Transport inshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalari hamda o‘ziga xos xususiyatlari reja


Kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish



Download 0,95 Mb.
bet3/5
Sana19.01.2023
Hajmi0,95 Mb.
#900445
1   2   3   4   5
Bog'liq
17-maruza

3. Kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish
Ikkinchi yo‘l ostida kengaytirishni e’tiborga olibkichik ko‘priklarni rekonstruksiya qilish variantlaridan biri suv o‘tkazuvchi quvurlarni qurish hisoblanadi (75-rasm).
Suv o‘tkazuvchi quvurlar suv oqimining quyi tomonida quriladi. Quriladigan quvur elementlarini montaj qilish EDK-300 krani bilan amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda ikkinchi yo‘l ostida kichik va o‘rtacha ko‘priklarni kengaytirishda oraliqlarga bo‘lishning mavjud rejasi saqlanadi. Ammo kema qatnamaydigan daryolarda qo‘shimcha tayanchlar o‘rnatish va ularga kichik uzunlikdagi yangi oraliq qurilmalarni o‘rnatish orqali ko‘prik sxemasini o‘zgartirish mumkin, u eski tayanchlarda yukni kamaytirish imkonini beradi (6.7-rasm) .



75-rasm. Ikkinchi yo‘l ostidagi suv o‘tkazuvchi quvurning sxemasi:1 – ko‘prikning mavjud qirg‘oq tayanchi; 2 – quvur zvenolari; 3 – fermaosti plitasi; 4 – gidroizolyasiya bilan beton himoya qatlami; 5 – quvur poydevori; 6 – kallak poydevori; 7 – kallak

Bunday qayta qurishda daryo o‘zanida oraliq tayanchlarni qurish bilan bog‘liq ishlar eng ko‘p qiyinchilik tug‘diradi, ayniqsa ko‘prik osti gabaritining cheklangan o‘lchamlarida (76-rasm). Kema qatnaydigan daryolarda, qoidaga ko‘ra, daryoning kema qatnaydigan oralig‘ining rejasini tuzish, mavjudini saqlagan holda o‘zgartirilmaydi.





76-rasm. Ko‘prik sxemasi o‘zgarishi bilan rekonstruksiya2: a – eski sxema;
b – ko‘prikning yangi sxemasi

Temir yo‘l liniyalarini poezdlarning yuqoriroq yuklari va harakat tezligiga tayyorlash uchun kichik ko‘priklarning konstruktiv elementlarining anchagina eyilgani (ishdan chiqqani) sababli, ko‘pincha ularning kapital ta’miriga nisbatan rekonstruksiyasi iqtisodiy va texnik tomondan maqsadga muvofiqroq bo‘lar ekan. Bunday hollarda odatda mavjud kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish amalda qo‘llashadi, agar bu suv o‘tkazuvchanlik xususiyati bo‘yicha mumkin bo‘lsa va joyning muhandis-geologik sharoitlariga zid bo‘lmasa .


Kichik oraliqlar bilan to‘sinli metall va temirbeton ko‘priklarini ham ko‘pincha tipovoy (namunali) temirbeton elementlardan tayyorlangan suv o‘tkazuvchi (bir va ko‘p ko‘zli) quvurlarga qayta qurishadi (77-rasm) .
Barcha asosiy qurilish-montaj (shpuntli to‘siqlarni qurish, kotlovanni kovlash, poydevor va quvur zvenolarini yotqizish, ularning gidroizolyasiyasi va b.) ishlari, yangi temirbeton quvurlarni qurishda qabul qilingan, va poezdlar harakatini to‘xtatishni talab etmaydigan oddiy texnologiya bo‘yicha bajariladi. Eski oraliq qurilma strelali kran yordamida “tanaffus” da echib olinadi. Bir vaqtda rels tagligidan kamida 1m balandlikda qirg‘oq tayanchlarining ustki terimi buzib olinadi va quvur ustidagi ko‘tarma loyihaviy otmetkagacha to‘ldiriladi. Yangi quvurning kirish va chiqish kallaklari, qoidaga ko‘ra, poezdlar harakati ochilgandan so‘ng quriladi .




77-rasm. Temirbeton ko‘prikni suv o‘tkazuvchi quvurga aylantirish sxemasi:
1 – shpuntli to‘siq; 2 – quvur poydevori; 3 – quvurning temirbeton zvenosi; 4 – qirg‘oq tayanchining ustki qismni echib olish

Oraliq qurilmalarini almashtirib kichik va o‘rtacha ko‘priklarni rekonstruksiya qilish temir yo‘lda harakatlanadigan kranlar – strelali va konsollilarni, hamda yuqori yuk ko‘taruvchanlikka ega avtomobil kranlarini qo‘llab amalga oshiriladi.


Oraliq qurilmalarni almashtirish uchun kranni tanlash, ularning zaruriy tavsif (yuk ko‘taruvchanligi, strelasining qulochi, strela osti gabariti) larini ta’minlash, hamda mahalliy sharoitlarning majmuini e’tiborga olib, ko‘riladigan variantlarning texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan aniqlanadi. Bunda hisobga olinadi: ko‘prik uzunligi va uning oraliqlarga rejasini tuzish sxemasi; qo‘shni yo‘llargacha masofa; ko‘prik usti, ko‘prik osti va kirish yo‘llarida tutash tarmoqlari yoki elektr uzatish liniyasi (EUL) mavjudligi; liniyaning yuk kuchlanganligi; yuk tashish turi; ishchi poezd va harakatlanuvchi tarkibning yo‘l manyovri bilan oraliq qurilmalar va tayanchlar elementlari bilan rioya qilish (ergashish) ni qo‘shib, ko‘prik va unga kirish yo‘llaridagi temir yo‘l rejasi va profili; oraliq qurilmalarni vaqtinchalik qayta yuklash, kranlar autrichgerlarining tayanishi uchun vaqtinchalik tayanchlarni qurish zarurati va sermehnatligi; ko‘prikka kranlarni joylashtirganda uni elementlarining ko‘taruvchanlik xususiyatini etarliligi .
Ko‘priklar rekonstruksiyasining amaliyotida temir yo‘lda harakatlanadigan strelali kranlar keng ommalashgan. Strelali kranlar katta manyovrliligi bilan xarakterlanadi, ham eski oraliq qurilmalarni demontaj qilish (qismlarga ajratib olish), ham yangisini o‘rnatish uchun, hamda asosiy va qo‘shimcha konstruksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator yuk operatsiya (ish) larni bajarish uchun o‘z tatbig‘ini topdi . Tegishlicha 125 va 200t yuk ko‘taruvchanligi bilan EDK-1000 va EDK-2000 kranlari ko‘proq qo‘llaniladi.
Ko‘priklar oraliq qurilmalarini almashtirish bo‘yicha ishlar strelali temir yo‘l kranlari bilan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi va texnik-me’yoriy xujjatlarga mos keluvchi talablarga amal qilib bajariladi . Buning uchun ishlab chiqarish loyihasi (ICHL) yoki texnologik xaritalar ishlab chiqiladi, ularda oraliq qurilmalar va boshqa yuklarning stropovka (mahkamlash) va ko‘chish sxemalari keltiriladi.
Ko‘priklarning rekonstruksiyasida oraliq qurilmalarni poezdlar harakati sharoitlarida strelali kranlardan foydalanib almashtirish autrigerlarning aniq bir bazasi bilan kranlarni o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Bir oraliqli ko‘priklar oraliq qurilmalarini almashtirishda temir yo‘lda harakatlanadigan strelali to‘la aylanuvchi kranlar ko‘proq qo‘llaniladi. Ishlar oraliq qurilmaning massasiga bog‘liq holda bitta yoki ikkita kranlar bilan bajariladi .



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish