Yuklarni tashish
6-modda Oldingi tahrirga qarang. 1. Ahdlashuvchi tomonlar davlatlarining hududlari o‘rtasida, ularning hududlaridan tranzit tarzda yuk tashishlar, shuningdek, boshqa Ahdlashuvchi tomon davlati hududidan uchinchi davlat hududiga va/yoki uchinchi davlat hududidan boshqa Ahdlashuvchi tomon davlati hududiga yuk tashishlar Axdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tarafidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi, mazkur Bitimning 7-modsasida nazarda tutilgan tashishlar bundan mustasno.
2. Har bir avtotransport vositasi uchun alohida ruxsatnoma berilishi lozim. Har bir shunday ruxsatnoma bir marotaba manzilga borish va qaytishni amalga oshirish huquqini beradi.
3. Ruxsatnoma har bir mexanik uzatmali avtotransport vositasi uchun talab etiladi. U bir vaqtning o‘zida tirkama yoki yarim tirkama uchun ham, uning ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar, haqiqiy hisoblanadi.Tashish jarayonida tirkama yoki yarim tirkama almashtirilgan taqdirda qo‘shimcha ruxsatnoma talab etilmaydi.
4. Ahdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari har yili teng shartlar asosida (yo‘l yig‘imlari to‘lovi bilan yoki yo‘l yig‘imlari to‘lovisiz) yuklarni tashish uchun ruxsatnoma blankalari sonini o‘zaro kelishib oladilar va bir birlariga takdim qiladilar. Yil davomida berilgan ruxsatnomalar kelgusi yilning 31-yanvariga qadar haqiqiy hisoblanadi.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda) 7-modda 1. Ushbu Bitimning 5-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan ruxsatnomalar quyidagi tashuvlarni amalga oshirishda talab qilinmaydi:
a) yarmarkalar va ko‘rgazmalar uchun mo‘ljallangan eksponatlar va asbob-uskunalarni va materiallarni tashishda;
b) chorva mollari, shuningdek, sport tadbirlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan turli xil anjomlarni, jihozlarni, transport vositalarni tashishda;
v) teatr dekoratsiyalarini va rekvizitini, musiqa asboblarini, kinoga olishda, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalarni va ashyolarni tashishda;
g) vafot etganlarning jasadi va xokini tashishda;
d) shikastlangan yoki avariyaga uchragan avtotransport vositalarini tashishda;
e) ko‘chish vaqtida mol-mulklarni tashishda;
j) tabiiy ofatlar ro‘y berganda, yordam tariqasida yetkazib beriladigan tibbiy asbob-uskunalarni va dori-darmonlarni tashishda;
Oldingi tahrirga qarang. z) yuk ko‘tarish qobiliyati tirkama bilan 3,5 tonna yoki ruxsat etilgan umumiy og‘irligi tirkama bilan birga 6,0 tonnagacha bo‘lgan avtotransport vositalarida amalga oshiriladigan tashishda.
(7-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnomaga asosan “z” kichik band bilan to‘ldirilgan) Shuningdek, buzilgan avtotransport vositasini shatakka olish maqsadida “texnik yordam” mashinalarining yurishi uchun ruxsatnomalar talab qilinmaydi.
2. Ushbu modda 1-bandining a),b),v) kichik bandlarida nazarda tutilgan istisnolar avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan davlatga yuklarni qaytarish shart bo‘lgan hollarda yoki yuklar uchinchi davlat hududiga tashib o‘tilayotganda amal qiladi.
8-modda Oldingi tahrirga qarang. Yuk ortilgan yoki yuksiz avtotransport vositasining gabaritlari yoki uning og‘irligi boshqa davlat hududida o‘rnatilgan normalardan oshgan taqdirda, shuningdek, xavfli yuklarni tashishda tashuvchi boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining vakolatli organidan maxsus ruxsatnoma olishi kerak.
(8-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda) Oldingi tahrirga qarang. Axdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari o‘z davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq kechi bilan o‘n kun mobaynida bunday ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi iltimosnomaga javob qaytarishlari kerak.
(8-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)