Transport inshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalari hamda o‘ziga xos xususiyatlari reja



Download 0,95 Mb.
bet1/5
Sana19.01.2023
Hajmi0,95 Mb.
#900445
  1   2   3   4   5
Bog'liq
17-maruza


TRANSPORT INSHOOTLARI REKONSTRUKSIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Transport inshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalari.
2. Transport inshootlari rekonstruksiyasining umumiy qoidalari.
3. Kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish.
4. Ko‘priklar rekonstruksiyasining boshqa turlari.


Tayanch so‘zlar va iboralar:
transport inshootlari rekonstruksiyasi; rekonstruksiyaning umumiy qoidalari; kichik ko‘priklar; suv o‘tkazuvchi quvur; rekonstruksiyaning turlari; yuk ko‘taruvchanlik; inshootlar uzoqqa chidamliligi; elementlarning fizik holati; ekspluatatsion shartlar; poezdlar harakatidagi “tanaffus”.


1. Transportinshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalari
Temir yo‘lda ko‘priklarni rekonstruksiya qilish ishlari yog‘och ko‘priklarni kapital metall ko‘priklarga almashtirish o‘tgan asrda boshlangan. Ko‘priklarni rekonstruksiya qilishda–ko‘prik tuynugini, ularning statistik sxemasi, yuk ko‘tarish qobiliyati, yo‘llar soni, kirish turi kabi boshqa tavsiflari o‘zgaradi. Ikki holatda rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi: 1) ko‘prik asosiy elementlarining fizik holati va yuk ko‘tara olish qobiliyati o‘zgarganda; 2) yo‘ldan foydalanish sharoiti yoki ko‘prik ostidagi suv yo‘li o‘zgarganda. Ko‘prikni rekonstruksiya qilishni rejalashtirish va loyihalashda iloji boricha poezdlar harakati grafigini buzmaslikka intilish lozim.
Odatda, eski metall ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati, ko‘p hollarda oraliq qurilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyati bilan, kam hollarda esa etarli darajada bo‘ladigan tayanchlarning ko‘tarish qobiliyati bilan aniqlanadi. Ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish oraliq qurilmalarni kerakli sinfga oshirish yoki yangisiga almashtirish orqali amalga oshiriladi. Ko‘prikning rekonstruksiya qilishni tugatishning derektiv muddatlari va lozim bo‘lgan sinfga etkazish yangi temir yo‘l yuklarini foydalanishga topshirish muddati bilan bog‘liq ravishda aniqlanishi lozim. Oraliq qurilmalarni alamashtirish va kuchaytirish to‘g‘risidagi qarorga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli har bir vaziyatda ularni yaxshilab tahlil qilish lozim. Oraliq qurilmalarni kuchaytirishda taklif qilinayotgan va foydalanilayotgan oraliq qurilmalar yuk ko‘taruvchanligi sinfi orasidagi farqning kattaligi yuk ko‘tarish qobiliyatining kuchaytirish imkonini istisno qiluvchi konstruktiv qiyinchilikni keltirib chiqaradi. Kuchaytirilayotgan oraliq qurilma elementlarining ish hajmi va xarakteristikasini aniqlash, shuningdek ko‘prik mustahkamligiga baho berishda, elementlarining fizik holatiga, konstrutsiyadagi kamchilik, nosozlik bosqichlariga, ularni bir-biriga bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ko‘priklarni rekonstruksiya qilishda ishni tashkil qilish, ko‘prik sxemasi, o‘sha joydagi sharoit to‘liq qarab, poezdlar harakatini ma’lum bir vaqtga cheklashga to‘g‘ri keladi. Oraliq qurilmalarda kuchaytirish ishi olib boriladigan vaqtda harakat tezligi cheklanadi, oraliq konstruksiyalarda kuchaytirish va qatnov qismini ta’mirlash ishlari olib borilganda, ish hajmi va xususiyatidan kelib chiqqan holda poezdlar harakatida «okna -tanaffus» rejalashtiriladi. Oraliq qurilmalarda barcha kompleks almashtirish ishlarini amalga oshirishda, peregondagi poezdlar harakati to‘xtatiladi. Masalan, konsol ko‘tarmasi asosida uzunligi 45m bo‘lgan metall oraliq qurilmalarni almashtirishga 8 soat «tanaffus» kerak bo‘ladi, ta’mirlangan ko‘ndalang ko‘prik osti oraliq qurilmalarni almashtirishda esa «tanaffus» ko‘proq vaqt talab qiladi.
Ko‘priklarni rekonstruksiya qilinishiga sabab bo‘luvchi omillardan biri – bo‘ oraliq qurilmalar va tayanchlarning eskirishidir. Bu eskirish darajasini joyida tadqiq qilish, lozim hollarda ko‘priklarda tajriba o‘tkazish stansiyalari va kompaniya laboratoriyalarida, shuningdek maxsus komissiya tomonidan tajriba asosida aniqlanadi. Ko‘prik elementlarining fizik eskirishi, foydalanishga yaroqsizligi natijasida rekonstruksiya qilinganda, eski oraliq qurilmalar yangisiga almashtiriladi, tayanch mustahkamligi oshiriladi. Shu sababli ko‘pincha ko‘prik o‘lchamlari saqlanib qolinadi, ba’zida almashtiriladi. Ko‘prikning sxemasini qayta ko‘rib chiqishning zaruriyatiga bir necha sabablari bo‘lishi mumkin ,masalan, daryo rejimining o‘zgarishi, oraliq qurilmalarning eskisi o‘rniga namunaviy konstruksiyalardan foydalanish imkonining yo‘qligi va h.k. Oraliq qurilmalarni almashtirishda yangi ko‘priklarga yangi namunaviy yoki eskisini almashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan, yakka tartibdagi hollarda iloji boricha namunaviy konstruksiya elementlaridan foydalanish kerak.
Yo‘ldan foydalanish sharoitining yoki suv yo‘lining o‘zgarishi murakkab va qimmat rekonstruksiya ishlarini olib borishni talab qiladi. Shunday qilib, ko‘priklarni rekonstruksiya qilishda ko‘p foydalaniladigan usullardan biri – bu bir yo‘llik ko‘prikni ikki yo‘lli ko‘prikka jihozlashdir. Temir yo‘llarni elektrifikatsiya qilish natijasida ko‘pgina hollarda oraliq qurilmalarning ichki gabarit o‘lchovlarini ham uzunasiga, ham eniga o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Ko‘pgina daryolarda GESlar qurilishi natijasida suv omborlari yuzaga kelmoqda. Bu GES to‘g‘oni ostki va ustki kemalar harakatini o‘zgartiradi. To‘g‘on pastki qismidagi ko‘prik ostida kemalar harakatining o‘zgarishi, odatda, ko‘prik osti gabarit o‘lchamlarini o‘zgarishiga olib kelmaydi. Suv ko‘tariladigan hududda joylashgan ko‘priklarda mos ravishda tayanchlar uzaytirilishi, ba’zi hollarda kemalarni o‘tkazish ko‘tarmalarini oshirish lozim bo‘ladi.
Yo‘lni kapital ta’mir va rekonstruksiya qilganda, ba’zi hollarda ko‘prikka chiqish belgilari o‘zgaradi, masalan; yo‘lni shag‘alli ballastga qo‘yganda, chiziq profili o‘zgarganda va b. Bu hollarda kichik ko‘priklarda temirbeton oraliq qurilmalarni, ferma osti supasini ko‘tarish lozim bo‘ladi. Yo‘llarni rekonstruksiya qilinganda katta ko‘priklarning oraliq qurilmalari odatda ko‘tarilmaydi, balki bu ko‘prikka ko‘tarilish qismidagi ballast qatlami osti tuprog‘ini kesib olib tashlash hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Avtomobil yo‘llarini qurishda ko‘pincha daryolarni kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bu hollarda qimmatga tushadigan ko‘prikni qurishdan ko‘ra, ma’lum bir muddatga foydalanilayotgan temir yo‘lni avtomobil o‘tishga moslab jihozlash ma’qul. Tushunarliki, bu holda temir yo‘l ko‘prigini birgalikda foydalaniladigan yo‘lga aylantirish, texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi sinchkovlik bilan o‘rganilishi lozim. Bunda harakatdagi yukning o‘zgarishi, zo‘riqish tartibi tahlili, bog‘lanish moslamalari, harakat xavfsizligi va ko‘prikningsaqlanishini ta’minlash masalalari inobatga olinishi lozim. Katta ko‘priklarni rekonstruksiya qilganda, alohida hal etishni talab qiladigan rekonstruksiya muddatiga, poezdlar harakati sharoitiga va ko‘prikning asosiy elementlari holatiga rioya etish lozim.



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish