1.3. Аvtobuslаr hаrаkаt tezliklаrini hisoblаsh
1.3.1. O’rtаchа texnik tezlik
O’rtаchа texnik tezlik yo’nаlish uzunligini hаrаkаt vаqtigа nisbаti bilаn аniqlаnаdi:.
; km/soаt,
Vt= *60= 41,4 km/soаt,
Vtor = * 60 = 41,1 km/soаt,
1.3.2.Аloqа tezligi
Аloqа tezligi yo’lovchilаrning yo’nаlish boyichа o’rtаchа qаtnov tezligini bildirib, yo’nаlish uzunligini аloqа vаqtigа nisbаti bilаn аniqlаnаdi:
; km/soаt
Vta= * 60 = 25,4km/soаt
Vaor = *60=24km/soаt
1.3.3.Ekspluаtаtsion tezlik
Ekspluаtаtsion tezlik yo’nаlish uzunligini reys vаqtigа nisbаti bilаn аniqlаnаdi:
, km/soаt
Vte = * 60 = 22,4 km/soаt
Vore= *60=21,9 km/soаt
1.4.Yo’lovchilаr oqimi hаqidа tushunchа
1.4.1. Yo’lovchilаr oqimi hаqidа tushunchа.
Yo’lovchilar oqimi deyilganda bir yo’nalish boyicha qatnayotgan yo’lovchilar miqdori tushuniladi. Yo’lovchilar oqimi epyura shaklida berilib, ma’lum yo’nalish bo’lagi, yo’nalish va yo’nalish, tumandagi yo’lovchilar tashish keskinligini bildiradi.
1.4.2. Yo’lovchilаr oqimini kuzаtishning mаqsаdi, muddаti vа kuzаtish.
Aholining tashishga bo’lgan talabini to’la qondirish va ularga yuqori sifatli transport xizmatini ko’rsatish uchun yo’lovchilar oqimi va ularning tavfsiflari to’g’risidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi:
1. Butun yo’nalish boyicha yo’lovchilarni tashish hajmi
2. Yo’nalishning bo’laklari (bekatlar oralig’i) boyicha yo’lovchilar oqimining taqsimlanishi.
3. Kunning soatlari boyicha yo’lovchilar oqimining xajmini taqsimlanishi.
4. Yo’lovchilar aylanishi.
5. Yo’lovchilarni o’rtacha tashish masofasi.
6. Yo’lovchilarning almashuvchanlik koeffitsiyenti.
Yo’lovchilar oqimi o’rganilayoyotganida ular grafik, epyura, kartogramma, siklogramma yoki jadval ko’rinishida tasvirlanishi mumkin.
Yo’lovchilar oqimi yo’nalishning uzunligi va kunning soatlari boyicha notekis taqsimlanadi.
Yo’lovchilar oqimini kunning soatlari boyicha o’zgarishini ko’radigan bo’lsak unda ikkita yo’lovchi oqimi eng katta bo’lgan davrlarni kuzatish mumkin.Bu davrlar tig’iz vaqt (“pik”) deb nomlanadi.
Yo’lovchilar oqimini kunning soatlari boyicha o’zgarishi “Yo’lovchilar oqimini kunning soatlari boyicha notekislik koeffitsiyenti” orqali tavsiflanadi
Qurt/Q max ;
bu yerda: Qmax - eng katta bir soatlik yo’lovchi oqimi (ikkala yo’nalish boyicha);
Qo’rt - ikkala yo’nalish boyicha yo’lovchi oqimining bir soatlik o’rtacha qiymati.
Yo’lovchilar oqimini yo’nalishning bo’laklari (bekatlar oralig’i) boyicha o’zgarishi “Yo’lovchilar oqimini yo’nalishning bo’laklari boyicha notekislik koeffitsiyenti” orqali tavsiflanadi:
Qo’rt/Q max ,
bu yerda: Qmax – oqimning eng katta bo’lgan yo’nalish bo’lagidagi yo’lovchilar soni.
1.4.3. Yo’lovchilаroqiminikuzаtishusullаri.
Yo’lovchilar oqimi haqidagi statistik ma’lumotlarni har xil usullar yordamida aniqlash mumkin:
- anketa;
- talon;
- ko’z bilan kuzatish;
- jadval; - so’rovnoma;
- chipta.
Shuni ham eslatib o’tish joizki, yo’lovchilar oqimini yalpi (butun Shahar, tuman yoki yo’nalishda qatnayotgan avtobuslar qamrab olinadi) yoki tanlab olish usulida (shaharning, tumanning yoki yo’nalishda qatnayotgan avtobuslarning bir qismi) o’rganish mumkin. Qaysi usuldan foydalanish yo’lovchilar oqimini nima maqsadda aniqlanayotganidan kelib chiqib tanlanadi.
Anketa usuli. Bu usulda yo’lovchilar oqimini o’rganish uchun maxsus anketalar tayyorlanadi va aholiga tarqatiladi. Anketada har bir aholi ma’lum davr oralig’ida necha marta va qay maqsadda transport xizmatidan foydalanishi, qaysi yo’nalishda va qancha masofaga borishi kabi savollar yozilgan bo’ladi
Anketa yordamida olingan ma’lumotlar aholining yo’lovchi transportidan nima maqsadda foydalanishi (ishga, o’qishga yoki madaniy dam olishga borishi), qaysi joydan qaerga borishi va sarflayotgan vaqti, qaysi transport turidan foydalanishi kabi savollarga aniq javob olish imkonini beradi.
Olingan ma’lumotlar aholiga transport xizmati ko’rsatish sifatini baholashda, kelajakda transport tarmog’ini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishda, transport turini tanlashda va shahar transportini planirovkasi kabi masalalarni yechishda foydalaniladi.
Anketa usuli transport oldidagi eng dolzarb masalalarni yechishda eng yaxshi vosita bo’lishi bilan bir paytda bazi bir kamchiliklarga ham egadir. Bunday kamchiliklarga quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:
1. Anketa so’rovini o’tkazishning murakkabligi (anketalarni tayyorlash, ularni har bir xonadonga tarqatish va qayta yig’ib olish).
2. Anketa ma’lumotlarini qayta ishlashga ko’p vaqt sarflanishi.
3. Yo’nalishlardagi yo’lovchilar oqimini kunning soatlari boyicha “tig’iz” paytni va transportlarning harakati va yo’nalishning bo’laklari boyicha taqsimlanishini eng katta qiymatlarini aniq ko’rsata olmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |