2. Transport inshootlari rekonstruksiyasining umumiy qoidalari
Rekonstruksiya – bu ko‘prik yoki sun’iy inshootning boshqa turini kardinal (tubdan) qayta qurish va uni o‘zgargan ekspluatatsion me’yor va talablarga moslashtirish. Ko‘priklar va sun’iy inshootlarning rekonstruksiyasi quyidagilar bilan bog‘liq :
ular yuk ko‘taruvchanligining etarli emasligi;
inshootlar uzoqqa chidamliligining tugaganligi;
yuk ko‘taruvchi elementlar fizik holatining qoniqarsizligi va konstruksiyalarning anchagina edirilganli;
inshoot asosiy tavsiflarining o‘zgarganligi: tuynugi (otverstiyasi), statik sxemasi, gabaritlari, yo‘llar soni, yurish xili va b. larning;
temir yo‘llarning yuk kuchlanganligining oshganligi;
poezdlar harakati tezligi va o‘q yuklarining oshganligi;
temir yo‘l yoki to‘siqni ko‘prik bilan kesib o‘tish ekspluatatsion shartlari o‘zgarganligi.
Temir yo‘l ko‘priklari va boshqa sun’iy inshootlar rekonstruksiyasi bo‘yicha ishlarning o‘ziga xos xususiyatiga quyidagilar kiradi :
ish frontining tangligi, mehnatlik va material vositalari harajatining o‘sib borishi;
“tanaffus” da oraliq qurilmalarni almashtirish bo‘yicha butun ishlar majmuini bajarish uchun peregonlarni yopish bilan cheklangan muddat;
ko‘prikning rekonstruksiyasidan so‘ng yo‘l uchastkasi ekspluatatsiya sharoitlarining o‘zgarishi (masalan, bir yo‘lli ko‘prikni ikki yo‘lliga aylantirish);
murakkab va qimmat turuvchi ishlarni tashkil etish;
ishlarni bajarishning cheklangan muddati.
Ko‘priklar rekonstruksiyasining maqsadga muvofiqligi texnik-iqtisodiy asoslash orqali aniqlanadi. Hisob-kitoblar qurilish-montaj ishlarining narhi, poezdlar harakatining cheklovi va ishlarni bajarish uchun taqdim etilgan “tanaffus” keltirib chiqargan qo‘shimcha harajatlarni o‘z ichiga oluvchi keltirilgan harajatlar bo‘yicha, hamda kuchaytirish bo‘yicha kapital ta’mirdagi shunga o‘xshash harajatlar bilan solishtirish orqali bajariladi .
Ko‘priklar rekonstruksiyasining eng ko‘p tarqalgan turlari soniga quyidagilar kiradi :
tayanchlarni qisman qayta qurish va kuchaytirish bilan oraliq qurilmalarni almashtirish;
bir yo‘lli ko‘priklarni ikki yo‘lliga qayta qurish;
oraliq qurilmaning ichki nogabaritliligini bartaraf etish;
doimiy aylanma yo‘lda yangi ko‘prikni qurish.
Temir yo‘l transporti tizimida har xil ko‘rinishdagi konstruktiv echimlar, ko‘priklar rekonstruksiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etishning usul va yullari ommalashdi.
Kichik ko‘priklar ko‘p bo‘lib, ularni rekonstruksiya qilishda kamdan-kam hollarda uchastka ichida, ba’zida temir yo‘lning butun yo‘nalishida bir turdagi konstruksiyadan keng ko‘lamda foydalaniladi. SHu sababli, birinchi navbatda, ko‘prik joylashgan uchastka, liniya ishi sharoitini inobatga olish lozim. Ko‘rilayotgan uchastkadagi har bir kichik ko‘prikning o‘ziga xosligi va konstruktiv shakllari oz miqdorda rekonstruksiya tartibiga ta’sir ko‘rsatadi. Rekonstruksiya qilish vaqti va xarajatining hajmi bevosita ishni tashkil qilishga bog‘liq. YUqoridagilarni inobatga olib bir turli konstruksiyalar guruhini rekonstruksiya qilish ishlari maxsus bo‘linmalar tomonidan uchastka yoki yo‘nalish bo‘yicha oldindan ishlab chiqilgan reja asosida qisqa fursatda amalga oshirilishini xulosa qilish mumkin. Bu ishlarni boshqa usulda amalga oshirganda, masalan, ko‘proq tanaffuslar bo‘lganda, qurilish qo‘shimcha xarajatlar, poezdlar harakatida cheklovlar oshishiga olib keladi. Kichik oraliqli ko‘priklarni rekonstruksiya qilinganda, metall oraliq qurilmalar odatda ballastda harakatlanuvchi temirbetonga almashtiriladi. Bu oraliq qurilmalarning almashtirish usuli rekonstruksiya qilingan ko‘prikning foydalanish sifatini oshiradi, ballastda harakatlanishda jihozlash va foydalnish xarajatlari kamadi [11, 17, 24].
Asosiy to‘sinli kichik oraliqli eski oraliq konstruksiyalarni tadqiq etish, biror marta ham kuchaytirilmaganligiga qaramasdan ularning vertikal listlari, ostki belbog‘lari, ko‘ndalang bog‘lama va uloqlari yaxshi holatda saqlanganligini ko‘rsatadi. SHu sababli ko‘p hollarda bu oraliq qurilmalarni rekonstruksiya qilgandan so‘ng zaruriy kuchaytirish ishlarini amalga oshirgan holda foydalanish maqsadga mufoviq bo‘lishi mumkin. Kuchaytirish ishlarini oraliq qurilmalarning aylanma fondini tashkil qilish asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bu oraliq qurilmalarning yuk ko‘tara olish qobiliyati hisoblari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘p hollarda buning uchun asosiy to‘sinning belbog‘ini kuchaytirishning o‘zi etarli. Yaxlit devorli oraliq konstruksiyalarni boshqa usulda, masalan asosiy to‘sin bilan birgalikda ishlaydigan temirbeton plita o‘rnatish asosida amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |