O’ZBEKISTON RЕSPUBLIKАSI
ОLIYVАO’RTАMАХSUSTА’LIMVАZIRLIGI
TОSHKЕNTDAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
TRANSPORT TIZIMLARI BOSHQARUVI FAKULTETI
«Transport lоgistikаsi» kаfеdrаsi
“Avtomobillarda tashishni tashkil etish va boshqarish” fanidan
KURS ISHI
Bajardi :268-18 guruh talabasi:Aminboyev Munis
Rahbar :Arifjanova N
Tоshkеnt – 2021
MUNDARIJA
KIRISH
1. HISОB-TЕХNОLОGIKQISMI
1.1. Bеkаtlаr оrаsidаgivа yo’nаlishbo’yichа umumiymаsоfаlаrni аniqlаsh.
Hаrаkаt, аlоqа, rеysvа аylаnmа rеysvаqtlаrini аniqlаsh
Аvtоbuslаrhаrаkаttеzliklаrinihisоblаsh
Yo’lovchilаr оqimihаqidа tushunchа.
Sutkаsоаtlаribo’yichа yo’lovchilаr оqimiepyurаsi.
Kunliktаshilgаnyo’lovchilаrsоnivа bаjаrilgаnyo’lovchi-kilоmеtrlаrni аniqlаsh.
Yo’nаlishdа ishlаshuchunkеrаkli аvtоbuslаrsоni, hаrаkаtintеrvаlivа chаstоtаsini аniqlаsh
Liniyadа аvtоbuslаrningishko’rsаtkichlаrinianiqlash.
Ishlаbchiqаrishdаsturinihisоblаsh.
TАSHKILIYQISM
. Аvtоbusbrigаdаlаriishinitаshkiletishumumiymаsаlаlаlri.
2.2. Аvtоbusbrigаdаlаriishinitаshkiletishning аsоsiyshаkllаri
Kеrаklihаydоvchilаrsоnini , ishsmеnаsinihisоblаsh.
Hаydоvchilаrning оylikishgrаfiklаrinituzish
Yo’nаlishdа аvtоbuslаrhаrаkаtinоzimlikbоshqаruvi
ХULОSА
АDАBIYOTLАR
Kirish
Dunyodagi birinchi avtobus yo’lagi 1940-yilda Chikagoda yaratilgan.
Yevropada birinchi avtobus yo'laklari 1963-yilda Germaniyaning Gamburg shahrida tashkil etilgan bo'lib, o'sha paytda tramvay tizimi yopilib, avvalgi ajratilgan tramvay yo'llari avtobus qatnovi uchun o'zgartirildi. Tez orada Germaniyaning boshqa yirik shaharlari paydo bo'ldi va 1970-yilda avtobus yo'laklarining o'rnatilishi Germaniya avtomobil yo'llarining kodeksida rasmiy ravishda tasdiqlandi. Boshqa mamlakatlardan kelgan ko'plab mutaxassislar (1-bo'lib Yaponiya) Germaniya misolini o'rganishdi va shunga o'xshash yechimlarni qo'llashdi. 1964-yil 15-yanvarda Fransiyadagi birinchi avtobus bo'lagi Parijdagi du Luvr bo'ylab belgilandi. 1968-yil 26-fevralda Londonning birinchi avtobus bo'lagi Voksxall ko'prigida foydalanishga topshirildi.
Jamoat transporti uchun ajratilgan yo’laklar bu ko'pincha ma'lum kunlarda yoki vaqtlarda, odatda tirbandlik kuzatilishi mumkin bo’lgan yo’llarda, jamoat transportida tezlikni oshirish uchun ishlatiladi. Avtobus bo'laklari - bu yuqori sifatli avtobuslarning tezkor tranzit tarmog'ining muhim tarkibiy qismi bo'lib, boshqa transport qatnovi tufayli kechikishni kamaytirish orqali avtobusning harakatlanish tezligini va ishonchliligini yaxshilaydi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida yo'lovchi
tashish transportini yanada rivojlantirish choralari to'g'risida"gi qarori 2017 yilning
11 mart kuni qabul qilindi. Ushbu qarorda 2017-2019 yillar poytaxt Toshkentda
jamoat transporti tizimida qilinishi lozim bo'lgan ishlar istiqboli belgilab berildi.
Unda, xususan, Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyatini yangi bosqichga
ko'tarish, qatnovlar xavfsizligini yanada oshirish, yo'lovchilarga yuqori madaniyatli xizmat ko'rsatish vazifalar ko'rsatib o'tilgan.
Xususan, qarorda Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirishning asosiy
yo'nalishlarini belgilash, shahar aholisining transportga bo'lgan ehtiyojini chuqur
o'rganib, to'liq qondirish, avtosaroylarni yangi, zamonaviy avtobuslar bilan
bosqichma-bosqich ta'minlab borish, metropolitenning yangi bekatlari qurib
bitkazilishi, shaharda olib borilayotgan yangi ko'priklar qurilishlari inobatga olinib
yangi bekat va yo'nalishlar ochish nazarda tutilgan. Shu bilan birga Toshkent halqa
yo'li bilan tutash manzillarda yangi avtoshohbekatlar qurish, xizmat ko'rsatish sifatini yanada oshirish, avtobuslar qatnov jadvali va oraliq masofalarda belgilangan tartibga qat'iy rioya qilib harakatlanishi alohida ko'rsatib o'tildi.
Yurtimizda so’ngi yillarda olib borilayotgan jadal o’zgarishlar va qator islohatlar
iqtisodning zanjiri hisoblanmish transport sohasiga ham o’z tasirini ko’rsatib
kelmoqda. Bugungi kunda poytaxtimiz Toshkent shahrida jamoat transport tizimini
rivojlantirish, yangi tizimlarni amalda tadbiq etishga bo’lgan etibor sezilarli darajada ortib bormoqda.
Ammo hamon Toshkent shahar jamoat transportida bazi muammo va kamchiliklar
foydalanuvchilar soniniga ta’sir ko’rsatmoqda va bugungi sharoitda jamoat transporti masalasini hal etishda juda ko’plab savollarga to’qnash kelamiz. Bu kabi vaziyatda eng avvalo hozirgi holatni aniqlab olish va undan so’ng kerakli strategik choralarni ko’rish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli ushbu kurs loyihasida reja asosida Toshkent shahar jamoat transporti xizmat ko’rsatish holatini hamda yo’lovchilar talabini o’rganish maqsadida tizimida mavjud yo’nalish va qatnovlar orasida eng muhim hududlarni belgilab olamiz. Keyingi navbatta aniqlangan yo’lovchilarning katta qismini tashkil etuvchi asosiy hududlarda o’tkailishi kerak bo’lgan turli so’rovnoma usullarini va anketa usullarini o’rganib chiqamiz. So’ngra
yo’lovchilarning fikrini o’rganish, kerakli tahliliy hulosalar olish maqsadida eng
sodda, tushunarli va samarali bo’lgan so’rovnoma uchun savollar to’plamini tuzib
olamiz. Bunday yondashuv albatta Toshkent shahar jamoat transporti tizimida
yangiliklar yaratishga imkon beradi. Shu jumladan xizmat sifati darajasining
oshishinatijasida yo’lovchilarning safarlarini yaxshilashga, yo’qotilayotgan
soniyalarnitejashga va transport iqtisodiyotining yaxshilanishiga omil bo’la oladi!
Do'stlaringiz bilan baham: |