Suv transporti. XX asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizida suv yo’llari bo’ylab yuklar va yo’lovchilarning ancha qismi tashilgan. Suv yo’llari 1924 yilda – 887 km, 1980 yilda – 2800 km, hozirda – 1000 kmdan ortiq. Hozirda mamlakatimizda «Termiz daryo porti», «Xorazm daryo porti», «Qoraqalpog’iston daryo porti» ishlab chiqarish birlashmalari mavjud. Respublikada Termiz daryo porti, Sharlavuq, To’rtko’l, Beruniy, Qoratov, Xo’jayli bandargohlari, Amudaryoda To’rtko’l-Xonqa, Chalish-Beruniy suzma ko’priklari, Xo’jayli kema ta’mirlash zavodi ishlab turibdi. Termiz daryo porti yiliga 2,5 mln tonna yukni qabul qilish-jo’natish quvvatiga ega. Respublikada 150 ga yaqin teploxod, shuningdek, barjalar, zemlesoslar, suzuvchi ekskavatorlar, port kranlari va boshqa yordamchi kemalar, texnika vositalari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |