Transport va logistika



Download 1,74 Mb.
bet13/15
Sana12.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#546794
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
TVDIQT ЛАБОРАТОРИЯ

Laboratoriya ishi № 9
Mavzu: Cho‘yan va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan bloksilindrlar darzalarini tiklash.
1.ISHNING MAQSADI:
Slindrlarlar blokini nuqsonlarini aniqlash va darzlarini tiklash texnologiyasini o‘rganish.
2. MASHG‘ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR.
2.1.Ish joyidagi jixozlar bilan tanishing.
2.2.Detallarni nazorat qilish va tekshirish bo‘yicha o‘lchash ishlarini bajaring.
2.3.Slindrlarlar blokini nuqsonlarini aniqlang.
2.4.Slindrlarlar blokini darzlarini tiklash texnologiyasini tuzing.
3.ISH JOYIDAGI KERAKLI JIXOZLAR:
3.1. Tekshirish uchun ma’lum muddatlarda ishlagan turli hil slindr bloklari.
3.2. Mikrometrlar, indikatorlar, shtangentsirkullar va lupa (x30)
3.3. Pnevmatik pribor.
3.4. O‘lchash ishlari olib borish uchun verstak..
4.ISHNI MAZMUNI VA BAJARISH TARTIBI.
Ichki yonuv dvigatellarining asosiy detali xisoblanadigan slindrlar bloki murakkab konstruksiyaga ega. Slindrlar blokini tayyorlashning, demak, ularni tiklashning o‘ziga xos tomoni, ular o‘lachamlarining yuqori aniqlikda tayyorlanishini va tekislik xamda o‘tqazish teshiklarining o‘zaro aniq joylashivuni ta’minlashdan iborat. Masalan, o‘zak va tayanch teshiklarining o‘qlari slindrlar gilzasi teshiklarining o‘qlariga nisbatan perpendikulyarlikdan og‘ganligi; o‘zak tayanch teshiklarining konussimonligi va ovalligi; slindrlar kallagi ostidagi yuzaning tekislikdan og‘ishi.
Slindrlar blogida uchraydigan nuqsonlar: bloknong o‘yilishlari;gilza o‘tiradigan uyalar orasidagi peremichkalar va gilza o‘tqazilaqigan joylardagi darzlar; tub tayanch teshiklarining deformasiyalanishi,yeyilishi va noo‘qdoshligi; gilza o‘tqaziladigan joylarning deformasiyalanishi yoki yeyilishi; rezbali teshiklarning shikastlanishi; turtkich teshiklarining yeyilishi; yuqori sirtning tob tashlashi; taqsimlash vali vtulkasi kiradigan teshikning yeyilishi va boshqa nuqsonlardan iborat.Tiklanadigan slindrlar blokida bir qancha nuqsonlar mavjud bo‘lib, ularning asosiy sirtlarini tiklash uchun texnikaviy shartlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
1-javal
Slindrlar blokining asosiy sirtlariga ishlov berish aniqligining texnik shartlari

PARAMETRLAR NOMI

PARAMETRLAR QIYMATI

Tekislikdan og‘ish:
Blokning 100 mm uzunlikdagi yuqori va pastki sirtlari,
ko‘pi bilan
oldingi va ketingi torets sirtlari (50 mm uzunlikdagi),
ko‘pi bilan
yon sirtlar, ko‘pi bilan

0.02…0.08

0.05
0.015



O‘lchamlar aniqligi, kvalitet:
Gilza uyasi
O‘zak tayanchlarning teshiklari
Taqsimlash vali uchun teshiklar
Elementlarning yo‘naltirish vtulkalari uchun teshiklar

7…..8
6


7….8
7….8

Ko‘nussimonlik va ovalilik:
Slindrlar gilzasi uchun teshiklar, mm
O‘zak tayanchlar teshiklari, %

0.01…0.025


50….70

O‘zak tayanchlarning o‘qdoshlikdan og‘ishi, ko‘pi bilan

0.02…0.04

Perpendikulyarlikdan og‘ishi, mm
Slindrlar gilzasi uchun teshiklarning o‘zak tayanchlar teshiklarining o‘qiga nisbatan
Blaok ketingi toretsining o‘zak tayanchlar teshiklarining o‘qiga nisbatan (toretsning 100 mm uzunligida)

0.03…0.05

0.07


O‘zak tayanchlar uchun teshiklar bilan taqsimlash vali uchun teshiklar o‘qlarining paralellikdan og‘ishi, mm

0.05…0.08



G‘adir-budirlilik parametri Ra, mm:
Slindrlar gilzasi uchun teshiklar
O‘zak tayanchlar uchun teshiklar
Taqsimlash vallari uchun teshiklar

0.32…0.16


0.32…0.16
1.25…0.63

Slindrlar bloki devorlaridagi darzlar payvandlab berkitiladi yoki epoksid kompozitsiya surkab yamaladi. Payvandlashdan oldin darzlarning uchlarida 4-6 mm diametrli teshiklar parmalanadi, so‘ngra devor qalinligining 80% chuqurligida 90-120º burchak ostida butun uzunligi bo‘yicha silliqlash mashinasi bilan ishlov beriladi. Daezlarni yamashni qizdirib ham, qizdirmasdan ham bajarish mumkin.Slindrlarning cho‘yan bloki 600-650º C gacha qizdirilib, so‘ngra atsetilen-kislorod alangasida payvandlab yamaladi, bunda qo‘shimcha material sifatida diametri 5 mm li cho‘yan chiviq ishlatiladi. Slindrlar bloki payvandlangach, maxsus termosda asta-sekin sovitiladi. Darzlarni qizdirmasdan temir nikelli PANCH-11 simi bilan yoki MNCH-1, OZCH-1, ANCH-1,TSCH-3 va G‘CH-4 markali rangli metal elektrodlari bilan, shuningdek, 1,2 mm diametrli MNJKT kukun sim bilan argon muxitida payvandlash mumkin. Slindrlar gilzasi uchun ochilgan uyalar orasida paydo bo‘lgan darzlar gaz alangasida FPSH-2 flyus qatlami ostida 49-1-10-02 LOMNA kavshari bilan eritib to‘ldiriladi.


Alyuminiy qotishmasidan yasalgan slindrlar blokidagi darzlar o‘zgaruvchan tok bilan argon muhitida UDG-301 yoki UDG-501 qurilmasi yordamida eritib to‘ldiriladi. Qo‘shimcha material sifatida diametri 4-6 mm li AK alyuminiy qotishmasidan yasalgan simdan foydalaniladi.
Payvandlanadigan joy oldindan 300ºC gacha qizdiriladi, payvandlangach, payvand joyi asbest list bilan yopib, slindrlar bloki sekin sovitiladi. Payvand choklar metal oqmalaridan va oksidlardan asosiy metal tekisligi bir tekis bo‘lguncha silliqlash mashinasi bilan tozalanadi.
Teshilgan joylar metal yamoq quyib payvandlanadi, chokning germetikligini ta’minlash maqsadida ustidan epoksid kompozitsiya surkaladi. Bu jarayon quyidagi tartibda bajariladigan amallardan iborat: qo‘yiladigan yamoq va teshilgan joy atrofi 40-50 mm atrofida metal yaltillab ko‘ringuncha tozalanadi; metal yamoq teshikning atrofini 20-25 mmberkitib turadigan qilib payvandlanadi; atseton bilan yog‘sizlantiriladi; teshik atrofiga 40-50 mm enlikda ikki-uch qatlam qilib epoksid kompozitsiya surkaladi; quritiladi.

5.OLINGAN NATIJALAR.


2-jadval




Darzlarni tiklash usuli

Tiklash jarayonida ishlatiladigan materiallar

Choyandan yasalgan slindrlar bloki











Alyuminiy qotishmasidan yasalgan slindrlar bloki









6. XULOSA


Olingan natija asosida o‘z fikringizni ayting.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish