YUk hosil etuvchi va yuk qabul etuchi punktlar
YUklar yig‘iluvchi punktlar yuk hosil etuvchi, ularni qabul etuvchi punktlar yuk qabul etuvchi punktlar deb ataladi.
YUk hosil etuvchi punktdan jo‘natilgan yuk miqdori, ayni punktning jo‘natish bo‘yicha yuk oborotini xarakterlaydi. YUk qabul etuvchi punktga keltirilgan yuk miqdori, ayni punktni tovar qabul etish bo‘yicha yuk oborotini xarakterlaydi.
Asosiy yuk yig‘iluvchi va qabul etiluvchi punktlarga sanoat korxonalari, qishloqlarda jamoa va fermer xo‘jaliklkari, tegirmon (elevator)lar, tayyorlov punktlari, konlar, temir yo‘l bekatlari, suv portlari, aeroportlar, qurilish maydonlari, karerlar, moddiy -texnika ta’minoti baza va omborlari, magazin, do‘kon va do‘kon va shu kabilar kiradi.
YUk hosil etuvchi va ularni qabul etuvchi puntlar, ular o‘rtasidagi transport aloqalari ishlab chiqariluvchi hamda iste’mol etuvchi korxona va tashkilotlar joylashuvi va iqtisodiy ahamiyati, tovar almashuv shahobchalari, ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi hamda barcha turdagi transportlar ortish-tushirish punktlari joylashuvi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Avtotransport korxonasi tashish hajmi va yuk oboroti
Har qanday avtotransport korxonasining tashish hajmi-bu tashilishga mo‘ljallangan yoki ma’lum davr ichida tashilgan tonnalarda o‘lchanuvchi yuk miqdoridir.
Avtotransport korxonasi yuk oboroti deyilganda ma’lum davr ichida tashilgan yuk miqdorini tashish masofasiga ko‘paytmasi tushuniladi va uning o‘lchami tonna-kilometrda bo‘ladi.
YUk tashish hajmi va yuk oboroti bajarilish vaqtiga nisbatan bir sutkali, bir oylik, kvartal ichi, yarim yillik va yillik bo‘lishi mumkin.
Iillik yuk tashish hajmi va yuk oboroti odatda notekis bo‘lib, unga ba’zi bir yuklar tashini mavsumiyligi, oylar bo‘yicha kalendar va ish kunlari soni, yo‘l-iqlimiy sharoitlar va boshqalar ta’sir etadi.
Yillik yuk oboroti (tashish hajmi) notekisligi O‘zbekiston sharoitda oxirgi yillardagi kvartallar bo‘yicha bo‘linishi quydagicha: 1 kvartal-23....23,5 foiz, 2 -kvartal 24....24,5 foiz, 3-kvartal -26....27 foiz va 4-kvartal -25....25,5 foizni tashkil qilayotir.
YUk oboroti notekislik darajasi notekislik koeffitsienti bilan xarakterlanib, uni maksimal miqdorini yuk oborotining o‘rtacha qiymatiga nisbatan qilib aniqlanadi, ya’ni
YUk oborotining yuqori darajali notekisligi TVni yil davomida notekis yuklanishiga olib keladi. Bu hol esa ulardan samarali foydalanishni kamaytiradi hamda tashish tannarxini qimmatlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.
YUk tashish hajmi va yuk oborotini aniqlash uchun yuk oqimlarini o‘rganish orqali amalga oshirish mumkin. Masalan:
-sanoat korxonalariga zarur bo‘lgan yuk tashish hajmini aniqlash uchun, unga keltirish kerak bo‘lgan (xom ashyo, materiallar, jihozlar, asbob, yonilg‘i va shu kabilar) va olib chiqiluvchi (tayyor mahsulot yoki yarim tayyor mahsulot, ishlab chiqarish chiqindilari) hisoblab chiqiladi;
-qurilish ob’ektlari uchun esa keltrilish zarur bo‘lgan g‘ishtlar, temir beton konstruksiyalar, qum, shag‘al, sement, metall va boshqalar, hamda ob’ektdan chiqariluvchi grunt, qurilish chiqindilari hisoblab chiqiladi;
-qishloq xo‘jalik korxonalari uchun keltiriladigan urug‘lik, mineral va organik o‘g‘itlar, etishtirilgan va chiqariluvchi mahsulotni ekin maydoni miqdori va hosildorlik yordamida aniqlash mumkin;
-savdo va ovqatxona shahobcha va korxonalari uchun tashish hajmi va yuk oborotini aniqlashda aholi talabini qoniqtirish uchun zarur mahsulotlar, istiqbol uchun esa aholining o‘sishi va har bir aholiga zarur mahsulot me’yorlar orqali aniqlanadi.
Xulosa qilib aytish zarurki yuk tashish hajmi va yuk oboroti esa aniqlashda xizmat etiluvchi ishlab chiqarish, ob’ektlari ular quvvati va tashishga bo‘lgan aholi talabi xarakterini o‘rganilish orqali bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |