2 – laboratoriya ishi yer magnit maydoni kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisini aniqlash va tangens-galvanometr doimiysini aniqlash



Download 249,76 Kb.
bet1/3
Sana24.06.2022
Hajmi249,76 Kb.
#700939
  1   2   3
Bog'liq
2 laboratoriya ishi Yerning magnit maydon kuchlanganligini aniqlash

2 – laboratoriya ishi

YER MAGNIT MAYDONI KUCHLANGANLIGINING GORIZONTAL TASHKIL ETUVCHISINI ANIQLASH VA TANGENS-GALVANOMETR DOIMIYSINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: Yer magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisini aniqlash orqali magnit maydonining хossalarini o‘rganishdan iborat.
Kerakli asboblar: Tangens-galvanometr, milliampermetr, reostat, o‘zgarmas tok manbai.


Ishni bajarish uchun asos
1. Nazariy qism va qurilmaning tuzilishi bo‘yicha qisqa, ishni bajarish tartibi va jadval to‘liq bo‘yica to‘liq konspekt.
2. Ishni bajarish tartibini bilish.


Ishni himoya qilish uchun asos
1. Xalqaro birliklar sistemasi (XBS) da amalga oshirilgan hisob-kitob va rasmiylashtirilgan hisobot.
2. Sinov savollariga javob berish.


NAZARIY QISM
Yerni katta sharsimon magnit deb faraz qilsak bo‘ladi. Yerni o‘ragan fazoda magnit maydoni mavjud. Bu maydonning kuch chiziqlari 5.1-rasmda ko‘rsatilgan. Shimoliy geografik qutb yaqinida janubiy magnit qutbi S joylashgan, janubiy geografik qutb yaqinida – shimoliy magnit qutbi N joylashgan.
Yerning istagan nuqtasidagi mavjud bo‘lgan magnit maydonni magnit nayzacha yordamida aniqlash mumkin. Agar NS magnit nayzachasini L ipga osib (5.2-rasm), osish nuqtasini nayzachaning og‘irlik markazi bilan moslashtirilsa, nayzacha Yerning magnit maydoni kuch chizig‘iga urinma bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Shimoliy yarim sharda nayzaning janubiy uchi Yerga engashadi va nayzachaning gorizontga nisbatan enkayish burchagi  ni tashkil qiladi. (Magnit ekvatorida enkayish burchagi  nolga teng). Nayzacha joylashgan vertikal tekislik magnit meridianining tekisligi deyiladi. Hamma magnit meridian tekisliklari NS to‘g‘ri chiziq uchlarida kesishadi. Magnit meridianlarining Yer yuzidagi izlari magnit qutblari N va S da uchrashadilar.
Magnit qutblari geografik qutblarga mos tushmagani uchun nayzacha geografik meridiandan og‘gan bo‘ladi. Nayzacha orqali o‘tayotgan vertikal tekislikning (ya'ni, magnit meridiani) geografik meridian bilan tashkil qilgan burchagi  magnit og‘ish burchagi deb ataladi (5.2-rasm).
Yer magnit maydonining to‘la kuchlanganlik vektori H ni ikki: gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajratish mumkin (5.3-rasm). Og‘ish va enkayish burchaklarining hamda gorizontal tarkibiy qismning qiymatlari berilgan nuqtadagi magnit maydon yo‘nalishi va kattaligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Agarda magnit nayzacha faqat vertikal o‘q atrofidagina erkin aylana oladigan bo‘lsa, u Yer magnit maydonining gorizontal tarkibiy qismi ta'sirida magnit meridiani tekisligida joylashadi.
Tajriba qismi
Tajriba 5.4-rasmda keltirilgan elektr sxema yordamida o‘tkaziladi va quyida o‘lchash uslubining qisqacha nazariyasi keltirilgan. Bu yerda R – reostat, A – ampermetr, TG – tangens-galvanometr, K – qo‘shkalit, uning vazifasi tangens-galvanometr orqali o‘tayotgan tokning yunalishini o‘zgartirishdan iborat.



Download 249,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish