0,02-0,03 mm dan oshmasligi kerak.
5.OLINGAN NATIJALAR.
5.1.Olingan natijalarga asosan yeyilishni xarakterini va dvigatel bloklarini yorilgan joylarini aniqlang.
5.2.Gilza silindrlarini ovalligini aniqlang (ovallikni A-A,B-B,V-V,G-G, qirqimlardagi o‘lchamlarni farqlari bo‘yicha oling). (200-15)g
5.3.Konussimonlik quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu yerda: D-chuqurlik boshidagi o‘lcham 15mm
d -chuqurlik oxiridagi o‘lcham 200mm
5.4. Silindrlarni remont o‘lchamiga yoki nominal o‘lchamiga tiklash texnologiyasini ishlab chiqing.
5.5. Silindrlarni yo‘nish va xoning qilish bo‘yicha to‘la yozuv qismini tuzing.
O‘LCHOV NATIJALARI
T/r
|
Silindr parametrlari
|
Silindrlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
1
|
Silindrlarni eng katta yeyilgan o‘lchami, mm
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Tanlab olingan ta’mir o‘lchami , mm
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Xoninglashdan keyingi o‘lcham, mm
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ZMZ-53 Dvigatelini silindr va porshenlario‘lchamlari.
O‘lcham
|
O‘lcham guruh
|
Diametr, mm
|
Silindr, mm
|
Porshen, mm
|
Nominal
|
A
|
92,000....92,012
|
91,998....92,000
|
B
|
92,012....92,024
|
92,000....92,012
|
V
|
92,024....92,036
|
92,012....92,024
|
G
|
92,036....92,048
|
92,024....92,036
|
D
|
92,048....92,060
|
92,036....92,048
|
Birinchi ta’mir
|
1A
|
92,048....92,060
|
92,036....92,048
|
1B
|
92,512....92,524
|
92,500....92,512
|
1V
|
92,524....92,536
|
92,512....92,524
|
1G
|
92,536....92,548
|
92,524....92,536
|
1D
|
92,548....92,560
|
92,536....92,548
|
Ikkinchi ta’mir
|
2A
|
93,000....93,012
|
92,988....93,000
|
2B
|
93,012....93,024
|
93,000....93,012
|
2V
|
93,024....93,036
|
93,012....93,024
|
2G
|
93,036....93,048
|
93,024....93,036
|
2D
|
93,048....93,060
|
93,036....93,048
|
7.XULOSA.
Olingan natijalarga qarab o‘z fikringizni bildiring, ya’ni qanday qilinsa sifatli remont qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |