Avtomobilning marshrutda bO‘lish vaqti
Tm=Tish-To, soat
Bir qatnov vaqti
; soat
1-masala. Avtomobil saroyi hisobidagi avtomobillar soni 200 ta. Kalendar kunlar 30. Avtomobil saroyidan foydalanish koeffitsienti 0,88. Avtomobillarning o‘rtacha ishda bO‘lish vaqti 12 soat.
Bir oyda avtomobillarning liniyadagi avtomobil-soatlari (ATish) hisoblansin.
2-masala.Avtomobilning harakat texnik tezligi 20 km/soat. O‘rtacha yukli qatnov masofasi 40 km. Avtomobilning marshrutdagi bosib o‘tilgan masofadan foydalanish koeffitsienti 0,5. Bir qatnovdagi ortish-tushirish vaqti 60 min.
Avtomobilning ekspluatatsion harakat tezligi (Ve) hisoblansin.
3-masala.Avtomobilning liniyada ishlash vaqti 12 soat. O‘rtacha yukli qatnov masofasi 18 km. Marshrutdagi masofadan foydalanish koeffitsienti 0,5. Texnik harakat tezligi 24 km/soat. Bir qatnovdagi ortish-tushirish vaqti 30 min. Nolinchi qatnov masofalari l'o= 3 km, l"o=1,8 km.
Bir kunlik umumiy bosib o‘tilgan masofa (lk) aniqlansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va “Oʻzstandart” agentligining 2019 yil 1 iyuldan boshlab:
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan tyagach (shatakchi) avtomobillarga litsenziya kartochkalari berilishi uchun davlat boji toʻlash tartibini;
b) quyidagilarni:
olib kiriladigan hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan “Yevro-5” va “Yevro-6” ekologik sinf talablariga mos keladigan yangi yuk va maxsus avtotransport vositalari, shuningdek, avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkama va yarimtirkamalarni;
transport-ekspeditorlik xizmatlarini majburiy sertifikatlashni;
v) chek berish yoki yoʻlovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud boʻlishi sharti bilan yoʻlovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjud boʻlishi haqidagi talablarni;
g) quyidagilarning:
avtomobil transportida yuk tashish bilan shugʻullanuvchi yakka tadbirkorlarning;
korxona shtatida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan avtotransport vositalaridan foydalanish va tashish xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan mutaxassisning alohida birligi mavjud boʻlishi sharti bilan yuridik shaxs rahbarining malaka talablariga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi talablarni;
d) avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslarning balansida transport vositalari mavjud boʻlishi haqidagi talablarni bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. 2019 yil 1 apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori ikki marotaba kamaytirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar, shu jumladan, quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda – axborot tizimi) yaratilishini taʼminlasin:
litsenziatlarning shaxsiy kabineti faoliyat yuritishi;
avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar oʻrtasida avtomatik ravishda choraklar boʻyicha taqsimlash;
yoʻlovchilar va yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar, avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar, shuningdek, YUXYT daftarchasini qoʻllagan holda Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Jeneva shahri, 1975 yil 14 noyabr) muvofiq YUXYT(CARNET TIR) daftarchasidan foydalanishga ruxsatnomalar olishga talabgorlarning arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqish bosqichini koʻrsatgan holda qayta ishlash;
litsenziatlar va jismoniy shaxslar oʻrtasida tuziladigan avtotransport vositalarining ijara shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobini yuritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi oʻn kun muddatda axborot tizimi joriy etilguniga qadar mamlakatlar boʻyicha xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar mavjudligi toʻgʻrisida doimiy yangilanadigan axborotning vazirlik veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2019 yil 1 iyuldan boshlab:
yoʻnalishsiz taksi uchun talab etiladigan toʻlov terminallari, hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkin;
yoʻnalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni boʻyamasdan oʻzi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi;
yoʻnalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan yengil avtomobillar yoʻnalishli transport vositalari uchun maxsus harakat yoʻnalishida harakatlanishi hamda “Toʻxtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida toʻxtashi mumkin;
xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizalar ular olingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
a) yengil avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega yuridik shaxslarni:
tashuvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi mavjud boʻlmaganda, uning rasmiylashtirilishini taʼminlagan holda, ularning mavjudligi;
avtotransport vositalaridan litsenziya kartochkalarisiz foydalanilayotgan davlat raqami belgilari qaytarilishi choralarini koʻrgan holda yoʻnalishsiz taksilar uchun moʻljallangan avtotransport vositalariga maxsus seriyalardan berilgan davlat raqami belgilarining amaldagi litsenziya kartochkalariga muvofiqligi yuzasidan xatlov oʻtkazsin;
b) avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha takliflar kiritsin;
v) himoyalangan telekommunikatsiya kanallari yordamida “Transport vositalari hisobi”, “Texnik koʻrik” va “UzTrans” axborot tizimlarining samarali idoralararo integratsiyasini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
6. 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yoʻllarida transport vositalarining ogʻirlik va gabarit parametrlarini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari bilan jihozlangan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar va koʻchma shoxobchalarni tashkil etish tartibi joriy etilsin.
Transport vazirligi 2019 yil 1 avgustga qadar avtomobil yoʻllarida davlat-xususiy sheriklik obyektlari roʻyxatini, reglamentni va investorlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tanlab olish mexanizmini nazarda tutuvchi ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha maxsus punktlarni tashkil etish yuzasidan faoliyatni amalga oshirish tartibini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Quyidagilar:
Yoʻlovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Transport-logistika sohasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan xorijiy davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
XALQARO TRANSPORT TIZIMI
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bir oy muddatda:
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish va minimallashtirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda yengil avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini berish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat buyurtmachilari, shu jumladan, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarning avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatishni maxsus elektron savdo maydonchasida elektron savdo yakunlari boʻyicha xarid qilish va xizmat koʻrsatishini nazarda tutuvchi tartibni joriy etish haqidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi, tranzit oʻtishi (alohida yuklar va harbiy kontingentlardan tashqari) va hududda boʻlishi tartibini, shu jumladan, respublikaga kirayotgan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining boʻlishi muddatlarini optimallashtirishni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy tashuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan ikki punkt oraligʻida yuk va yoʻlovchilar tashish amalga oshirilganligi, shuningdek, ruxsat etilgan ogʻirlik va gabarit parametrlari oshirilganligi uchun taʼsir choralarini qoʻllash yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 20 fevralda Jeneva shahrida imzolangan elektron yuk xatiga tegishli Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish (YUXYT) shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiyaning Qoʻshimcha bayonnomasiga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda milliy transport-ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish, mazkur shartnomalarni tuzgan tashkilotlar roʻyxatini oshkora eʼlon qilish tartibini oʻrnatsin.
9. 2022 yil 1 yanvargacha aviatsiya yoqilgʻisi, lokomotivlar, temir yoʻl vagonlari va butlovchilar (TIF TN kodi 8601-8607), barcha tipdagi yuk konteynerlari (TIF TN kodi 8609), uchish apparatlari (TIF TN kodi 8802) hamda ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun moʻljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8701 20, 8704 23 (samosvallardan tashqari), 8716 31, 8716 39) bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno). Bunda respublikaga olib kiriladigan aviatsiya yoqilgʻisi oʻrnatilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladi.