Transport haqida tushuncha
O'zbekistonda umumiy foydalaniladigan yuk va yo'lovchilar tashuvchi transportning quyidagi barcha turi o'z rivojini topgan:
-temir yo'l transporti;
- avtomobil transporti;
- havo transporti;
- shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metro);
- daryo transporti;
- quvur transporti.
Respublika mustaqillikka erishgandan so'ng transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko'rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi (1992 y.), "O'zbekiston avtomobil transporti" ("O'zavtotrans") davlat- aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 y.), "O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 y.) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksionerlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksionerlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.
Moddiy ishlab chiqarish to'rt sohadan: yer resurslarini qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi sanoat, qishloq xo'jaligi va transportdan tashkil topgan. Transportning boshqa ishlab chiqarish sohalaridan farqi shundaki, u yangi mahsulot yaratmaydi, balki ishlab chiqarilgan moddiy boylikni iste’molga yetkazadi. Transport yordamida sohalar, soha ichidagi tarmoqlar, tarmoq ichidagi korxonalar bir-biri bilan bog`lanib ishlab chiqarish jarayoni maromida borishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Transport ishlab chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat buyumlarini bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib, jami iste’mol mahsuloti ko'lamiga ta’sir ko'rsatadi.
Transport vositalari yordamida moddiy boyliklar bir joydan ikkinchi joyga ko'chirilishi natijasida iste’molgacha yaqinlashadi, bu esa iste’mol qiymatining tashkil topishini tezlashtiradi.
Transport vositalarining o'ziga xos xususiyatlari ulardan moddiy boylik ishlab chiqarishning hamma sohalarida keng ko'lamda foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, mahsulot tannarxini kamaytiradi.
Qishloq xo'jaligida transport vositalaridan foydalanish xalq xo'jaligining boshqa sohalariga nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |