Jismlarning elektlanishi. Ipga osilgan yengil buyumlarga plastmassa tayoqcha va quruq mo'ynani navbatma-navbat yaqinlashtiramiz. Bunda buyum qanday osig'lik turgan bo'lsa, shundayligicha harakatsiz turaveradi. Tayoqchani mo'ynaga ishqalab, uni yana buyumga yaqinlashtiramiz. Bunda buyumning tayoqchaga tortilganini sezamiz Tajribani takrorlaymiz, lekin endi buyumga plastmassa tayoqchaga ishqalangan mo'ynani yaqinlashtiramiz. Buyum mo'ynaga ham tortiladi Tajriba shuni ko'rsatadiki, plastmassa tayoqcha mo'ynaga ishqalanganidan so'ng, tayoqcha ham, mo'yna ham yengil buyumlarni o'ziga tortish xossasiga ega bo'lib qoladi. Bu hodisa elektrlanish deb ataladi. Demak, ikki jism bir-biriga tekkanda (ishqalanganda), ularning ikkalasi ham elektrlanadi.
3-BILET
Izojarayonlar.
Izotermik jarayonda berilgan gazning bosimi hajmiga
teskari proporsional ravishda o‘zgaradi.
Izobarik jarayonda berilgan massali gazning hajmi
temperaturaga proporsional ravishda o‘zgaradi.
Izoxorik jarayonda berilgan massali gazning bosimi
temperaturaga proporsional ravishda o‘zgaradi.
Elektr toki haqida tushuncha.
Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun:
Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat.
Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi taʼsir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin:
issiqlik taʼsiri — tok oʻtayotganda oʻtkazgich (oʻta oʻtkazgich bundan istisno) qiziydi;
kimyoviy taʼsiri — Elektr toki oʻtkazgichning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi (masalan, elektroliz hodisasi);
magnit taʼsiri (masalan, tokli oʻtkazgich yonida magnit milining ogʻishi, elektromagnitlar);
kuch taʼsiri (masalan, magnit maydonida tokli oʻtkazgichning ogʻishi, elektr dvigatellar);
yorugʻlik taʼsiri (masalan, siyraklangan gazlarda razryad, elektr yoyi). Tok kuchi ampermetr, milliampermetr, mikroampermetr va galʼvanometr bilan oʻlchanadi.
Zaryadlarning tartibli harakatiga oʻzgarmas tok dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan.
Laboratoriya ishi: Prujinaning bikrligini aniqlash
Kerakli asboblar: 1. prujinasi ochiq holdagi dinamometr; 2. ilmoqli yuklar; 3. millimetrga bo‘lingan qog‘oz yoki yupqa chizg‘ich; 4. shtativ (qisqichlari bilan).
Ishning bajarilishi. 1. Dinamometr prujinasi yoniga millimetrli qog‘oz yoki skotch (elim qog‘oz) yordamida yopishtiriladi. 2. Shtativga dinamometr mahkamlanadi. Prujinaning cho‘zilmasdan oldingi holati A nuqta belgilab olinadi. 3. Dinamometr uchiga m massali yuk osiladi. Bunda prujina cho‘ziladi. Prujina uchining keying B holati belgilab olinadi. (-расм). 4. Dinamometrdagi m massali yukka qo‘shimcha ravishda yana m massali yuk osiladi. Prujinaning qo‘shimcha yuk ta’siridagi cho‘zilishiga mos kelgan C nuqta belgilab olinadi. 5. Tajriba shu usulda dinamometr o‘lchash chegarasi (elastiklik chegarasi) gacha davom etdiriladi. 6. Olingan natijalar jadvalga yoziladi
4-BILET
Qattiq jismlarning erishi va qotishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |