Differensial marketing strategiyasi korxonada bozorning bir necha segmentlarida ular uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulot va marketing dasturi asosida faoliyat yuritishni talab qiladi. Bu o‘zlashtirilayotgan har bir bozor segmentiga chuqur kirib borish orqali sotish xajmini o‘sishiga imkon yaratadi.
Yo‘naltirilgan marketing korxona faoliyatini bir yoki bir necha bozor segmentiga yo‘naltirilishini talab qiladi. Buning asosiy sharti tanlangan segmentlarda albatta foyda yuqori darajada bo‘lishi kerak. Bu strategiya resurslar cheklangan holatda qo‘llash tavsiya qilinadi va mazmuniga ko‘ra bozordagi o‘z o‘rnini egallash yo‘nalishiga mos keladi. Undan kichik korxonalar foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
128.Korxonaning pul oqimlari, bashorat balansi va zarar ko‘rmasligi
Javob Pul mablag‘larining harakatlanish rejasi naqd pulning shakllanishi va chetga chiqishi, shuningdek, korxonada qolgan pul mablag‘lari dinamikasini tavsiflaydi. U moliyaviy menedjerga kelgusidagi pul oqimlarini baholash, qolgan pul mablag‘larini optimal darajada ushlab turish hamda pulning ortiqchaligi va taqchilligining oldini olishga imkon beradi.
Pul oqimlari rejasi odatda to‘rtta asosiy bo‘limdan iborat bo‘ladi:
- pul tushumlari bo‘limi, davr boshidagi pul mablag‘lari qoldig‘i, mijozlardan kelib tushuvchi pul tushumi va boshqa pul tushumi moddalaridan iborat;
- pul mablag‘lari xarajatlari bo‘limi;
- pul mablag‘larining ortiqchaligi yoki taqchilligi bo‘limi (pul mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishi o‘rtasidagi farq);
- qarz mablag‘lari va ularni to‘lash batafsil bayon qilinuvchi bo‘lim.
Pul oqimi rejasidagi yakuniy raqam korxona foydasini emas, balki uning pul mablag‘lari aylanmasi saldosini aks ettiradi. Daromad va xarajatlar rejasidan farqli ravishda, pul oqimlari rejasi barcha manbalardan amalda kelib tushuvchi pul mablag‘larini, xususan, mahsulot (ish, xizmat) sotishdan kelib tushuvchi tushumlar, aksiyalar va korxonaning boshqa aktivlarini sotishdan kelib tushuvchi tushumlarni aks ettiradi. Xarajatlarga keladigan bo‘lsak, pul oqimlari rejasiga amalda to‘lanuvchi barcha xarajatlar kiritiladi.
Moliyaviy rejaning keyingi asosiy hujjati bu bashorat balansi bo‘lib, uning asosiy vazifasi rejalashtirish oraliqlari bo‘yicha korxona mulkining (aktivlar) o‘zgarishi va uning shakllanish manbalari (passivlar) dinamikasini aks ettirish hisoblanadi. Bashorat balansi yiriklashtirilgan shakldagi buxgalteriya balansining an’anaviy shaklida hisoblab chiqiladi.
Bashorat balansi korxona uchun ko‘ngilsiz natijalar keltirib chiqaruvchi qarorlarni aniqlash, moliyaviy koeffitsientlarni hisoblash va moliya bozori talablari nuqtai nazaridan ularning darajasini baholash, kelajakdagi moliyaviy manba va majburiyatlar tuzilmasini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.
Moliyaviy rejaning, shuningdek, har qanday tadbirkorlik loyihasining yakunlovchi bosqichi zararsizlik nuqtasini tahlil qilish, ya’ni mahsulotni sotishdan olinuvchi daromad uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘luvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlash hisoblanadi.
Zarasizlik nuqtasi korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning ma’lum bir darajasi sifatida ifodalanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |