Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti



Download 0,59 Mb.
bet5/10
Sana18.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#823141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Munis

Talon usuli. Talon usuli yo’lovchilar oqimini o’rganishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lish bilan bir paytda boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish eng ko’p mehnat talab qiladigan usul hisoblanadi.
Talon usulining asosiy maqsadi bekatlarda transport vositasiga chiqayotgan, tushayotgan va tushmay o’tib ketgan yo’lovchilar miqdorini aniqlashdan iboratdir.
Bu usul har bir yo’nalishda yo’lovchilar oqimini kunning soatlari, yo’nalish bo’laklari, harakat yo’nalishi boyicha miqdori va notekislik koeffitsiyentlarini, yo’lovchilarni o’rtacha tashish masofasini, jami bajarilayotgan ish unumdorligini (yo’lovchi va yo’lovchi km.larda) aniqlash imkonini beradi.
Hisobchilar har bir bekatda transportga chiqayotgan yo’lovchilarga qaysi bekatligini belgilab (bekat raqamini belgilab) talonni beradilar va ular tushayotgan bekatda uni qaytarib oladilar va talonga yo’lovchi qaysi bekatda tushgani qayd etilib qoyiladi.
Ko’z bilan kuzatish (chamalash) usuli. Bu usul ancha sodda va shu bilan birga tahminioy bo’lib, yo’lovchilar oqimini yo’nalishning eng ko’p yuklangan bekatlarida o’rganish uchun qo’llaniladi. Buning uchun hisobchilar bekatlarda turib avtobus ichida qancha yo’lovchi borligini 5 balli tizim orqali baholaydilar
- 1 ball – o’rindiqlarning yarmidan bo’sh;
- 2 ball–o’rindiqlarning hammasi band;
- 3 ball–o’rindiqlarning hammasi band va turib ketish uchun mo’ljallangan joylarning yarmi band;
- 4 ball – avtobusning sig’imidan to’liq foydalanilayapti;
- 5 ball – avtobus to’lib ketgan va yo’lovchilar unga chiqa olmaydi.
Bu usuldan foydalanilganda qancha yo’lovchi transport vositasida ketayotganini to’g’ri aniqlash uchun avtobusning rusumiga, o’rindiqlarning avtobusni ishlab chiqargan zavoddagiga nisbatan o’zgarmaganligiga alohida ahamiyat berish kerak. Ko’z bilan kuzatish usuli sodda va nisbatan kam mehnat talab etgani uchun har bir yo’nalishda muntazam ravishda kunning soatlari, hafta kunlari va yil fasllari boyicha yo’lovchilar oqimini o’rganishda qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Jadval usuli.Jadval usuli odatda haftaning bironta ish kunida (ko’pinchachorshanba va payshanba) bir paytda shahar yo’lovchi transportining barcha turida (istisno tariqasida tanlab olingan yo’nalishalarda) bir paytda yo’lovchilar oqimini o’rganish uchun qo’llaniladi.
Bunda transport korxonalaridagi odamlar kamchilikni tashkil qilgani uchun unga kollej va institut talabalari ham jalb etiladi.
Kuzatishni o’tkazish uchun maxsus jadvallar tayyorlanadi va etarli miqdorda ko’paytiriladi. Bir nechta yo’nalishlar uchun hisobchilar guruhi va uning rahbari tayinlanadi. Hisobni boshlashdan oldin guruh rahbarlari jadvalni to’ldirish qoidalari boyicha hisobchilarga yo’riqnomalar berishadi. Shu bilan bir paytda yo’lovchi oqimini o’rganish uchun bazi bir tashkiliy masalalar ham hal etilishi kerak.
Masalan, hisobchilar kuzatish kuni qayerda to’planadilar va hisobni boshlash joylariga va hisobot tugagandan keyin o’z manzillariga qanday etkazib qoyiladi, dam olish grafigi va boshqalar.
So’rov usuli. Bu usul ikkiga bo’linadi va birinchisida aholiga savollar yozilgan varaqa aloqa bo’limlari orqali yuboriladi. So’rov usuli yordamida bekatlarni boshqa bekatlar bilan bog’liqligi, transport tugunlarining joylashuv ehtimolligi, yangi mavzelarga ko’chib ketgan aholiga transport xizmatini ko’rsatishning sifatini oshirish uchun qanday yo’nalishlarni tashkil etish, transport turlari va sig’imini to’g’ri tanlash kabi masalalarni yechishda asos bo’lib xizmat qiladi.
So’rovnoma o’tkazishning ikkinchi usulida varaqa xonadonlarga yuborilmaydi. Ularni bekatlarda hisobchilar yo’lovchilar bilan savol-javob orqali to’ldiradilar. Bazi hollarda hisobchilar varaqani transportda ketayotgan yo’lovchilarga tarqatib to’ldirilgan varaqalarni ulardan yig’ib olishlari ham mumkin.
Chipta usuli. Yo’lovchilar oqimini, tashilgan yo’lovchilar xajmini, ularni o’rtacha tashish masofalarini oylik chiptalar o’tmaydigan yo’nalishlarda (shahar atrofi, shaharlararo va xokazo) o’rganishda qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Shahar ichida bunday usuldan foydalanishning maqsadga muvofiq emasligiga asosiy sabab shahar ichida qatnaydigan ko’pchilik yo’lovchilarga transportdan foydalanishga imtiyozlar berilganligidir (nafaqadagi fuqarolarga, talabalar, o’quvchilarga va boshqalarga berilayotgan imtiyozlar).
Yo’lovchilаr oqimini kuzаtish nаtijаlаrini qаytа ishlаsh sutkа soаtlаri boyichа yo’lovchilаr oqimining tаqsimlаnish jаdvаli hisoblаnаdi (1-jаdvаl).
3-jаdvаl
Yo’lovchilаr oqimining sutkа soаtlаri boyichа tаqsimlаnishi

Sutkа soаtlаri

Yo’lovchilаr soni

jami

Yo’nаlish

to’g’rigа

orqаgа

5 - 6

64

41

105

6 - 7

179

144

323

7 - 8

312

295

607

8 - 9

470

369

839

9 - 10

342

287

629

10 - 11

290

267

557

11 - 12

243

189

432

12 - 13

214

164

378

13-14

222

205

427

14 - 15

239

226

465

15 - 16

256

267

523

16-17

286

328

614

17 - 18

363

410

773

18 - 19

286

349

635

19 - 20

235

246

481

20 - 21

137

152

288

21 - 22

85

103

188

22 - 23

47

62

108

Jаmi

4270

4100

8370




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish