3. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan quyidagilar keltirilishi lozim:
iste’mol bahosi;
bitta mahsulot birligi tannarxi va u keltiruvchi foyda.
Iste’mol bahosi tovarning xizmat qilish muddati davomida unga sarflanuvchi xarajatlarni aks ettirib, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
sotish bahosi (narxi);
transport xarajatlari;
o‘rnatish xarajatlari;
xodimlarni o‘qitish xarajatlari;
ekspluatatsiya xarajatlari;
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlari;
soliqlar;
sug‘urta badallari va hokazo.
4. Tovarning tashqi bezalishi
Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda uning zamonaviy dizayn va iste’molchilar talablariga mos kelishini aks ettirish, mahsulotning shakli uning funksiyalariga qanchalik javob berishi, materiali va rangi nima asosida tanlanganligi va boshqalarni ko‘rsatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |