Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


 Mobil platformalariga asoslangan elektron hujjat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

 
14.3. Mobil platformalariga asoslangan elektron hujjat 
aylanish tizimlari 
 
Bugungi kunga kelib savdo shoxobchalari o‘rnini elektron 
do‘konlar egallashi ko‘zda tutilgan. Mahsulot saqlovchi omborxonalar 
barham topadi. Buyurtmachi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish 
keng yo‘lga qo‘yiladi. Nafaqat mamlakatimiz aholisidan, balki chet el 
fuqaro va tashkilotlaridan ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlariga 
uzluksiz buyurtmalar kelmoqda. Bu borada axborot – kommunikatsiya 
tizimining ahamiyati beqiyos katta. Bank tizimining global axborot 
tarmog‘iga ulanishi to‘lovlarni naqd pulsiz elektron usulda amalga 
oshirilishi qo‘l keldi. Bu, o‘z navbatida, pul almashinuvi harakatini 
jadallashtirdi, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratdi. Buning 
asosida elektron biznes yotadi. Hozirgi kunda tayyor mahsulotni jahon 
bozoriga olib chiqish, uning hususiyatlarini Internet orqali tashviqot 
qilish, xaridorni jalb etish va mamlakatimizga valyuta oqimini 
ta’minlash har bir ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining asosiy 
tamoyiliga aylangan. Ma’naviyati yuksak mamlakatimiz aholisining 
ekologik toza va sifatli mahsulotga bo‘lgan talabini qonun doirasida 
ta’minlash ishlab chiqarish korxonalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Har qanday ishlab chiqarish korxonasi ichki va tashqi bozorda o‘z 
mavqeini saqlab qolish maqsadida sifatli raqobotbardosh mahsulot 
ishlab chiqarishga harakat qiladi, yetuk mutaxassislar bilimi, tajribasi, 


212 
zamonaviy texnika va texnologiyalarga tayanadi. Bugungi kunga kelib, 
tub aholi mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishga 
o‘tgan, chunki xorijiy mamlakatlar mahsulotlari sifatining qay darajada 
past ekanligiga ishonch hosil qilib bo‘lgan. Aholining o‘z mamlakatida 
ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlarni xarid qilishi korxona ishlab 
chiqarish hajmini kengaytirishga, mahsulot tannarxini pasayishiga, yangi 
ish joylarini tashkil etishga olib keladi. Bunday istiqbolli rivojlanish 
asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiya tizimining samarali 
faoliyati yotadi. Axborot tizimining rivojlanishi nafaqat ishlab chiqarish 
korxonalari yuksalishini ta’minladi, balki xizmat ko‘rsatish borasida 
ham katta yutuqlarga sabab bo‘ldi. Masalan: turizm sohasida qator 
yutuqlarga erishildi.
Mamlakatning geografik jihatdan joylashuvi, qadimiy obidalarga 
boyligi xorijiy sayyohlarni jalb etishga manba bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Internet orqali sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, diqqatga sazovor joylarni 
tashviqot qilish, xizmatlar uchun elektron to‘lov tizimining ishlab turishi 
e’tiborga loyiq holatdir. Sayyohlar sonining yil sayin oshib borishi bu 
borada ham raqobatni yuzaga keltirdi, xizmat ko‘rsatish sifatini 
oshirishga turtki bo‘ldi. Mamlakat aholisining yashash, iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanish darajasi, madaniy va ma’naviy salohiyatini 
belgilovchi omillardan biri ularning sifatli mahsulotga bo‘lgan talabi va 
uni xarid qilish imkoniyati bilan belgilanadi. Internet tarmog‘ining 
rivojlanishi, banklar tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish 
ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarining xaridorgirligini 
ta’minlamoqda. Mahsulot ishlab chiqarishining rivojlanishi tushumlar 
zaxirasi oshishiga olib kelmoqda. Raqobat va sifat ko‘rsatkichlari 
bozorlarda xorijiy tovarlar o‘rnini bosadigan sifatli mahsulotlar ishlab 
chiqarishni taqozo etadi, shuningdek, jahon bozorida o‘z o‘rnini 
egallashiga zamin yaratadi, mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishga 
xizmat qiladi. Respublikada jamiyatni demokratlashtirish va 
modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar kichik biznes va tadbirkorlik samaradorligini oshirish, bu 
tizimdagi qonuniyatlarni tadqiq etish, kadrlarni ish joyi bilan ta’minlash 


213 
davlat dasturining amalga oshishini baholab borish muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish